|
Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot
|
bet | 2/18 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 143,54 Kb. | | #251013 |
Bog'liq Standartlashtirish.SHIshlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot
O‘lchash informasiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi,
tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi.Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin: o‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan:
o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq etish; o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish; hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish; o‘lchash vositalarining davlat sinovlari;
o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestasiyasi va hokazolar.Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir: 1. Ilmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir; 2. Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va ularni bajarishuslublarining metrologik attestasiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish, modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
3. Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati;
4. Me’yoriy-qonuniy asoslari- tegishli respublika qonunlari, davlat standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” bo’yicha xalqaro tashkilotlar.O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish, xalqaro standartlarni, shu jumladan sifatni boshqarish tizimi bo‘yicha xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulotlar sifatini va ularning raqobatbardoshliligini oshirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo’yicha milliy tashkilot sifatida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O'zbekiston Respublikasi nomidan ish ko’radi.ISO- Standartlashtirish bo'yicha xalqaro tashkilot (to’la хuquqliа’zo)OIML- Qonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkiloti (muxbira’zo)MGS - Davlatlararo standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish kengashi (to’la хuquqli а’zo)МАС- Standartlashtirish bo’yicha mintaqalararo uyushmasi (to’la хuquqliа’zo)COOMET - Yevro-Osiyo milliy metrologiya institutlari hamkorligi (to’la хuquqliа’zo)O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi quyidagi xorijiy davlatlarning standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo'yicha milliy tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi:MDH davlatlari, Misr Arab Respublikasi, Eron Islom Respublikasi, Litva Respublikasi, Slovakiya Respublikasi, Turkiya, Singapur Respublikasi, Janubiy Koreya, Yunoniston (Gretsiya), Germaniya Federativ Respublikasi, Chexiya Respublikasi, Buyuk Britaniya, Vengriya, Vietnam, Hindiston Respublikasi, Indaneziya Respublikasi, Ispaniya Qirolligi, Xitoy Xalq Respublikasi, Latviya Respublikasi, Polsha Respublikasi, Frantsiya.
|
| |