• Nazorat kartasinining taxlili.
  • Statistik nazoratni asosiy vazifasi. Uzluksiz nazorat




    Download 111 Kb.
    bet1/2
    Sana06.06.2024
    Hajmi111 Kb.
    #260689
      1   2
    Bog'liq
    Statistik nazoratni asosiy vazifasi. Uzluksiz nazorat


    Mahsulot sifatini statistik nazorat qilish usuli
    Reja:



    1. Statistik nazoratni asosiy vazifasi.

    2. Uzluksiz nazorat.

    3. Nazorat kartasi yoki nazorat diagrammasini tuzish.

    4. Nazorat kartasinining taxlili.

    Har xil sabablarga ko‘ra texnologik jarayonning o‘zgarishi, xom ashyoni o‘zgarishi va boshqa sabablar mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini normadagidan o‘zgarishiga olib keladi.


    Texnologlarni asosiy vazifasi, mahsulot sifatini brakga chiqarmaslik, xar xil sabablarni vaqtida aniqlash va ularni yo‘qotishdir.
    Bunda statistik nazoratni xar xil usullari qo‘llaniladi.
    Statistik nazoratning asosiy vazifasi, belgilangan normadan tashqariga chiqayotgan har hil o‘zgarishlarni vaqtida aniqlash va statistik xatolarga yo‘l qo‘maslik uchun ularni yo‘qotishdir. Statistik xatolar deb, tasodifiy xarakterga ega bo‘lmagan xatolarga aytiladi. Ular mashina ish rejimining o‘zgarishi, xom ashyo sifatini o‘zgarishi, texnologik jarayon bir meyorda ishlamasligi natijasida xosil bo‘ladi. Bularni xammasi natijada mahsulot sifatini yomonlashishiga olib keladi.
    Texnologlarni asosiy vazifasi, bularga yo‘l qo‘ymaslik, vaqtida bu xolatlarni aniqlash va ularni iloji boricha vaqtida yo‘qotishdir.
    Bu vazifani bajarishda nazoratni statistik usullari qo‘llaniladi. Ular quydagilar:

    1. Tanlov nazorati. Bu bir xil katta partiyadagi mahsulotlarni tekshirishda qo‘llaniladi.

    2. Uzluksiz nazorat. Mahsulot sifatini va texnologik jarayonni ko‘rsatkichlarini tekshirishda qo‘llaniladi.

    Birinchi usulda ko‘p vaqt ishchi kuchi kerak bo‘ladi, shuning uchun texnologik jarayonni ishlash parametrini tekshirishda uzluksiz nazorat ko‘proq ishlatiladi.
    Uzluksiz nazorat.
    Mahsulotni ishlash jarayonida uning sifat ko‘rtsatkichlari vaqtga nisbatan o‘zgaradi. Bu ikkita sabablarga bog‘liq: tasodifiy va tasodifiy bo‘lmagan sabalar.
    Tasodifiy bo‘lmagan sabablar texnologik jarayon parametrlarini bir tomonlama o‘zgartiradi, va ularni yo‘qotish mumkin. (M: ishlab chiqarish sharoiti, namlikni o‘zgarishi ip yo‘g‘onligini o‘zgarishiga olib keladi va x.k.)
    Tasodifiy sabablar, ular har xil, va ular texnologik jarayonni xar xil parametrlarini o‘zgarishiga olib keladi, ularni yo‘qotish mumkin emas. Faqat ularni mahsulot ishlab chiqayotganda nazarga olish kerak.
    Ularni kamaytirishda nazoratni statistik uzluksiz usuli qo‘llaniladi. Bu usul nazorat kartasi yoki nuqtali diagramma asosida olib boriladi.


    Nazorat kartasi yoki nuqtali diagrammani tuzish.

    Buni tuzish uchun ma’lum vaqtdan keyin tekshirish kerak bo‘lgan mahsulotdan namuna olinadi. Uni statistik tavsiflari topiladi va ular asosida nazorat kartasi tuziladi, (har bir ko‘rsatkich bo‘yicha). Buning uchun absissa o‘qiga olingan namuna, ordinata o‘qiga tekshirilayotgan ko‘rsatkichlar qo‘yilib, ular bir-birlari bilan bog‘lanadi.



