• Kattalikning birligi deb
  • Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning hosilaviy birliklari
  • Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanining maqsad va vazifala




    Download 143,54 Kb.
    bet12/18
    Sana23.05.2024
    Hajmi143,54 Kb.
    #251013
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
    Bog'liq
    Standartlashtirish.SH

    Kattalikning o‘lchami Ayrim olingan moddiy obyekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi.
    Kattalikning qiymati qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.
    Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismini kattalikning sonli qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o‘lchami noldan qancha birlikka farqlanadi, yoki o‘lchash birligi sifatida olingan o‘lchamdan qancha birlik katta (kichik) ekanligini bildiradi yoki boshqacha aytganda Q kattaligining qiymati uni o‘lchash birligining o‘lchami [Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi degan ma’noni anglashimiz lozim:
    Q = q[Q].Endi yana kattalikning birligiga qaytamiz. Ikki xil metall quvur berilgan bo‘lib, birining diametri 1 m, ikkinchisiniki 0,5 m. Ularning ikkovini diametr bo‘yicha solishtirish uchun, muayyan bir asos sifatida olingan birlik qiymati bilan solishtirishimiz lozim bo‘ladi.
    Kattalikning birligi deb - ta’rif bo‘yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi Ushbu atama kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun ko‘paytiruvchi sifatida ishlatiladi. Muayyan kattalikning birliklari o‘zaro o‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, metr, fut va dyuym uzunlikning birliklari bo‘lib, quyidagi har xil o‘lchamlarga ega - 1 fut = 0,3048 m, 1 dyuym = 25,4 mm ga tengdir.
    Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning hosilaviy birliklari
    Xalqaro birliklar tizimi (Si — Sisteme Internationale) — fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy o’lchov birliklar tizimi. O’lchov va tarozilar bo’yicha Parijda o’tkazilgan 11-Bosh konferentsiyada qabul qilingan (1960). Xalqaro birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qo’shimcha birlik va hosilaviy birliklar tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm (kg), vaqt birligi — sekund (s), termodinamik tra birligi — Kelvin (K), tok kuchi birligi — amper (A), yorug’lik kuchi — sham, kandela (KD) va modda miqdori — mol (mol). Qo’shimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy burchak birligi —steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy o’lchov birliklaridan foydalanib ma’lum fizik qonuniyat asosida aniqlanadi. Bunda koeffisient o’lchamga ega emas va birga teng deb olinishi kerak. Fizik kattalikning berilgan birliklar tizimidagi asosiy fizik kattaliklar o’lchamlari bilan bog’lanishi ifodasiga shu kattalikning o’lchamli’gi deb ataladi. Si tizimida asosiy kattaliklar uzunlik, massa, vaqt, elektr toki kuchi, termodinamik temperatura, yorug’lik kuchi, modda miqdori o’lchamliklari mos ravishda L, M, T, I, Q, J, L orqali ifodalanadi. Xalqaro birliklar tizimi fan va texnikaning barcha sohalarini o’z ichiga kamrab oladi. Xalqaro birliklar tizimida mexanik, issiqlik, elektr, magnit va boshqa kattaliklar o’zaro bog’langan bo’ladi. Ushbu tizimning asosiy va hosilaviy birliklari amaliy o’lchashlar uchun juda qulay hisoblanadi.
    O’lchashlarning usullari va turlari.

    Download 143,54 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




    Download 143,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanining maqsad va vazifala

    Download 143,54 Kb.