suv omborlarining umumiy suv resurslari
me‘yordagi loyiha suv sathida
61,6 km
3
ga teng deb baholanadi. Shundan 23,3 km
3
Amudaryo havzasiga, 34,5 km
3
Sirdaryo
havzasiga to‗g‗ri keladi. Chuy va Talas daryolari havzalaridagi suv omborlarining suv sig‗imi
nisbatan kichik bo‗lib, ulardagi umumiy suv hajmi 1,7 km
3
ga teng. Turkmaniston hududidagi
Tajan va Murg‗ob daryolaridagi hamda Qoraqum kanali uzunligi bo‗yicha qurilgan suv omborla-
rining sig‗imi esa 2,1 km
3
ga teng .
Suv omborlarining suv resurslari O‗rta Osiyo mamlakatlari bo‗yicha quyidagicha
taqsimlangan: Qirg‗iziston Respublikasida35 % (21,4 km
3
), O‗zbekistonda28 % (17,4 km
3
),
Tojikistonda23 % (14,1 km
3
), Qozog‗iston janubida10 % (6,3 km
3
) va Turkmanistonda3 %
(2,1 km
3
).
Tog‗ ko‗llari va suv omborlarining ko‗pchiligida, tekisliklardagi deyarli barcha ko‗llar va
suv omborlarida maxsus chora tadbirlarni amalga oshirib,
baliqchilik, mo‘ynachilik
va boshqa
turdagi sohalarni rivojlantirishni yo‗lga qo‗yish mumkin. Bular orasida baliqchilik kelajagi bor
yo‗nalishlardan biri hisoblanadi. Agar shu ishlar ijobiy hal etilsa, xalq dasturxoni qo‗shimcha
oziqovqat mahsulotlari bilan boyigan bo‗lur edi.
O‗rta Osiyo ko‗llari va suv omborlari atrofida o‗ziga xos iqlim sharoiti, o‗simlik dunyosi va
umuman olganda insonning faol hordiq chiqarishi uchun to‗la sharoit mavjud, ya‘ni ularning
20
rekreatsiya
imkoniyatlari ham katta. Bu sohada Issiqko‗l atrofida, Chorbog‗ va To‗yabo‗g‗iz suv
omborlari sohillarida amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Lekin, ayrim hollarda bu jarayon,
ba‘zi bir dam oluvchilarning mas‘uliyatsizligi natijasida, ko‗plab salbiy oqibatlarni keltirib
chiqarmoqda. Masalan, statistik ma‘lumotlarning ko‗rsatishicha, Farg‗ona viloyatining Shohimardon
qishlog‗i yaqinidagi Qurbonko‗lga har yili yozgi dam olish mavsumida 450500 ming kishi tashrif
buyursa, shundan ularning atigi 12 foizigina tashkiliy ravishda amalga oshiriladi. Buning oqibatida
ko‗l atrofi va unga tutash bo‗lgan hududlarda sanitariyagigiena sharoiti o‗ta yomonlashadi.
|