|
Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanining maqsad va vazifala
|
bet | 4/18 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 143,54 Kb. | | #251013 |
Bog'liq Standartlashtirish.SHAmaliy metrologiya – nazariy metrologiya ishlanmalarini va qonunlashtiruvchi metrologiya qoidalarini amaliy qo‘llanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi metrologiya bo‘limi.Kattalik – sifat jihatidan ajratilishi va miqdor jihatidan aniqlanishi mumkin bo‘lgan hodisalar, moddiy tizim, moddaning xossasidir.
O‘lchanadigan kattalik – o‘lchash vazifasining asosiy maqsadiga muvofiq o‘lchanishi lozim bo‘lgan, o‘lchanadigan yoki o‘lchangan kattalik.
Kattalik o‘lchami – muayyan miqdoriy ob’ekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
Kattalikning qiymati – kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash.Kattalikning sonli qiymati – kattalikning qiymatiga kiruvchi nomsiz son.Parametr – berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida qaraladigan kattalik.
O‘lchash vositasi – metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o‘lchami (belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan, o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita.
Kattalik o‘lchovi – o‘lchov qiymatlari belgilangan birliklarda ifodalangan va zarur aniqlikda ma’lum bo‘lgan bir yoki bir nechta berilgan o‘lchamlarning kattaligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi.
Xalqaro birliklar tizimi, o’lchamlarni belgilash va yozish qoidalari
Xalqaro birliklar tizimi, o’lchamlarni belgilash va yozish qoidalari.
Muayyan obyektni tavsiflovchi kattalik shu obyekt uchun xos bo‘lgan miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi obyektlar o‘zaro birgalikda ko‘rilayotganda faqat mana shu miqdor tavsiflariga ko‘ra tafovutlanadi. Buning uchun esa solishtirilayotganda obyektlararo biror bir asos bo‘lishi lozim. Bu asosga solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga kattalikning birligi deb nom berilgan.Ko‘rilayotgan fizikaviy obyektning ihtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi bo‘lib uning o‘lchami xizmat qiladi. Lekin “uzunlik o‘lchami”, “massa o‘lchami”, “sifat ko‘rsatkichining o‘lchami” degandan ko‘ra “uzunligi”, “massasi”, “sifat ko‘rsatkichi” kabi iboralarni ishlatish ham leksik jihatdan,ham texnikaviy jihatdan o‘rinli bo‘ladi.O‘lcham bilan qiymat tushunchalarini bir-biriga adashtirish kerak emas. Masalan, 100 g, 105 mg, 10-4 t - bir o‘lchamni 3 xil ko‘rinishda ифодаланиши bo‘lib, odatda “massa o‘lchamining qiymati” demasdan, “massasi (...) kg” deb gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning o‘lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim.Kattalikning o‘lchami - Ayrim olingan moddiy obyekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi.Kattalikning qiymati - qabul qilingan birliklarning ma’lum bir soni bilan kattalikning miqdor tavsifini aniqlash.
Qiymatning sonlar bilan ifodalangan tarkibiy qismini kattalikning sonli qiymati deyiladi. Sonli qiymat kattalikning o‘lchami noldan qancha birlikka farqlanadi, yoki o‘lchash birligi sifatida olingan o‘lchamdan qancha birlik katta (kichik) ekanligini bildiradi yoki boshqacha aytganda Q kattaligining qiymati uni o‘lchash birligining o‘lchami [Q] va sonli qiymati q bilan ifodalanadi degan ma’noni anglashimiz lozim:Q = q[Q].Endi yana kattalikning birligiga qaytamiz. Ikki xil metall quvur berilgan bo‘lib, birining diametri 1 m, ikkinchisiniki 0,5 m. Ularning ikkovini diametr bo‘yicha solishtirish uchun, muayyan bir asos sifatida olingan birlik qiymati bilan solishtirishimiz lozim bo‘ladi.
|
| |