Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 4 -
Mexanik aralashtirish «suyuqlik - suyuqlik», «gaz - suyuqlik» va «gaz-
suyuqlik - qattiq jism» sistemali gidromexanik, issiqlik va massa,
hamda
biokimyoviy jarayonlarni intensivlash turli xil aralashtirish moslama (aralashtirgich)
lar yordamida amalga oshiriladi. Aralashtirgich, aylanuvchi o’qga o’rnatilgan, turli
xil parraklardan tarkib topgan moslama.
Kimyo va oziq - ovqat sanoatlarida qo’llaniladigan hamma aralashtirish
moslamalarini 2 guruhga ajratsa bo’ladi: birinchi guruhga parrakli, turbinali va
propellerli; ikkinchi
guruhga - maxsus - vintli, shnekli, lentali, romli, yakorli,
pichoqli va boshqa moslamalar kiradi. Birinchi guruh suyuqliklar uchun bo’lsa,
ikkinchichi esa - plastik va sochiluvchan materiallarni aralashtirish uchun xizmat
qiladi.
Ishchi organining aylanish chastotasiga qarab aralashtirish moslamalari sekin va tez
yurar guruhlarga bo’linadi.
Parrakli, lentali, yakorli va shnekli aralashtirgichlar sekin yurar moslamalar
qatoriga kiradi (4a,b-rasm). Ularning aylanma chastotasi 30...90 min
-1
, qovushoq
muhitlarda parrak uchidagi aylanma tezligi - 2...3 m/s.
Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 5 -
Parrakli aralashtirgichlar afzalliklari: moslama sodda va narxi qimmat emas.
Kamchiliklari - aylanish o’qi bo’ylab suyuqlik oqimi kichik bo’ladi, natijada
aralashtirgich hajmida suyuqlik to’liq aralashmaydi. O’q bo’ylab suyuqlik oqimi
harakatini jadallashtirish uchun parraklar og’ish burchagi 30
o
ga teng bo’lishi kerak.
Yakorli aralashtirgichlar qurilma tubining shakliga mos bo’ladi.
Bu turdagi
moslamalar qovushoq va o’ta qovushoq suyuqliklarni aralashtirish uchun ishlatiladi.
Yakorli moslamalar ishlash davrida qurilma devori va tubini yopishib qolgan
iflosliklardan tozalash qobiliyatiga ega.
Shnekli aralashtirgichlar vintsimon shaklli bo’lib, qovushoq suyuqliklarni
qorishtirish uchun mo’ljallangan.
Propeller va turbinali aralashtirgichlar tez yurar moslamalar qatoriga kiradi.
Ularning aylanish chastotasi 100...3000 min
-1
, aylanma tezligi 3...20 m/s.
Propellerli aralashtirgichlar 2 yoki 3 parrakli qilib yasaladi (4v-rasm). Ushbu
moslamalarga nasos effekti xos bo’ladi va suyuqlikning intensiv tsirkulyatsiyasini
hosil qilish uchun ishlatiladi. Qovushoqligi 2 Pa
.
s bo’lgan suyuqliklarni aralashtirish
uchun qo’llash mumkin.
Turbinali aralashtirgichlar turbina g’ildiraklari shaklida bo’lib, parraklari
yassi, qiya va egri chiziqli bo’lishi mumkin (4g,d,e-rasm). Ular ochiq va yopiq turli
bo’ladi. Turbina g’ildiragining ishlash printsipi markazdan qochma kuchlar ta’siriga
asoslangan. Yopiq aralashtirgich ikkita diskdan iborat bo’lib, suyuqlik o’tishi uchun
teshigi bor.
Ham radial, ham turbina o’qi bo’ylab oqimlar hosil qilish uchun qiya
parrakli, turbinali aralashtirgichlardan foydalaniladi. Turbinali moslamalar
qurilmaning butun hajmida suyuqlikni intensiv aralashtiradi. Suyuqlikning aylana
bo’ylab harakatini kamaytirish va qurilmada o’rama hosil bo’lishini bartaraf qilish
uchun tsilindrsimon qaytaruvchi to’siqlar o’rnatiladi.
Turbinali aralashtirgichlar qovushoqligi 500 Pa
.
s gacha bo’lgan suyuqliklarni
va dag’al suspenziyalarni aralashtirish uchun qo’llaniladi.
Qopqoqli qobiq, uzatma va aralashtirgichlardan tashkil topgan tipik qorishtirgich 5-
rasmda ko’rsatilgan.
Ishchi g’ildirak 200...2000 ayl/min chastota bilan aylanma harakatlanadi.
Turbina g’ildiragi markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlikka
tegishli energiya
beradi. Suyuqlik aralashtirgich markaziy teshigidan kirib, u yerda markazdan
qochma kuch ta’sirida tezlanish olgan holda radial yo’nalishida chiqib ketadi.
Turbinada suyuqlik vertikal yo’nalishdan gorizontalga o’tadi va undan katta tezlikda
chiqib ketadi. Bu turdagi qurilmaning samaradorligi yuqori.
Turbinali aralashtirgich diametri qurilma qobig’i diametrining 0,15...0,35 ulushini
tashkil etadi. Bu qurilmalar qovushoqligi 1...700 Pa
.
s ga teng suyuqliklarni
aralashtirish uchun mo’ljallangan.
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida turli jinsli sistemalarni
tashkil etuvchi
fazalarga ajratishga to’g’ri keladi. Masalan, vino ishlab chiqarishda uni tindirish,
ya’ni muallaq holatdagi zarrachalarni, suyuq fazadan ajratish. Ajratish usullarini
tanlashda dispers faza o’lchamiga, fazalar zichliklari
farqiga va dispersion faza
Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 6 -
qovushoqligiga ahamiyat berish zarur. Turli jinsli sistemalarni ajratish uchun
quyidagi usullar qo’llaniladi: a) cho’ktirish; b) fil’trlash; v) tsentrifugalash; g)
suyuqlik yordamida ajratish.
Og’irlik kuchi, inertsiya (jumladan, markazdan qochma) yoki elektrostatik
kuchlar yordamida turli jinsli sistemalar tarkibidagi
qattiq yoki suyuqlik
zarrachalarini ajratish jarayoni
cho’ktirish deb nomlanadi. Agar, jarayon faqat
og’irlik kuchi ta’sirida olib borilsa
tindirish deb yuritiladi.
Tindirish odatda turli
jinsli sistemalarni dastlabki ajratish uchun ishlatiladi.