Qaysi tashkilotga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar




Download 203,19 Kb.
bet21/22
Sana17.02.2024
Hajmi203,19 Kb.
#158104
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
So’z boshi elektr uskunalarini ekspluatasiya qilishda xavfsizlik-fayllar.org

Qaysi tashkilotga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar, 
xizmatko’rsatuvchi xodimi bo’lgan yoki shunga 
o’xshash elektr uskunalarida ishlash uchun gruppa 
olishga zarur bo’lgan eng kam staji 
I
II
III
IV
V
1
2
3
4
5
6
7
1 Elektr uskunalarida ishlashga jalb
qilingan noelektrotexnik xodim.
(shofyor, farrosh, quruvchi va
boshqalar)
Belgi-
lan-
maydi
2-oy
12-oy
2 Ma’muriy-texnik, novbatchi,
tezkor-ta’mirlash va ta’mirlash
xodimlari:
O’rta ma’lumotga ega bo’lmaganlar
O’rta ma’lumotga ega bo’lganlar
Maxsus o’rta va oliy texnik
ma’lumotga ega bo’lganlar.
Belgi-
lan-
maydi
1-oy
Oldingi
gruppada
2-oy
Oldingi
gruppada
6-oy
Oldingi
gruppada
3-oy
Oldingi
gruppada
24-oy
Oldingi
gruppada
12-oy
Oldingi
gruppada
6-oy
3 Amaliy mashg’ulotda (praktikada)
bo’lgan:
Professonal-texnik bilim yurti
talabalari
Oliygoh va texnikum talabalari
Belgi-
lan-
maydi
1-oy
1-oy
Oldingi
gruppada
6-oy
Oldingi
gruppada
3-oy
Izoh: 1. 18 yoshga to’lmagan shaxslarga II gruppadan yuqori gruppa berishga ruxsat
etilmaydi.
2. 1 gruppa olish uchun ushbu elektr uskunalar bo’yicha elektr xavfsizligidan
yo’riqnoma olish va uni yo’riqnomalarni ro’yxatga olish jurnalida qayd qilish kifoya,
1 gruppali ishchilarga guvohnoma berish talab qilinmaydi.
3. II-V gruppa olish uchun xodim quyidagilarni bilishi shart:
Elektr uskunalaridagi ishlar bilan bog’liq bo’lgan xavf-xatar to’g’risida aniq
tassavurga ega bo’lishi;
Ushbu va boshqa xavfsizlik qoidalarini ishga tegishli hajmda amalda qo’llay bilishi;
Elektr uskunalarining jihozlari va tuzilishlarini bilishi;
Baxtsiz hodisalar sodir bo’lganda jabrlanuvchiga amaliy birinchi yordam berishni,
shuningdek yurakni tashqaridan massaj qilish va sun’iy nafas oldirishni bilishi zarur.
Bundan tashqari, IV, V gruppa olish uchun elektr uskunalar joylashishini va ishni
xavfsiz tashkil qilishni bilishi zarur. V gruppa olish uchun bundan tashqari yana
xavfsizlik qoidasida qayd qilingan har bir band talabi qay sababdan kelib chiqqanini
aniq bilishi shart.
Ushbu talablar minimal hisoblanadi.



18 YOSHGA TO’LMAGAN SHAXSLAR MEHNATIDAN FOYDALANISH MAN


QILINGAN OG’IR VA ZARARLI MEHNAT SHARTLARI BILAN BOG’LIQ ISH
VA KASBLAR RO’YXATI.
18 yoshga to’lmagan shaxslarni quyidagi og’ir va zararli mehnat sharoitlaridaishlashga jalb
qilish man etiladi:
- issiqlik elektrostansiyalarni elektr uskunalarini hamda qozonturbina yoqilg’i kukuni
tayyorlash va yoqilg’i uzatish sexlarini hamda gidroelektrostansiya mashina sexlarini,
issiqlik avtomatikasi va o’lchov uskunalarini va dispetcherlik va texnologik boshqaruv
aloqa vositalarini ta’mirlashda;
- navbatchi elektromontyor va elektrochilangar, rele himoyasi elektromontyori, kontakt
elektr tarmoqlari elektromontyori, stansionar radiooperator va radio uskunalari
elektromontyori sifatida ishlash;
- kuchlanish ostida tok o’tkazuvchi tarmoqlarda ishlash;
- kabellardagi (qo’rg’oshindan mufta va buyum tayyorlash, kabellardan qo’rg’oshin
qobig’larni olib tashlash, qo’rg’oshin qobig’li kabellarni barabanga o’rash, trassa
bo’ylab tortish va xandaklarda tashlash issiq qorishmalar bilan ishlash, polietelen va
polixlor-vinil qobig’li kabellardagi ta’mirlash va kavsharlash ishlarida qatnashish);
- tarkibida qo’rg’oshin va uni birkmalari bo’lgan metallarni kavsharlash lampalari
yordamida ulash ishlarida;
- qo’rg’oshin akkumlyatorlarini zaryadka qilish va ta’mirlash ishlarida;
- elektr uskunalarini yuqori kuchlanish bilan sinash ishlarida;
- kompressor uskunalari va kuchlanishi 1000 Voltdan yuqori bo’lgan elektrodvigatellarni
ekspluatasiya qilish ishlarida;
- ishlatilgan moylarni tozalash (reginerasiya) ishlarida;
- uskunalarni o’rnatish va yiqitish, daraxtlarni kesish va ag’anatish, hamda havo elektr
uzatish tarmoqlarini daraxt shoxlaridan tozalash ishlarida;
- balandlikdagi ishlarda;
- avtotransport vositalarini boshqarishda, yuk ko’tarish mashina va mexanizmlarida
kranchi, mashinist, traktorchi, yuk iluvchi, yuk tashuvchi sifatida ishlash;
- termit, gaz va elektr kavsharlash ishlarida;
- pnevmatik asbob va qurilish-montaj pistoletlarini ishlatish bilan bog’liq ishlarda;
- nitrobo’yoq va pitroemal ishlatib, pulverizator yordamidagi bo’yash va asfalt laklarini
qo’llash bilan bog’liq ishlarda;
- yog’ochlarni antiseptik va yong’inga chidamli birikmalar bilan shimdirish ishlarida;
- er osti inshootlarida va er qazish ishlarida;
- portlash xafi bo’lgan moddalarni saqlash, ishlatish va tashish bilan bog’liq ishlarda
- balog’atga etmagan xodimlarga me’yorda og’ir narsalarni ishlatish va ko’tirish bilan
bog’liq bo’lgan ishlarda;
- mahalliy navbatchisiz kuchaytirgich aloqa punktlari uskunalarini ta’mirlash va
profilaktika ishlarida.
18 yoshgacha bo’lgan professonal texnika bilim yurtlari va texnikumlarning talabalarini
va umumiy ta’lim maktablarining yuqor sinf o’quvchilarini korxonalarda ishlab chiqarish
praktikasidan o’tish davrida (ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kasb o’rganish
davrida) mehnat ta’limi masteri va korxona (tashkilot) ishchilari nazorati ostida sanab o’tilgan
ishlarda bir kunda 4 soatgacha ishlash uchun ruxsat etiladi.
O’qish muddati 3 yildan kam bo’lmagan professonal texnika bilim yurti va o’rta
ma’lumot beruvchi maxsus bilim yurtlarini tamomlab, maxsus professonal kasb o’rganib, 18
yoshga to’lmagan bilim yurti bitiruvchilari yuqorida sanab o’tilgan ishlarda ishlash uchun,
amaldagi mehnatni muhofaza qilish bo’yicha qoida va normalarga rioya qiluvchi tajribali
ishchi-murabbiylar rahbarligida ruxsat etiladi.



NARYAD-IJOZAT FORMASI VA UNI TO’LDIRISH HAQIDA KO’RSATMA



Download 203,19 Kb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 203,19 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qaysi tashkilotga tegishli bo’lishidan qat’iy nazar

Download 203,19 Kb.