|
Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslariBog'liq 0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV
Ch i r ch i q
daryosi Sirdaryoning nisbatan yirik irmoqlaridan hisoblanadi. U Piskom va
Chotqol daryolari qo‗shilishidan hosil bo‗ladi. Xo‗jakent qishlog‗i yaqinida daryoda Chorbog‗ suv
ombori qurilib, ishga tushirilgandan so‗ng (1970 yil) Chirchiq daryosi bevosita suv omboridan oqib
chiqadi. Daryoning o‗rtacha yillik oqim miqdori 7,82 mlrd. m
3
ga tengdir.
Chotqol va Qurama tog‗ tizmalariga yoqqan yog‗inlar hisobiga to‗yinuvchi qo‗shni
O h a n g
a r o n
daryosining suv resurslari juda kamdir (yiliga 1,22 mlrd.m
3
). Uning ko‗pdanko‗p chap va
o‗ng irmoqlarisoylari (Dukantsoy, Qorabag‗irsoy, Niyozboshsoy va boshqalar) ham kamsuvli
bo‗lib, ularning umumiy o‗rtacha yillik suv sarfi boryo‗g‗i 2 m
3
/s ga teng.
K a l a s
daryosi Qorjantov tizmasi shimolig‗arbiy yonbag‗irlaridan oqib tushadigan
Juzumduq va Jegirgen daryolarining qo‗shilishidan hosil bo‗ladi. Daryoning o‗rtacha oqimi
yiliga 206 mln.m
3
ga teng. Daryo suvi, uning tog‗li qismidayoq sug‗orishga sarflana boshlashi
tufayli, tekislikka chiqqanda juda kamayib ketadi. Shu sababli Kalas daryosi havzasiga Chirchiq
17
daryosidan Zaxariq kanali qazilgan. Shu kanal suvlari bilan Kalas vodiysining quyi, ya‘ni
tekislik qismidagi yerlar sug‗oriladi. Shuning uchun ham Kalas daryosi Sirdaryogacha yetib
boradi va unga tog‗lardan chiqish joyidagi suv miqdoriga nisbatan ko‗proq suv eltib quyadi.
Umuman O‗rta Osiyo daryolarining suv resurslari turli manbalarda turlicha baholangan
(28jadval). Ular orasida O‗OGMITI (O‗rta Osiyo Gidrometeorologiya ilmiytadqiqot instituti)
ma‘lumotlari aniqligi bilan ajralib turadi. Chunki unda oxirgi yillardagi kuzatish ma‘lumotlari
ham hisobga olingan.
|
| |