vazifasini bajarish huquqi topshirilgan xodimlar o’sha elektr uskunalarining chizmalari
bo’yicha ham yo’riqnoma olishlari zarur.
Yo’riqnoma, yo’riqnomalarni qayd qilish jurnalida yo’riqnoma olgan va yo’l-yo’riq
byegan xizmatchining imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
21.6. Xizmat safaridagi xodimlarga yo’riqnomani ekspluatasiya
korxonasining V
gruppaga ega bo’lgan ma’muriy texnik xodimi yoki IV gruppaga ega bo’lgan navbatchi
yoki tezkor-ta’mirlash xodimi berishi lozim.
Yo’riqnomaning mazmuni bajarilishi kerak bo’lgan ish xarakteriga, elektr uskunalarini
chizmasiga, ishning murakkabligiga va xususiyatiga qarab yo’l-yo’riq beruvchi xodim
belgilaydi.
21.7. Xizmat safariga yuborgan korxona xizmat safaridagi xodimning elektr xavfsizligi
gruppasiga va ularga berilgan xuquqlarga loyiq ekanligiga va xodimlar ushbu Qoidani
bajarishlariga javob beradi.
21.8. Ishlab turgan elektr uskunalarida xizmat safaridagi xodimlar ishlayotgan korxona
elektr tokidan shkastlanishga qarshi va ishlab turgan elektr uskunalari ta’siridan hosil
bo’ladigan kuchlanishdan ishchilarni saqlash uchun xavfsizlik
choralarini bajarishiga
javob beradi.
21.9. Elektr uskunalari maxsus ta’mirlash korxona uchastkalari tomonidan doimo
ekspluatasiya qiladigan korxona, korxonalar bilan kelishgan holda ta’mirlash
korxonalari uchastka xodimlarini “Energetika korxonalari va tashkilotlarida xodimlar
bilan ish tashkil qilish bo’yicha rahbariy ko’rsatma”ga asosan tayyorlagandan so’ngb
ularga tezkor-ta’mirlash xodimi huquqini berish mumkin.