Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/34
Sana14.05.2024
Hajmi0,84 Mb.
#231100
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

akkumulyatsiyasi
dan, 
tabiiy 
botiqlarda qaytarma suvlarning yig‗ilishidan va hokazolardan iborat bo‗ladi. 
Bug‘lanish hisobiga bo‗ladigan sarflanishning barcha turlari doimiy jarayondir. 
Hisoblashlarning ko‗rsatishicha bug‘lanishning eng katta miqdori ekin maydonlariga to‗g‗ri 
keladi. Kuzatish ma‘lumotlariga ko‗ra bug‘lanishning bu turi umumiy yo‗qotilgan qiymatga 
nisbatan Sirdaryo havzasida 46­63 foiz oralig‗ida, Amudaryo havzasida esa 30­36 foiz 
atrofidadir. Har ikki havzada 60­yillar boshida bu miqdor yiliga 28,3 km
3
bo‗lgan bo‗lsa, 
70­yillar oxiriga kelib yiliga 47,2 km
3
ga yetdi. 
 
Sug‘orishning ilg‘or usullari 
yomg‗irlatib sug‗orish, jo‗yaklarga ma‘lum miqdorda suv 
berish kabilarni qo‗llash bilan bu yo‗nalishda ijobiy natijalarga erishish mumkin. 
Dalalarni 
ixotalash
ham ekin maydonlaridan bo‗ladigan 
samarasiz bug’‘lanish
ni kamaytiradi. 
Suv omborlari yuzasidan bo‗ladigan bug‘lanish miqdori ham o‗lkamiz sharoitida ancha 
katta qiymatlarda kuzatiladi. Bunga dalil sifatida A.M.Nikitin tomonidan aniqlangan va oldingi 
mavzularda qayd etilgan ma‘lumotlarni eslash kifoyadir. 
Ma‘lum miqdordagi suv resurslari sug‗orish kanallari yuzasidan bug‘lanishga sarflanadi. 
V.A.Duxovniy va S.L.Mirkinlarning hisoblashlaricha, o‗lkamizda kanallar yuzasidan bo‗ladigan 
bug‘lanish irrigatsiya maqsadlarida olinadigan umumiy suv miqdoriga nisbatan 1 foizdan ort-
maydi. Lekin, yirik kanallarda uning qiymati sezilarli darajada ortadi. Masalan, P.M.Lurening 
kuzatishicha Qoraqum kanalida bug‘‗lanishning bu turi umumiy olinadigan suvga nisbatan 2,9 
foizni tashkil etadi. 
Suv resurslarining juda katta qismi daryolar va kollektor­zovurlar suvlarining tabiiy 
botiqlarga oqizilishi tufayli yo‗qotilmoqda. Masalan, Arnasoy ko‗llar tizimi 1969 yilda Sirdaryo 
toshqin suvining bir qismini (20 km
3
ga yaqin) shu joydagi tabiiy botiqlikka oqizilishi natijasida 
paydo bo‗ldi. Hozirgi kunda Arnasoydagi suv hajmi 20 km
3
dan ortiq bo‗lib, har yili unga 2 km
3
hajmdagi 
kollektor­zovurlar 
suvlari 
hamda 
shu 
miqdorga 
yaqin 
Sirdaryo 
suvi 
kelib 
qo‗shilmoqda. 
O‗tgan asrning 60­yillarida quyi Amudaryo zonasida yangi yerlarni o‗zlashtirish 
natijasida Sariqamish ko‗li, Amu­Buxoro kanali zonasidagi yerlarni o‗zlashtirish natijasida 
Dengizko‗l, Porsonko‗l, Qoraqir ko‗llari, 70­yillarning o‗rtalariga kelib Qarshi cho‗llarini 
o‗zlashtirish natijasida esa Sultontog‗ ko‗li paydo bo‗ldi. Umuman 15 yil ichida (1965­1980 
yillar) Amudaryo havzasida tabiiy botiqliklarga yig‗ilayotgan suv miqdori yiliga 2 km
3
dan 6 
km
3
ga yetdi. F.E.Rubinova ma‘lumotlariga ko‗ra 70­yillarning oxiriga kelib bu miqdor umumiy 