    9

    Сифат
    курсаткичи

    Намуна

    13

    12

    11

    10

    U

    8

    8

    7

    7

    6

    6

    5

    5

    4

    4

    2

    2

    3

    3

    1

    1

    Брак зонаси

    Брак зонаси

    Z



    Lю

    Lп

    Z masofada markaziy gorizontal chiziqni, yuqori va pastki (Lyu,Ln) tekshirish chizig‘ini o‘tkazamiz, so‘ngra yuqori va pastki ruxsat etilgan og‘ish chizig‘ini (U va L) o‘tkazamiz.


    Bu chiziqlar quydagicha:
    Z=­X Ln=Z-A 0.01 HX
    0,01HX=G
    Lyu=Z+A 0,01 H X


    1. o‘rtacha kvadratik og‘ish

    N- kvadratik notekislik

    1. ishonch darajasi

    Agar Rish=0,99; t=2,58; Rish=0,988; t=3,0
    U va L larni topishda ruxsat etilgan og‘ishlar hisobga olinadi.
    Texnologik jarayon bir meyorda ishlayapti deb shu paytda aytiladiki, agar 25 ta nuqtadan bitta ham nuqta ruxsat etilgan og‘ish chegarasidan yoki 100 ta nuqtadan bitta nuqta ruxsat chegarasidan chiqsa kerak.
    Agar nuqtalar markaziy chiziqdan bir tomonlama ko‘payib yoki kamayib borsa, jarayon ishonchli ishlayapdi deb bo‘lmaydi, yuqoridagi xolat bo‘lganda xam.


    Nazorat kartasida joylashgan nuqtalarni taxlili.
    Quyidagi xolatlar bo‘lishi mumkin:

    1. Nuqtalar markaziy chiziqdan ikki tomonga bir xil tekshirish chiziqlari Lyu,Ln ichida joylashgan (1-6 nuqtalar jadvalda). Bu texnologik jarayon yaxshi ishlayotganligini, mahsulot sifati belgilangan normada ishlayotganligini ko‘rsatadi.

    2. Nuqtalar tekshirish chizig‘i ichida (Lyu,Ln) lekin markaziy chiziqni bir tomoniga joylashgan (6-11 nuqtalar). Bu texnologik jarayonda o‘zgarish borligini ko‘rsatadi. Texnologik jarayonni o‘zgartirish kerak, agar quyidagi m nuqtalardan markaziy chizig‘idan bir tomonga a ga nuqta joylashgan bo‘lsa.


    m

    7

    11

    14

    17

    20

    a

    7

    10

    12

    14

    16




    1. Agar bitta nuqta tekshirish chizigidan yuqori (12-nuqta) joylashsa yana ikkinchi tekshirish o‘tkazish kerak. Agar 2-nuqta ham (13-nuqta) tekshirish chizigidan yuqori joylashsa, unda bu holat mahsulot sifatini o‘zgarganligini (yomonlashganligini) ko‘rsatadi. Bu vaqtda bunga olib kelgan sabablar aniqlanib, ularni yo‘qotish kerak, ya’ni mahsuotning sifat ko‘rsatkichlarini boshqarish kerak.

    Misol:
    Nazorat kartasini tuzing, unda 25 teksli I sort ipni ishlashda har kuni 1ta mashinadan 100ta namuna olinib, ipning yo‘g‘onligi aniqlanadi. Ruxsat etilgan og‘ish:


    U=4%; L=4%; Hip =10%
    Markaziy gorizontal chiziq:
    Z=X=25 teks
    Yuqori ruhsat etilgan og‘ish chizig‘i
    U=25+4*25/100=26 teks
    past dopusk chizigi:
    L=25-4*25/100=24 teks
    G=0,01*H*X=0,01*10*25=2,5








