• Ishonchlilik
  • O‘lchashlarning sifat mezonlari To‘g‘rilik
  • Qaytaruvchanlik
  • Analog o’lchash asboblarining turlari.
  • O’lchashlarning sifat mezonlari. Metrologiyaning aksiomalari. O’lchash noanligi




    Download 143,54 Kb.
    bet16/18
    Sana23.05.2024
    Hajmi143,54 Kb.
    #251013
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
    Bog'liq
    Standartlashtirish.SH

    O’lchashlarning sifat mezonlari. Metrologiyaning aksiomalari. O’lchash noanligi.
    Har bir narsaning sifati bo‘lgani kabi o‘lchashlarning ham sifati va mezonlari mavjud. Bu mezonlar o‘lchashlardagi asosiy tavsiflarni ifodalaydi.O’lchash sifati aniqlik, ishonchlilik, to’g’rilik, yaqinlik va qaytaruvchanlik, yo’l quyilishi mumkin bo’lgan xatolik o’lchami bilan tavsiflanadi.Aniqlik – bu mezon o‘lchash natijalari kattalikning chinakam qiymatiga yaqinligini ifodalaydi. Miqdor jihatdan aniqlik nisbiy xatolik moduliga teskari tarzda baholanadi. Masalan, agar o‘lchash xatoligi 10–3 bo‘lsa, uning aniqligi 103 bo‘ladi yoki boshqacha aytganda, qanchalik aniqlik yuqori darajada bo‘lsa, shunchalik, o‘lchash natijasidagi muntazam va tasodifiy xatoliklar ulushi kam bo‘ladi.
    Ishonchlilik – o‘lchash natijalariga ishonch darajasini belgilovchi mezon hisoblanadi. O‘lchash natijalariga nisbatan ishonchlilikni ehtimollar nazariyasi va matematik statistika qonunlari asosida aniqlanadi. Bu esa aniq holat uchun xatoligi berilgan chegaralarda talab etilgan ishonchlilikdagi natijalarni olishni ta’minlovchi o‘lchash usuli va vositalarini tanlash imkonini beradi.
    O‘lchashlarning sifat mezonlariTo‘g‘rilik – o‘lchash natijalaridagi muntazam xatoliklarning nolga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni.
    Mos keluvchanligi – bir xil sharoitlardagi o‘lchashlar natijalarini bir – biriga yaqinligini bildiruvchi sifat mezoni. Odatda, o‘lchashlarning mos keluvchanligi tasodifiy xatoliklarning ta’sirini ifodalaydi.Qaytaruvchanlik – ushbu mezon har xil sharoitlarda (turli vaqtda, har xil joylarda, turli usullarda va vositalarda) bajarilgan o‘lchashlarning natijalarini bir – biriga yaqinligini bildiradi.
    O’lchash xatoligi - o’lchanayotgan kattalikning chinakam (haqiqiy) qiymatidan o’lchash natijasini farqlanishi.
    O'lchash natijasi va uning xatoligini baholanishi o’lchash sub’ekti tomonidan aniqlanadi.


    Analog o’lchash asboblarining turlari.

    Analog o’lchash asboblaridagi muhim zveno - o’lchash meхanizmi hisoblanadi. Bu turdagi o’lchash asboblari o’lchash meхanizmini ishlash tizimiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:Magnitoelektrik o’lchash asboblari;Elekromagnit o’lchash asboblari;Elektrodinamik o’lchash asboblari;Induktsion o’lchash asboblari;Ferrodinamik o’lchash asboblari;Elektrostatik o’lchash asboblari;Ushbu ko’rsatilgan qatordagi magnitoelektrik, elektoromagnit va elektrodinamik turdagi o’lchash asboblari nisbatan keng tarkalgan o’lchov asboblari hisoblanadi.O’lchash asboblariga maхsus shartli belgilar chizilgan bo’ladi va bu belgilar asosida o’lchash asbobining muhim fazilatlari borasida kerakli ma’lumotlarni olishimiz mumkin. Quyida shu belgilarning asosiylarini keltirib o’tamiz:A. Asosiy o’lchash birliklari va ularning karrali va ulushli qiymatlari:kA, kV, mA, mV, W, MW, Hz, kHz
    B. O’lchash zanjiridagi tokning turi:o’zgaruvchan tok zanjirida ishlaydi;o’zgarmas tok zanjirida ishlaydiV. Ishlash tartibi bo’yichG. Хavfsizligi:
    Beshqirrali yulduzcha chizilgan bo’lib, agar uning ichida hech qanday raqam bo’lmasa, u holda asbob 500 voltli kuchlanish ostida sinalgan bo’ldi. Agar, raqam yozilgan bo’lsa, masalan 2, unda asbob 2000 volt kuchlanishida sinalgan bo’ladi.D. - foydalanish holati:



    Download 143,54 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Download 143,54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’lchashlarning sifat mezonlari. Metrologiyaning aksiomalari. O’lchash noanligi

    Download 143,54 Kb.