|
Suyuqlik muhitlarida aralashtirish, suyuqlikniBog'liq Lecture 6Fil’tr
-
press
(FPAKM).
Bunday
fil’trda
cho’kmani to’kish
mexanizatsiyalashgan. Ushbu qurilma kamerali, avtomatlashtirilgan fil’tr bo’lib,
temperaturasi 80°S, kontsentratsiyasi 10...500 kg/m
3
li mayin dispers suspenziyalarni
ajratish uchun qo’llaniladi. Bu turdagi fil’tr davriy ishlaydigan bo’ladi.
Ko’pincha bu fil’tr - presslarda bir - biriga zich joylashgan bir qator to’rtburchak
shakldagi fil’trlardan iborat (13-rasm).
To’rtburchak fil’trlarning bunday joylashuvi solishtirma fil’trlash yuzasining
ko’payishiga olib keladi.
Agar fil’tr A holatda bo’lsa, kollektor 8 dan kameraga ajratish uchun
suspenziya, yuvish uchun suyuqlik va cho’kmani qisman quritish uchun siqilgan
havolar ketma - ket keladi. So’ng fil’trat, yuvish suyuqligi va havo kanallar 12 orqali
kollektor 10 ga chiqariladi.
Fil’trning B holatida kanallar 9 orqali bo’shliq 11 ga bosim ostida suv uzatiladi.
Natijada egiluvchan elastik diafragma G yordamida cho’kma siqiladi.
Undan keyin, V holatda plitalar suriladi va hosil bo’lgan tirqishlardan cho’kma
to’kiladi.
Barabanli vakuum - fil’tr. Bu turdagi fil’trlar kontsentratsiyasi 50 ... 500
kg/m
3
bo’lgan suspenziyalarni uzluksiz ravishda ajratish uchun ishlatiladi (14-rasm).
Qattiq zarrachalar kristall, tolali amorf va kolloid tuzilishga ega bo’lishi mumkin.
Fil’tr ish unumdorligi qattiq zarrachalar tuzilishiga bog’liq va yuqorida keltirilgan
ketma - ketlikda pasayib boradi.
Fil’trning asosiy qismi gorizontal baraban bo’lib, u elektr yuritkich
14-rasm. Barabanli vakuum – filьtr.
1-teshikli baraban; 2-filьtr to’qima; 3–cho’kmani
kesib turuvchi pichoq; 4-sektsiya; 5–tog’ora; 6-
aralashtirgich; 7-truba; 8–suyuqlik purkagich; 9-
bosh taqsimlagich.
|
| |