    1. Doimiy ravishda kengayib borayotgan mahsulot turi kontekstida iste’molchining mahsulotni sotib olishini maqsadga muvofiqligim belgilaydigan asosiy omil-sifat hisoblanadi. Sifat milliy va xalqaro bozorlarga yetkazib beriladigan mahsulotlar hajmini oshirishga imkon beradigan muvaffaqiyat kafolati va asosiy shartga aylandi. Diqqat bilan ishlab chiqilgan va samarali ishlaydigan sifatni boshqarish tizimlari korxonalarning daromadliligini ta’minlaydi va sarmoyadorlar uchun katta miqdorda foyda keltiradi. Sifatni boshqarish tizimini joriy etish natijasida korxonalar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, mehnat unumdorligini oshirish, sifatli xarajatlami sezilarli darajada qisqartirish va ularning raqobatbardoshligini oshirishni ta ’minlaydi. Biroq, barcha korxonalar o ‘z mahsulotini sotishda, sotish bozorlarida teng samaradorlikka ega emaslar. Shunday qilib, ba’zi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifati boshqa korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot sifatidan ancha farq qiladi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tomonidan sifat tushunchasi ancha keng ma’noda tushuniladi. Korxonaning muvaffaqiyatli ishlashi uchun faqat mahsulotni sifatli ishlab chiqarish yetarli shart emas, chunki ishlab chiqaruvchi mahsulotni iste’molchilarga sotish bo‘yicha shartnoma va qo‘shimcha choralami ta’minlamaganligi sababli kelajakda raqobatchilami yo‘qotish xavfi mavjud. Bunday hollarda yuqori sifatli mahsulotlami kam sifatli mahsulotlardan osongina ajratib turadigan iste’molchi tabiiy ravishda yuqori sifatli mahsulotlarga ustunlik beradi. Jahondagi firmalaming mahsulotlami sifatini yaxshilashga bo‘lgan intilishlari, turli sifat darajalari mavjudligi tufaylidir. Shu 5 munosabat bilan mahsulot sifatini yaxshilashni ta’minlaydigan usul va vositalar ishlab chiqarish faoliyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bunday usullardan biri korxonaning faoliyatida mahsulot yoki xizmat sifatini oshirishni tashkil etishga yordam beradigan umumiy qabul qilingan m e’yorlar va standartlarga muvofiq ishlarim tashkil etishdir. Hozirgi kunda ushbu standartlardan biri ISO 9000 Xalqaro standartlari bo iib , unga asosan korxonada sifat tizimini yaratish mumkin. ISO standartlarining universalligi shundan iborat-ki, ular mahsulot va xizmatlaming har bir turi uchun mutlaq sifat mezonlarini taklif etmaydi. Bu mumkin emas: sifat - odamlarm mahsulot yoki xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondmsh qobiliyati, ehtiyojlar esa turli-tumandir. ISO 9000 oilaviy standartlari nafaqat sifat tizimining metodologiyasini belgilaydi, bu esa o‘z navbatida korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlaming yuqori sifatini ta’minlanishi, boshqacha aytganda mijozlaming yuqori darajadagi talablarini ta’minlashdir. Sertifikatlashtirilgan sifat tizimi birinchi navbatda xorijiy investitsiya olish uchun harakat qilayotgan, yoki xorijiy xaridorlami jalb qilishga intilayotgan korxonalar uchun zarurdir. Mutaxassislaming fikriga ko‘ra, bunday tizimga ega bo‘lgan va unga ega bo‘lmagan yetkazib beruvchilar uchun sotib olish bahosidagi farq 50 foizga yetishi mumkin. Metodologik jihatdan, hamma ISO 9000 standartlari uchun tashkilot tomonidan amalga oshirilgan barcha ishlarmng o‘zaro bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega va ular jarayonlam ing to‘plami sifatida qaralishi nazarda tutilgan. Bu holatga mos ravishda, umumiy sifatm boshqarish