23
sathidan 300-400 dan 600-1000 m gacha balandliklarda) yillik yog‗in miqdori 300-500 mm
gacha ko‗tariladi. Joylarning balandligi o‗sgan sari yog‗ingarchilik miqdori o‗sib boradi, lekin
tog‗ vohalarida ularni taqsimlanishi ancha qiyin xarakterga ega bo‗lib, nafaqat joylarni
balandligiga, tog‗larni joylanishiga (ichki yoki tashqi) va boshqa orografik va iqlim omillari
bilan bog‗liq. Qiyaliklarda ochiq asosiy namlik olib keluvchi potoklar yordamida yillik
yog‗ingarchilik miqdori 1500-2000 mm gacha yetishi mumkin ( masalan, Pskem daryosi
vohasida). [400]
O‗zbekistonning asosiy gidrologik xususiyati, shuningdek Orol dengizi vohasining
hamma joyi har xil gidrologik funksiyalariga ko‗ra bir-biridan katta farq qiladigan ikki qismga
bo‗linadi: tekistlik va tog‗li. Tog‗li hududlar daryo irmoqlaridan suv oqimi shakllanish zonasi
hisoblanadi. Tekis hududlar kam miqdorda yog‗ingarchilik va yuqori bo‗g‗lanishi tufayli
atmosfera yog‗inlari bir necha marta ko‗p bo‗lishiga qaramsdan suv oqimlarini hosil qilmaydi.
Bundan tashqari tog‗lardan oqib kelgan suvlar tekist hududlarda sarflanadi, bo‗g‗lanadi,
filtiratsiya bo‗lishi kuzatiladi va boshqa sabablar yo‗qolishga olib keladi. Bu jarayonlar
insonning xo‗jalik faoliyatida kuchayadi: daryolardan kanallar orqali ekinlarni sug‗orish uchun
olingan suv bo‗g‗lanishga va transpiratsiyaga sarflanadi, uning bir qismigina qaytim sifatida
yana daryoga oqib tushadi. Bu oblast O‗rta Osiyoda yirik gidrolog V. L. Shuls terminologiyasi
bo‗yicha suv oqimini tarqalish oblasti deb aytadi. Tog‗lardan tekistlkga tabiiy gidrologik siklda
suv harakatining oxirgi zvenosi Orol dengizi hisoblanadi, uning barqaror paytida ustidan har yili
o‗rtacha 60 km3 suv parlangan.