• Dunyo 135800 38830 11885
  • Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/34
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,84 Mb.
    #231100
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
    Bog'liq
    0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

    r sharini chuchuk suv resurslar
    Qit‘alar 
    Maydon 
    ming. km
    2
    Daryo suv sig‗imi, km
    3



    Er usti 
    er osti
    Evropa 
    10500 
    3110 
    1065 
    Osiyo 
    44400 
    13190 
    3410 
    Afrika
    30300 
    4225 
    1465 
    Sh.Amerika 
    24300 
    5060 
    1740 
    J.Amerika 
    17800 
    10380 
    3740 
    Avstraliya 
    8500 
    1965 
    465 
    Dunyo 
    135800 
    38830 
    11885 
    Gidrosferaning 
    xilma-xil 
    turli 
    xususiyatlari 
    va 
    o‘ziga 
    hosliligi 
    orasida 
    uning 
    xarakatdaligini aloxida ta‘kidlash zarurdir. Gidrosfera o‘ta xarakatchan va jo‘shqindir. Bu 
    tabiatdagi suvlarni aylanma xarakatining asosi ulkan jarayon bo‘lib u bilan suv resurslarini tabiiy 
    chuchuklanishi, quruqlikda suvlarni taqsimlanishi va joylashishi xamda axolini, xayvonot va 
    o‘simlik dunyosini suv bilan ta‘minlanishi bog‘liqdir. Tabiatdagi suvlarni aylanma xarakati bilan 
    yemirilish jarayonlari va Yerni relefini shakllanishi bog‘liqdir tabiatda suvni aylanma xarakati 
    quyidagicha ro‘y beradi. Quruqlik va dunyo okeanidan Quyosh nuri ta‘sirida bug‘‘lanib 
    atmomferani namlik bilan to‘ldiradi. Mutaxassislarni xisoblari bo‘yicha Quyoshdan kelayotgan 
    issiklikni 55% suvni bug‘‘latishga sarf bo‘lar ekan. Atmosfera xavosidagi suv bug‘lari xaroratni 
    pasayishi xisobiga kondensatsiyalanib (suyuq xolatga o‘tib) Yerga (quruqlik va dunyo okeani 
    yuzasiga) yomgir va qor sifatida yog‘adi. Qor va yomg`ir suvlarini bir qismi tuproqqa shimiladi 
    va qolgan qismi yer usti oqimini shakllantiradi. Bu suvlar qiyaliklardan oqib tushib soylarni 
    paydo qiladi va keng tarqalgan soylar bo‘yicha ular daryolarga kelib quyiladi. Bu faqat daryo 
    oqimining bir qismi ya‘ni yer usti toshqin suvlaridir. Daryolar tuproq qatlamidan chuquroqdagi 
    qatlamlarga shimilib o‘tib shakllangan yer osti suvlari xisobiga xam ta‘minlanadilar. Yer osti 
    suvining eng faol xarakat qiluvchi qismi buloqlar ko‘rinishda yer yuzasiga sizib chiqadi yoki 
    daryolarga oqib tushadi. Ko‘p xollarda daryolar yer osti suvlari bilan doimiy ta‘minlanadilar. 
    Dengizlari ko‘llar xuddi okeanlar kabi faqatgina atmosfera yog‘inlari xisobigagina emas balki 
    oqib kelayotgan daryo suvlari xisobiga xam ta‘minlanadilar. Shunday qilib okeanlardan va 
    quruqlik ichkarisidagi xavzalardan doimiy bug‘lanadigan suvlar uzluksiz to‘ldirilib turilishi yuz 
    beradi. Tuproq qatlamidagi suvlar asosan bug‘lanib va o‘simliklar orqali transperatsiyaga 
    sarflanib atmosfera xavosini suv bug‘lari bilan boyitadi xamda bir kismi yer osti suvlarini 
    ta‘minlaydi. [366-367] 
    Tabiatdagi suvlarni aylanma harakati sxemasi ana shunday. Suvni aylanma xarakatini eng 
    muxim xossasi uni litosfera, atmosfera va biosfera bilan o‘zaro bog‘lanib gidrosferani barcha 
    qismilarini: okean, daryolar, tuproq namligi, yer osti suvlarini va atmosfera bug‘larini bir qilib 



    boglashidir. Aylanma xarakat tufayli gidrosferani uzuluvchanlik (diskretlik) karaktush uz 
    kuchini yuqotadi. Yerning barcha suvlari nafaqat paydo bo‘lishi jixatidan balki doimiy aylanma 
    xarakat ta‘sirida yagonadir. Aloxida ta‘kidlash zarurki suv resurslaridan turli xil xo‘jalik va 
    madaniy maksadlarda foydalanishlar ham suvlarni aylanma xarakat jarayonida amalga oshiriladi. 
    Tabiatdagi suvni aylanma xarakati ikkita mustaqil jarayonlar ta‘sirida bo‘ladi: ulardan birinchisi 
    - gidrosferani suvini to‘ldiruvchi manba - mantiya suvini degazatsiyasi. Bu jarayon juda sekin 
    yuz berib milliard yillardan beri davom etmoqda. Bu jarayonni intensivligi xaqidagi ma‘lumotlar 
    yetarli emas. Suvni aylanma xarakatini ikkinchi jarayoni birinchisiga nisbatan bir necha barobar 
    jadalroq bo‘lib uni sikli faellarni almashinish ya‘ni bir yil bilan chegaralanadi. Xozirgi zamon 
    tabiatdagi suvni jadal aylanma xarakati bilan deyarli xamma gidrologik jarayonlar bog‘liqdir, 
    shu jumladan suv resurslarini tabiiy yangilanib turishi va chuchuklanishi uchun o‘ta muxim 
    bo‘lgan jarayonlar ham. Suv - barcha tirik mavjudodlarni eng muxim elementi ekanligini aloxida 
    ta‘kidlash zarur. 
    Suv balansi - bu tabiatdagi suvlarni aylanma xarakatini va uni aloxida ismlarini miqdoriy 
    ifodasidir. Yerni suv balansini umuman va uni aloxida katta qismlarini ta‘riflash uchun 
    tenglamalar tizimi qo‘llaniladi.

    Download 0,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari

    Download 0,84 Mb.
    Pdf ko'rish