tashkilotda amalga oshirilgan jarayonlarm boshqarish va statistik usullarni qo‘llash qobiliyatiga ega bo‘ladi. Standartnmg bandlarida sifatga bo‘lgan barcha talablar berilgan bo‘lib, ulaming bajarilishi kompaniyanmg sifat talablarini qondirish qobiliyatini tasdiqlashi va ISO 9000 seriyasining asosiy standartlari dan biriga muvofiq tasdiqlangan bolishi kerak. Umng har bir bandida sifat standarti nimani talab etishini tavsiflaydi, bunda kompaniyaning vazifasi - bu talablami qanday amalga oshirish kerakligidan iborat. 6 Kompaniyani doimiy rivojlanishi va samaradorligini oshirishning yo‘li, uning sifatni ta’minlash tizimini tashkil etilganligi, ISO ning sifat talablariga mos kelishi va iste’molchilar talablarini qondirilishidan iborat. Shuning uchun, ISO 9000 ning eng muhim talablaridan bin jarayonni boshqarish, uning asosiy bosqichlarini rejalashtirish, o‘lchash, o‘lchov qiymatlarini etalonlar bilan taqqoslash jarayonini kuzatishdir. Boshqarish - olingan m a’lumotlarga asoslangan jarayonlarni tartibga solishdir, taqqoslash natijalari yoki rejalashtirish va jarayonni nazorat qilish bosqichlarida statistik usullarni qo‘llashdan iborat [7]. Jarayonni nazorat qilish, jarayoni har bir nuqtasida sifat ko‘rsatkichmi (jarayonmng sifati uchun muhim) o ‘lchashni tekshirishni o ‘z ichiga oladi. Agar mahsulot sifatining parametrini (uni oichashni) imkoni bo‘lmasa, unda ushbu operatsiyani bajarish uchun ishlab chiqarish jarayonida nazorat qilinmaydigan mahsulotning sifat parametrini aniqlaydigan jarayon parametrlarini aniqlash va nazorat qilish kerak. Sifani boshqarishda statistik usullarni qo‘llash masalalanning ravshanligi uchun quyidagi tushunchalarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Sifatni boshqarish - sifat talablarini bajarish uchun ishlatiladigan tezkor xususiyatga ega bo‘ lgan faoliyat usullari va turlari. Mahsulot sifati iste’molchi tomonidan belgilangan talablarga javob bermasa, u holda korxonada qabul qilingan va unga kelib tushgan shikoyatlarni korxonaning standart talablariga muvofiq tahlil qilish orqali aniqlanadi. Sifatni statistik boshqarish - statistik uslublar qo‘llaniladigan sifatni boshqarish qismi. Jarayonning holatini statistik boshqarish - jarayonni tasvirlaydigan, bu shunday holat-ki, barcha maxsus o‘zgaruvchanlikning sabablarini yo‘qotadigan va oddiy sabablarni qoldiradi. Ya’m, kuzatiladigan o ‘zgaruvchanlikni tasodifiy sabablaming doimiy tizimi deb izohlash mumkin; nazorat jadvalida nazorat chegaralari, trendlar va nazoratsiz chegaralardagi tasodifiy bo‘lmagan xatti-harakatlar aks ettiriladi. 7 0 ‘zgaruvchanlik - jarayonning individual natijalari orasida muqarrar farqbo‘lib, ularning manbalari ikki asosiy tipgabo‘linadi: umumiy sabablar va maxsus sabablar. 0 ‘zgaruvchanlikning odatiy sababi - tekshiruv kartasini tahlil qilganda, jarayonning tasodifiy o‘zgaruvchanligining bir qismi sifatida namoyon boMadigan jarayonning natijalanni shaxsiy qiymatiga ta’sir qiluvchi o‘zgaruvchanlik manbai hisoblanadi. 