1.2. Suv resurslarining tabiiy va antropogen omillar ta‟sirida sarflanishi Suv resurslaridan samarali foydalanish uchun ularning qaysi yo‗llar bilan sarflanishini
bilish zarur. Ma‘lumki, suv resurslari
ikki yo‗l
bilan
tabiiy va inson xo‗jalik faoliyati, ya‘ni
antropogen omillar ta‘sirida sarflanadi.
Suv resurslarining
tabiiy sarflanishi quyidagi yo‗llar bilan ro‗y beradi: daryolar
o‗zanidan, ko‗llar kosasidan bo‗ladigan
shimilish ko‗rinishida, suv yuzasidan bo‗ladigan
bug’‘lanish, namsevar yovvoyi o‗simliklar tanasidan
transpiratsiya yo‗li bilan bug‘‗lanish,
daryoda suv toshgan davrda uning ma‘lum bir qismining qayirda qolishi va hokazolar. Davlat
Gidrologiya instituti ma‘lumotlariga ko‗ra o‗tgan asrning 70yillarida daryo oqimining tabiiy
sarflanishi Sirdaryo va Amudaryo havzalarida mos ravishda yiliga o‗rtacha 1,7 va 3,3 km
3
ni
tashkil etgan.
Tabiiy sarflanish miqdori daryoning suvliligiga bog‗liq, ya‘ni daryoda suv qancha ko‗p
bo‗lsa, sarflanish ham shuncha katta miqdorda kuzatiladi.
Suv resurslarining insonning xo‗jalik faoliyati, ya‘ni
antropogen omillar ta‘sirida
sarflanishi ularning irrigatsiya, maishiykommunal va sanoat tarmoqlarida ishlatilishi bilan
bog‗liq.
Suv resurslarining antropogen omillar ta‘sirida sarflanish jarayoni yaxshi o‗rganilmagan.
Afsuski, bu muammoning yechimi ustida olib borilayotgan tadqiqotlar hozirgi kunda ham talab
darajasida emas. [349]
9
O‗lkamiz sharoitida suv resurslarining katta qismi90 foizdan ortiqrog‗i
irrigatsiya maqsadlarida sarflanadi. Bu sarflanish ekin maydonlari, suv omborlari, sug‗orish kanallari,
kollektorzovurlar yuzasidan bo‗ladigan
bug’‘lanish dan, yangi o‗zlashtirilgan yerlardagi, yangi
qurilgan
suv
omborlaridagi,
kollektorzovurlardagi
suvning