|
Standartlashtirish, metrologiya va sifatni boshqarish” fanining maqsad va vazifala
|
bet | 5/18 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 143,54 Kb. | | #251013 |
Bog'liq Standartlashtirish.SHKattalikning birligi deb - ta’rif bo‘yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi
Ushbu atama kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun ko‘paytiruvchi sifatida ishlatiladi. Muayyan kattalikning birliklari o‘zaro o‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, metr, fut va dyuym uzunlikning birliklari bo‘lib, quyidagi har xil o‘lchamlarga ega - 1 fut = 0,3048 m, 1 dyuym = 25,4 mm ga tengdir.
Kattalikning birligi ham, kattalikning o‘ziga o‘xshash asosiy va hosilaviy birliklarga bo‘linadi:
Kattalikning asosiy birligi deb birliklar tizimidagi ihtiyoriy ravishda tanlangan asosiy kattalikning birligiga aytiladi.
Bunga misol qilib, LMT - kattaliklar tizimiga to‘g‘ri kelgan MKS birliklar tizimida metr, kilogramm, sekund kabi asosiy birliklarni olishimiz mumkin.
Hosilaviy birlik deb, berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi.
Hosilaviy birlikka misol qilib 1 m/s - xalqaro birliklar tizimidagi tezlik birligini; 1 N = 1 kg. m/s2 kuch birligini olishimiz mumkin.
“Metrologiya” ning fan sifatida shakllanib borish jarayoni qanday kechgan?Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanining rivojlanish tarixiXX asrning ikkinchi yarmida xalq xo`jaligining barcha sohalaridagi ilm-fan, madaniyatning gurkirab rivojlanishini bejiz ilmiy-texnikaviy inqilob deb atalmaydi. Ilg`or ilmiy yutuqlar fanga, bizning kundalik hayotimizga kirib kelib, shu darajada odatiy bo`lib qolganki, aksariyat hollarda biz ularga e`tibor bermaymiz yoki sezmaymiz. Ba`zan esa, bizga, korxona yoki laboratoriyaga yetib kelguncha ularning qanchalik murakkab, notekis yo`llardan o`tganligini ko`z oldimizga keltirmasdan, fikr yuritmagan holda ulardan foydalanamiz. Yuqoridagilarning hammasi to`la ma`noda zamonaviy axborotli o`lchash texnikalariga ham tegishlidir.O`lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. O`lchashlarga bo`lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga kelgan. Inson kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, yer maydonlarining yuzalarini, jismlarning o`lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o`zining sezgisi va tajribasi asosida o`lchay boshlagan.Eng qadimgi o`lchash birliklari - antropometrik, ya`ni insonning muayyan a`zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan o`lchash birliklari hisoblanadi. Masalan: Ladon` - bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to`rttasining kengligi; fut - oyoq tagining uzunligi; pyad` - yozilgan bosh va ko`rsatkich barmoqlar orasidagi masofa, qarich, quloch, qadam va hokazolar.
Asrlar o`ta bizga yetib kelgan ba`zi o`lchov birliklari xozirda xam ishlatiladi. Masalan, qadimgi janubi-sharqda “loviya doni”, “no`xotcha” ma`nosini bildirgan, turli qimmatbaho toshlarning o`lchov birligi sifatida ishlatilgan - KARAT: dorishunoslikda og`irlik birligi qilib qo`llanilayotgan, ingliz, fransuz, lotin va ispan tillarida “bug`doy doni” ma`nosi bildiruvchi -GRAN va hokazolar.
Ba`zi bir tabiiy o`lchovlar ham uzoq o`tmishga ega. Ularning dastlabkilaridan biri, hamma yerda ishlatiladigan vaqt o`lchovlaridir
|
| |