• Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar Metrologiyada bot-bot ishlatiladigan ayrim tushunchalar quyidagilardan iborat: Metrologiya
  • Nazariy metrologiya
  • Amaliy metrologiya
  • O‘lchanadigan kattalik
  • Kattalikning qiymati
  • - MOZMga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘lchash vositalarining uslubiy meyoriy metrologik tavsiflarining




    Download 143,54 Kb.
    bet9/18
    Sana23.05.2024
    Hajmi143,54 Kb.
    #251013
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
    Bog'liq
    Standartlashtirish.SH

    - MOZMga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘lchash vositalarining uslubiy meyoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash;
    qiyoslash uskunalarinisolishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va attestatlashini, namunaviy va ishchi o‘lchash asboblarini uyg‘unlashtirish;
    - xalqaro ko‘lamda birxillashtirilgan o‘lchash birliklarini mamlakatlarda qo‘llanishini ta’minlash; metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarini ishlab chiqish va ularni joriy etish bo‘yicha davlat ko‘rsatmalarining birliligini ta’minlash; rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’min etish va ularni zarur texnik vositalari bilan ta’minlashda ilmiy-texnikaviy yordamlashish; metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun-qoidalarini belgilash.MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har to‘rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma’ruzalarini tasdiqlaydi, budjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili - fransuz tilidir.Sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti (YEOKK)Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YEOKK (Yevropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) bo‘lib, uning birinchi konferensiyasi 1957 yilda chaqirilgan va shu yilning o‘zida uni nizomi ham tasdiqlandi.


    Metrologiya bo‘yicha asosiy atamalar
    Metrologiyada bot-bot ishlatiladigan ayrim tushunchalar quyidagilardan iborat:
    Metrologiya – o‘lchashlar, ularning birliligini ta’minlash usullari va vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yo‘llari haqidagi fan.
    Nazariy metrologiya – metrologiyaning fundamental asoslarini ishlab chiqish predmeti bo‘lgan sohasidagi metrologiya bo‘limi.
    Qonunlashtiruvchi metrologiya – metrologiya bo‘yicha milliy idora faoliyatiga qarashli va birliklar, o‘lchash usullari, o‘lchash vositalari va o‘lchash laboratoriyalariga davlat talablarini o‘z ichiga olgan metrologiya qismi.Amaliy metrologiya – nazariy metrologiya ishlanmalarini va qonunlashtiruvchi metrologiya qoidalarini amaliy qo‘llanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi metrologiya bo‘limi.Kattalik – sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin bo‘lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir.O‘lchanadigan kattalik – o‘lchash vazifasining asosiy maqsadiga muvofiq o‘lchanishi lozim bo‘lgan, o‘lchanadigan yoki o‘lchangan kattalik.Kattalik o‘lchami – muayyan miqdoriy ob’ekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.Kattalikning qiymati – kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash.Kattalikning sonli qiymati – kattalikning qiymatiga kiruvchi nomsiz son.Parametr – berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida qaraladigan kattalik.O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita.

    Download 143,54 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




    Download 143,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - MOZMga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘lchash vositalarining uslubiy meyoriy metrologik tavsiflarining

    Download 143,54 Kb.