0 ‘zgaruvchanHkning maxsus sababi - o‘zgaruvchanlik manbai bo‘lib, to ‘xtatilishi mumkin boigan, tez-tez taxmin qilinadigan, ba’zan tasodifiy bo‘lmagan sababdir; bu nazorat chegaralaridan tashqaridagi nuqtada, nazorat chegaralaridagi nuqta yoki tasodifiy bo‘lmagan xatti-harakatlar bilan belgilanadi. Statistik usullarining sifatini boshqarishning asosiy bosqichlari: -statistik tadqiqotlar, -jarayonni sozlash, -statistika boshqarmasi Korxona jarayon imkoniyatlari va mahsulot xususiyatlarining maqbulligini tasdiqlash uchun yetarli statistik usullami yaratishi kerak. Kerak bo‘lgan holatda, mahsulot ishlab chiqaruvchi, texnologik jarayonning imkoniyatlarini tekshirish uchun va mahsulotning xususiyatlarini loyiqligi, mahsulot yoki tarkibiy qismlaming sifatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan statistik usullami tanlashni ta’minlovchi tartib-qoidalar ishlab chiqilishi kerak. Nazoratning statistik usullari (NSU) rejalari va qo‘llanish sohalari ishlab chiqaruvchi tomonidan ham belgilanadi. Kerakli hollarda ulami mijoz yoki buyurtmachi bilan muvofiqlashtiradi. ISO 9000 m e’yorlarining o‘zi mijozlar ehtiyojini qondirmaydi, lekin ISO 9000 talablariga muvofiq tashkilot iste’molchining talablariga javob beradigan sifat menejmenti tizimini yaratishi mumkin bo'lgan poydevor hisoblanadi. Sifatni ta’minlashda tanlangan modelni NSUga muvofiqligini ko‘rsatadigan usullar quyidagicha bo‘lishi mumkin: - yetkazib beruvchi tomonidan muvofiqlik to‘g ‘risidagi deklaratsiya; -hujjatlashtirilgan dalillarni taqdim etish; -iste’molchilar tomonidan tasdiqlash yoki ro‘yxatdan o‘tkazish; -iste’molchining tekshiruvi (ikkinchi shaxs); -uchinchi tomon auditi (tashqi ekspert - auditor); -vakolatli uchinchi shaxslarning guvohnomalarini taqdim etish. Ushbu usullardan foydalanish mumkin: -birinchi (yetkazib beruvchi / pudratchi) va ikkinchi (iste’- molchi / xaridor) o‘rtasida shartnoma bo‘lgan holatlarida; -ikkinchi shaxslarning roziligi yoki ro‘yxatga olishi bilan. Oxirgi ikki usul faqat uchinchi shaxslar tomonidan sertifikatlash yoki ro‘yxatga olish uchun qo‘llaniladi. Jarayonning statistik tekshiruvi, ishchilaming shakli va mazmuni. Statistik nazorat jarayoni, shakli va ishchi tekshiruv rejalari mazmuni jarayonni statistik nazorat shakli korinishidagi hujjatlar va turli xil sifat hisobotlaridan lborat. Ushbu shakllar va tegishli rahbarlik hujjatlari (bu m a’lumotni qanday shaklda to‘ldirish, uni qanday ishlatish kerakligi, qanday sifatni boshqarish vositalari ishlatilishi mumkin, qanday o‘zgartirish kerakligi haqida m a’lumot to‘plash va hokazo) tezkor harakatlar ustidan nazoratning asosiy shakli hisoblanadi. ISO 9000 talablariga muvofiq sifat menejmentida statistik usullami qo‘llash variantlarini ularga qisqacha tavsif berish asosida qisqacha tushuntiramiz. Rahbariyatning mas’uliyati. D. Deming, D. Jurand aytishi boyicha rahbariyat tashkiliy muammolaming 80 foizdan 90 foizigacha yechadi. Ushbu standart savollarga aniq javob berishni talab qiladi: kirn mahsulot yoki mahsulotni ta’minlash uchun javobgardir mijozning (xaridoming) buyurtma qilgan xizmati sifat va muddatlarga b o ig an talablariga javob beradimi va sizning tashkilotingiz sifat menejmenti tizimining samarali ekanligini kafolatlaydigan kim? Statistik usullar (masalan, Pareto diagrammasi, Isikava diagrammasi, Shewxart xaritalari) sifat sohasidagi muammolarni muntazam ravishda topishga va ularni bartaraf etishga, muammolaming qaysi biri tasodifiy yoki doimiy xususiyatga ega 9 ekanligini aniqlashga yordam beradi. Buning sabablari tizimni tartibga solish tashkilotning boshqaruv tizimidagi eng muammoli joylarni aniqlashga, ya’ni "tor joylari" deb atalishiga va tashkiliy tuzilmani samarali tashkil etishga imkon beradi.


    Download 111 Kb.
      1   2




    Download 111 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Statistik nazoratni asosiy vazifasi. Uzluksiz nazorat

    Download 111 Kb.