• 6. Suvlarning turli klassifikatsiyalari
  • Suvning muhit ko'rsatkichi va tеmpеraturasi




    Download 461,48 Kb.
    bet18/66
    Sana04.12.2023
    Hajmi461,48 Kb.
    #111123
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
    Bog'liq
    Suvning tarkibi va tuzilishi Suvning fizik-kimyoviy ko’rsatkichl-fayllar.org

    Suvning muhit ko'rsatkichi va tеmpеraturasi.
    Maishiy va ichimlik suvlarning pH=6,5-9,5 ga tеng bo'lishi kеrak. Tabiiy suv manbalarining pH-i shu chеgarada saqlanib turadi.
    Tabiiy suvlarning tеmpеraturasi 0o-dan 25oC-gacha bo'lishi mumkin. Suvning tеmpеraturasi namuna olinayotgan vaqtda tеrmomеtr yordamida o'lchanadi.
    Ichimlik suvning tеmpеraturasi 7-15oC atrofida bo'lishi kеrak.
    6. Suvlarning turli klassifikatsiyalari. Hozirgi vaqtda bir necha o'nlab klassifikasiyalar ishlab chiqilgan, ular turli prinsiplarga asoslangan va turli amaliy qo'llashlarga ega. Bularning barchasini qamrab oladigan universal klassifikasiya hozircha yo'q. Eng ko'p ishlatiladigan ommabop va tez-tez qo'llaniladigan klassifikasiyalarga I.Palmer, S.A.Shukarev, N.I.Tolstixina, V.A.Sulina, O.A.Alekinlarning klaasifikasiyalari kiradi. Mineral suvlar uchun avvallari V.A.Aleksandrovning klassifikasiyasi qo'llanilgan bo'lsa, endilikda V.V.Ivanov va G.A.Nevraevning klassifikasiyalari qo'llanilmoqda. Yuza suvlar uchun esa O.A.Alyokinning klassifikasiyasini ko'rib chiqamiz.
    Alyokinning klassifikasiyasi 1946 yil chop etilgan (1-rasm). Uning asosida ikkita prinsip turadi: ustun ionlar va ionlar orasidagi o'zaro munosabat. O.A.Alyokin ustun ionlar deb moddaning ekvivalent miqdorida foizlarda hisoblaganda eng katta nisbiy tarkibli ionlarni hisoblaydi.
    Ustun anionlar bo'yicha barcha tabiiy suvlar uch sinfga bo'linadi:
    1) gidrokarbonatli suvlar sinfi;
    2) sulfatli suvlar sinfi;
    3) xloridli suvlar sinfi.
    O.A.Alyokinning ko'rsatishi bo'yicha, belgilangan uchta sinf birdaniga suvning suv kimyosiviy xarakterlarini beradi. Gidrokarbonatli sinfga kam mineralli suvlari va ba'zi yer osti suvlari kiradi. Xloridli suvlar sinfiga okean, dengiz, sho'r qum, yopiq strukturadagi yer osti suvlarining yuqori minerallarni suvlar va b.q.lar kiradi. Tarqalishi va mineralizasiyasi bo'yicha sulfatli sinfidagi suvlar bo'lib gidrokarbonatli va xloridli suvlar o'rtasidagi suvlar kiradi. Genetik jihatdan ular turli chukma jinslar bilan bog'liq.

    Download 461,48 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




    Download 461,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Suvning muhit ko'rsatkichi va tеmpеraturasi

    Download 461,48 Kb.