12
II BOB. O„RTA OSIYODA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHDAGI
EKOLOGIK MUAMMOLARI: ULARNI HAL ETISHDA XALQARO HUQUQ
MEXANIZMLARINI QO„LLASH
2.1. O„zbekiston Respublikasini suv resurslari, va ularni xududiy taksimlanishi hamda
halq xo„jaligidagi ahamiyati
O‗zbekiston Respublikasi suv resurslarining asosiy yer ustki oqar manbalari Amudaryo
va Sirdaryo daryolarining havzalari bo‗lib, ularning jami ko‗p yillik oqimi 115,6 km3 ni tashkil
qiladi, ulardan Amudaryo havzasida 78,5 km
3
, Sirdaryo havzasida esa - 37,1 km
3
oqim vujudga
keladi.
O‗zbekistonning suv resurslari Orol dengizi havzasi ega bo‗lgan umumiy suv
resurslarining faqat bir qisminigina tashkil qiladi, xolos. Bu havzaga Markaziy Osiyoning
eng yirik daryolari: Orol dengiziga quyiladigan yer usti oqimining asosiy manbai bo‗lgan
Amudaryo va Sirdaryo, gidrografik jihatdan shu havzaga moyil bo‗lgan va Orol pasttekisligi
hududida joylashgan boshqa daryolar ham kiradi. Bevosita O‗zbekiston hududida vujudga
keladigan suv resurslarining ulushi Amudaryo havzasi bo‗yicha 6 foizni, Sirdaryo havzasi
bo‗yicha 16 foizni, respublika bo‗yicha jami oqimning taxminan 8 foizini tashkil qiladi. O‗rta
Osiyoning yuza suvlari resurslari o‗lkaning iqlim va orografik xususiyatlariga bog‗liq holda
g‗oyat notekis taqsimlangan. Uning deyarli uchdan ikki qismini egallab yotgan bepoyon
tekisliklarida oqar suvlar juda kam uchraydi. Tog‗lardan bu yerlarga oqib tushadigan ko‗pchilik
daryolarga, to ularning quyilish joylariga qadar, bironta ham irmoq kelib qo‗shilmaydi.
O‗lkamiz tog‗larida sertarmoq daryolar, kattakichik soy va jilg‗alar juda ko‗p. Tog‗larni
o‗rab olgan tog‗oldi tekisliklarida ancha zich bo‗lgan sun‘iy gidrografik tarmoqlar mavjud. Ular
daryolar, soylar va buloqlardan suv olib, tevarakatrofdagi yerlarga tarqalib ketuvchi irrigatsiya
kanallaridan, ariqlardan va shuningdek, zovur hamda kollektorlardan iborat.
Tekisliklarda va ayniqsa, tog‗oldi tekisliklarida bug‘‗lanish jarayoni juda kuchli bo‗ladi.
Chunki tog‗larda hosil bo‗lgan suvlar bu yerda sertarmoq irrigatsiya kanallari va ariqlari orqali
keng dala maydonlariga yoyilib, ularning katta qismi bevosita suv yuzasidan, tuproq yuzasidan
va o‗simliklar orqali atmosferaga bug‘‗lanadi.
O‗rta Osiyo hududidan oqib o‗tuvchi daryolar suvlarining yillik zahirasi 129,7 km
3
ga
teng bo‗lib, ularning daryolar havzalari bo‗yicha taqsimlangan.
Orol havzasi va umuman O‗rta Osiyoning eng yirik daryolari Amudaryo va Sirdaryodir.
Mazkur daryolar va ularning Norin, Qoradaryo, So‗x, Chirchiq, Zarafshon, Surxondaryo,
Sheroboddaryo kabi yirik irmoqlari Respublikamiz hududida o‗zlarining o‗rta va quyi oqimlari
chegarasida oqadilar. Quyida o‗lkamizda mavjud bo‗lgan yuza suv resurslarining ana shu
13
daryolar havzalari bo‗yicha qisqacha so‗z yuritiladi.
O‗zbekistondagi yirik daryolarning suv
zahiralari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ham 2jadvalda keltirilgan.
Bu jadval ma‘lumotlaridan foydalanib va ularni tahlil qilib, Orol havzasining eng yirik
daryolariAmudaryo, Sirdaryo hamda ularga quyuluvchi ayrim irmoqlar oqimining daryolar
uzunligi bo‗yicha o‗zgarishini ham aniqlash mumkin.
|