15
maqsadda vohaga Janubiy Surxon suv omboridan uzunligi 100 km bo‗lgan Sherobod kanali
qazilgan.
Q a sh q a d a r yo
Zarafshon va Hisor tog‗ tizmalari g‗arbiy tarmog‗ining janubiy
yonbag‗irlaridan boshlanadi. Daryoning asosiy irmoqlari unga chap tomondan qo‗shiladi.
Tog‗lardan chiqqandan so‗ng daryoga dastlab nisbatan kamsuvli Jinnidaryo, so‗ng muzliklardan
boshlanadigan sersuv Oqsuv daryosi, undan keyin esa Yakkabog‗ va Tangxoz daryolari kelib
quyiladi. Qashqadaryoning oxirgi chap irmog‗i G‗uzordaryodir. U Katta O‗radaryo va Kichik
O‗radaryoning qo‗shilishidan hosil bo‗lib, quyi oqimida Qorasuvdaryo deb nomlanadi.
Qashqadaryoning o‗ng qirg‗oq tomonida yirik irmoqlar yo‗q, faqat baland bo‗lmagan
Qoratepa tog‗ining janubiy yonbag‗irlaridan 18 ta kattakichik soylar oqib tushadi. [432-435]
Qashqadaryo vohasi tekisliklariga tog‗li hududdan oqib keluvchi yuza suvlarining
umumiy hajmi yiliga 1,56 mlrd.m
3
ga teng. Havzada suv zahiralarining cheklanganligini, biroq
juda katta yer fondining mavjudligini hisobga olib, uning suv resurslari qadimdan Eski Angor
kanali orqali Zarafshon suvi va o‗tgan asrning 70yillaridan boshlab Qarshi magistral kanali
orqali keltirilgan Amudaryo suvlari bilan to‗ldiriladi.
Z a r a f sh o n
daryosi Tojikiston hududidagi Zarafshon muzligidan boshlanadi. Yuqori
oqimida u Mastchohdaryo deb atalib, chap tomondan unga Fandaryo kelib qo‗shilgach, daryo
Zarafshon nomini oladi.
Mastchohdaryo bilan Fandaryoning qo‗shilish joyidan 56 km quyida Zarafshon daryosiga
chap tomondan ancha yirik hisoblangan Qishtutdaryo, so‗ng esa yana chap tomonidan
Mag‗iyondaryo kelib quyiladi. Panjikent shahridan pastda Zarafshon daryosi O‗zbekiston
chegarasini kesib o‗tadi va tekislikka chiqadi. Zarafshon daryosi Zarafshon botig‗iga chiqish
joyidan g‗arbda, aniqrog‗i Nurota va Qoratepa tog‗laridan unga bir qancha kattakichik soylar
oqib tushadi. Biroq, ular suvining sug‗orishga olinishi yoki yoyilmalarga sizib ketishi tufayli
ko‗pchiligi Zarafshonga yetib kela olmaydi.
Zarafshon daryosining suv zahiralari 1962 yildan boshlab AmuBuxoro kanali orqali
keltirilayotgan Amudaryo suvi bilan to‗ldirilmoqda.
Zarafshon daryosining quyi oqimida, ya‘ni daryo Zarafshon botig‗idan Qizilqum cho‗llariga
oqib chiqqanidan so‗ng unga hech qanday irmoq, hatto soylar ham qo‗shilmaydi. Sug‗orishga sarf
bo‗lishi tufayli Zarafshonning suvi quyi oqim tomon kamayib boradi. Qadimdan Zarafshon suvi
bilan Eski Tuyatortar kanali orqali Sangzor vohasi yerlari, Darg‗om kanali orqali esa Qashqadaryo
vohasidagi ekin maydonlari sug‗orib kelinadi. Daryoning Dupuli ko‗prigi yaqinida aniqlangan
o‗rtacha yillik oqimi hajmi 5,32 km
3
ga teng.