|
Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanining maqsad va vazifala
|
bet | 11/18 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 143,54 Kb. | | #251013 |
Bog'liq Standartlashtirish.SHKattalikning o’lchamligi
Har bir xossa ko‘p yoki kam darajada ifodalanishi, ya’ni miqdor tavsifiga ega bo‘lishi mumkin ekan, demak bu xossani o‘lchash ham mumkin. Bu haqda buyuk italiyalik olim Galileo Galiley “O‘lchash mumkin bo‘lganini o‘lchang, mumkin bo‘lmaganiga esa imkoniyat yarating” degan edi.Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy tarzda ifodalashda o‘lchamlikdan foydalanamiz.Kattalikning o‘lchamligi deb, shu kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan va proporsionallik koeffitsienti 1 ga teng bo‘lgan ifodaga aytiladi.Kattaliklarning o‘lchamligini dimension - o‘lcham, o‘lchamlik ma’nosini bildiradigan (ingl.) so‘zga asoslangan holda dim simvoli bilan belgilanadi.Odatda, asosiy kattaliklarning o‘lchamligi mos holdagi bosh harflar bilan belgilanadi, masalan,dim l = L; dim m = M; dim t = T.Hosilaviy kattaliklarning o‘lchamligini aniqlashda quyidagi qoidalarga amal qilish lozimTenglamaning o‘ng va chap tomonlarining o‘lchamligi mos kelmasligi mumkin emas, chunki, faqat bir xil xossalargina o‘zaro solishtirilishi mumkin. Bundan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, faqat bir xil o‘lchamlikka ega bo‘lgan kattaliklarnigina algebraik qo‘shishimiz mumkin.O‘lchamliklarning algebrasi ko‘payuvchandir, ya’ni faqatgina ko‘paytirish amalidan iboratdir.
Bir nechta kattaliklar ko‘paytmasining o‘lchamligi ularning o‘lchamliklarining ko‘paytmasiga teng, ya’ni: A, B, C, Q kattaliklarining qiymatlari orasidagi bog‘lanish Q = ABC ko‘rinishda berilgan bo‘lsa, u holda dim Q = (dim A)(dim B)(dim C)Bir kattalikni boshqasiga bo‘lishdagi bo‘linmaning o‘lchamligi ularning o‘lchamliklarining nisbatiga teng, ya’ni Q = A/B bo‘lsa, u holda
Xalqaro birliklar tizimi, o’lchamlarni belgilash va yozish qoidalari.Muayyan obyektni tavsiflovchi kattalik shu obyekt uchun xos bo‘lgan miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi obyektlar o‘zaro birgalikda ko‘rilayotganda faqat mana shu miqdor tavsiflariga ko‘ra tafovutlanadi. Buning uchun esa solishtirilayotganda obyektlararo biror bir asos bo‘lishi lozim. Bu asosga solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga kattalikning birligi deb nom berilgan.Ko‘rilayotgan fizikaviy obyektning ihtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi bo‘lib uning o‘lchami xizmat qiladi. Lekin “uzunlik o‘lchami”, “massa o‘lchami”, “sifat ko‘rsatkichining o‘lchami” degandan ko‘ra “uzunligi”, “massasi”, “sifat ko‘rsatkichi” kabi iboralarni ishlatish ham leksik jihatdan,ham texnikaviy jihatdan o‘rinli bo‘ladi.O‘lcham bilan qiymat tushunchalarini bir-biriga adashtirish kerak emas. Masalan, 100 g, 105 mg, 10-4 t - bir o‘lchamni 3 xil ko‘rinishda ифодаланиши bo‘lib, odatda “massa o‘lchamining qiymati” demasdan, “massasi (...) kg” deb gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning o‘lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim.
|
| |