10 
yo‗qotilgan suvga nisbatan Sirdaryo havzasida 6,0 foizni, Amudaryo havzasida esa 10,8 foizni 
tashkil etdi. 
Yangi o‗zlashtirilgan yerlarni sug‗orishda suvning bir qismi tuproq g‗ovaklarida 
to‗planish­akkumulyatsiya ko‗rinishida yo‗qotiladi. Yirik sug‗orish massivlarida bu miqdor 
ancha katta bo‗ladi. Masalan, Mirzacho‗lni o‗zlashtirish davomida tuproqdagi g‗ovaklarni 
to‗ldirishga 7,6 km
3
suv yoki boshqacha qilib aytganda shu massivga umumiy olingan suvning 
15 foizi sarf bo‗lgan. Yetarli darajada va unumli ishlaydigan kollektor­zovur tarmoqlariga ega 
bo‗lganimizdagina yuqoridagi sarfni kamaytirish mumkin. 
Suv resurslarining bir qismi suv omborlarini to‗ldirishga ham sarf bo‗ladi. Shuni 
ta‘kidlab o‗tish lozimki, suv omborlarining foydali (boshqarib turiladigan) hajmini to‗ldirishga 
bo‗ladigan sarf vaqtinchali bo‗lsa (ya‘ni istalgan vaqtda undan foydalanish imkoni bor), foydasiz 
(o‗lik) hajmini to‗ldirishga ketgan suvdan foydalanishda esa bunday imkoniyat mavjud emas. 
Masalan, 60­yillarning ikkinchi yarmida Sirdaryo havzasida suv omborlarini to‗ldirish uchun 
yiliga qo‗shimcha 1 km
3
suv sarflangan bo‗lsa, 70­yillarning oxirida uning qiymati 2,45 km
3
ga 
yetdi yoki umumiy yo‗qotilgan suvga nisbatan 3,5 foizdan 7,4 foizga ortdi. [432] 
Bunday sarflanish birinchi holda Chordara suv ombori hisobiga bo‗lsa, ikkinchisida esa 
Andijon, To‗xtag‗ul suv omborlari tufayli bo‗ldi. Norak, To‗dako‗l, Tolimarjon va boshqa suv 
omborlarini to‗ldirish uchun Amudaryo havzasida sarflangan suv miqdori yiliga 1,5 km
3
ni yoki 
umumiy yo‗qotilgan suvga nisbatan 2,9 foizni tashkil etdi. Keyingi yillarda yirik suv omborlari 
qurilishi natijasida, sarflanishning bu turi yana ham ortib ketdi.
Suv resurslarining yuqorida keltirilgan sarflanish turlaridan tashqari hisobga olish imkoni 
bo‗lmagan ko‗rinishlari ham mavjud. Ular hisobga olinmagan ekin maydonlaridan bo‗ladigan 
bug‘‗lanish, kanallar atrofida yer osti suvlari linzasining hosil bo‗lishi, kanallar trassasi bo‗ylab 
o‗zanning buzilishi va filtratsiya (shimilish) natijasida ko‗llar vujudga kelishi kabilardan iborat. 
Ye.N.Minaevaning aniqlashicha, faqat Qoraqum kanalining o‗zidagina, uni 20 yil ekspluatatsiya 
qilish davomida, 21,7 km
3
hajmdagi suv yer osti suvlari linzasi hosil bo‗lishiga sarf bo‗lgan. Xuddi 
shu ko‗rinishdagi sarflanish Amu­Buxoro kanali zonasida 2,4 km
3
ni, Sirdaryo havzasida esa 8 km
3
ni tashkil etdi. Umuman, hisobga olinmagan antropogen omillar ta‘siridagi yo‗qotish DGI 
ma‘lumotiga ko‗ra 70­yillarda Sirdaryo va Amudaryo havzasida, mos ravishda, yiliga 4,3 km
3
va 
15,5 km
3
ga teng bo‗lgan. Ko‗rinib turibdiki, suv resurslarining samarasiz sarflanishi ham juda 
kattadir. 
F.E.Rubinova ma‘lumotlariga asoslanib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: 20 yil 
(1960­1980 yillar) davomida irrigatsiya maqsadlarida sarflangan umumiy suv miqdori Sirdaryo 
havzasida yiliga 14,2 km
3
dan 26,1 km
3
yetgan bo‗lsa, Amudaryo havzasida 15,6 km
3
dan 34,2 km
3
ga ortdi, boshqacha qilib aytganda har 1000 gektar yer hisobiga Sirdaryo havzasida 19,4 mln.m
3
ni, 


11 
Amudaryo havzasida esa 20,5 mln.m
3
ni tashkil etdi. Hozirgi kunda ham asosiy ekin turi hisoblangan 
har gektar paxta maydonini sug‗orish uchun bir mavsumda o‗rtacha 8­10 ming m
3
suv me‘yor 
sifatida qabul qilinishini hisobga olsak, yuqoridagi raqamlar undan ikki marta katta ekanligini 
ko‗ramiz. Bu esa o‗lkamiz suv boyliklaridan samarali foydalanishning asosiy rezervidir. 

Download 0,84 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari

Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish