83
3.10. Ma’lumotlar oqimini liniyaviy kodlashning amaliy usullari
Kanal uzatish muhiti bo‘lishini nazarda tutib (elektrik, optik, yoki
radiokanal) olingan ketma - ketlikni xech bo‘lmasa interfeys orqali uni
o‘tkazishda optimallashtirish uchun ikki marotaba kodlashga to‘g‘ri keladi
(interfeysli kodlash).
Kvantlash va ikkilamchi kodlash (kodifikasiya)
natijasida olingan
bitlar oqimi, kvantlash xatoliklarini kamaytirish nuqtai nazaridan
optimaldir, lekin quyidagi bir qator sabablarga ko‘ra
aloqa kanalidan
uzatishga yaroqsizdir:
- chiquvchi raqamli oqim keng spektrga ega bo‘lgani uchun, uni o‘tkazish
yo‘lagi cheklangan aloqa kanali bo‘yicha uzatish qiyinlashadi va kanalda
uzatilayotgan
sinxronlash
signalini
regenerasiyalash
jarayonini
murakkablashtiradi, ayniqsa bu hol yo‘qolgan sinxronlashni tiklashda ro‘y
beradi.
- signal spektri sezilarli darajada quyichastotali tashkil etuvchilarni o‘z
ichiga olgan, ular uzatilayotgan quyichastotali tashkil etuvchilar bilan
interferensiyalanishi mumkin;
- spektr katta o‘zgarmas tashkil etuvchini o‘z ichiga oladi, bu hol tarmoq
ta’minoti kuchlanishining filtrasiyasini murakkablashtiradi.
Aloqa liniyasiga uzatilayotgan signal spektrini optimallashtirish uchun
liniyaviy kodlash ishlatiladi. U quyidagilarni ta’minlashi lozim:
- nolli chastotada minimal spektral zichlikni va uni qo‘yi
chastotalarda
cheklash;
- spektrning uzluksiz qismida oson ajratiladigan diskret tashkil etuvchisini
ko‘rinishida uzatilayotgan signalning taktli chastotasi to‘g‘risidagi
axborot;
- buzilishlarsiz aloqa kanali orqali signalni uzatish uchun yetarli
ravishdagi tor yo‘lakli
uzluksiz spektr;
- aloqa kanalida uzatishning nisbiy tezligini kamaytirish uchun signal
kichik o‘lchamga ega bo‘lishi;
- disparitetlikni (kodli kombinasiyalarda "1" va "0" sonlarning tengsizligi)
va takrorlanuvchi belgilar ("1" yoki "0") bloklarining mumkin bo‘lgan
minimal uzunliklari.