-rasm. Gorizontal kamerali




Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana18.01.2024
Hajmi1,05 Mb.
#140318
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Lecture 6

13-rasm. Gorizontal kamerali
filьtr - press (FPKAM). 
1-pastki plita; 2-tepa plita; 3-suspenziya va 
cho’kma uchun bo’shliq; 4-teshikli disk; 5-
filьtrat uchun bo’shliq; 6-egiluvchan diafragma; 
7, 9, 12-kanallar; 8-suspenziya uchun kollektor; 
10-filьtratni chiqarish kollektori; 11–suv
uchun 
bo’shliq; 13–filьtr to’qima. 


Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari 
- 15 - 
yordamida asta - sekin aylantiriladi. Odatda uning 0,3...0,4 qismi suspenziyali 
tog’oraga tushib turadi. Tog’ora ichida silkinib turuvchi aralashtirgich suspenziya 
tarkibini bir xil bo’lishini ta’minlaydi, ya’ni uning tarkibidagi zarrachalarni 
cho’kmaga tushishiga to’sqinlik qiladi. Baraban ikkita tsilindrdan tuzilgan bo’ladi.
Tashqi tsilindr elaksimon bo’lib, uning ustiga sim to’r tortilgan. 
Sim to’rning usti esa, fil’tr to’qima bilan qoplangan. Barabanning fil’trlovchi 
to’siqlaridan fil’trat vakuum ostida so’rib olinadi. Fil’trning ustida suspenziyadagi 
qattiq zarrachalar cho’kma qatlamini hosil qiladi. Bu cho’kma pichoq yordamida 
barabanning ustki qismidan uzluksiz ravishda kesib olinadi. Barabanning ichki qismi 
to’siqlar yordamida alohida sektorlarga bo’lingan. Kanallar esa fil’trlash 
jarayonining hamma tsikllarini bevosita fil’tr ishlashini boshqaruvchi bosh 
taqsimlagich bilan biriktirilgan. Bosh taqsimlagichda ikkita disk bo’lib, biri aylanma 
harakat qilsa, ikkinchisi - qo’zg’almasdir. Qo’zg’almas diskdagi teshiklar trubalar 
orqali vakuum – nasos, hamda fil’tratni ajratib oluvchi va yuvuvchi suyuqlik bilan 
cho’kmani ajratish va fil’tr to’qimani tozalash uchun siqilgan havo beruvchi 
kompressor bilan ulangan bo’ladi. 
Aylanuvchi diskning har bir teshigi birin-ketin qo’zg’almas diskning teshiklari 
bilan ulanadi. Shuning uchun baraban bir marta aylanganida, fil’trlash jarayonining
hamma bosqichlari bajariladi. Birinchi bosqichda baraban sektsiyalari vakuum – 
nasos bilan ulanadi va fil’trat idishga tushadi. Keyingi bosqichda baraban 
sektsiyalari yuvuvchi suyuqlik bilan ulanadi va cho’kma yuviladi. Oxirgi bosqichda 
baraban sektsiyalari siqilgan havo trubalari bilan ulanib, cho’kma quritiladi va 
fil’trlash yuzasi tozalanadi.
Bu turdagi fil’trlarning ishchi yuzasi 5...150 m
3
bo’ladi. Kamchiliklari: fil’trlash 
yuzasi katta bo’lgani uchun ko’p joy egallaydi; fil’trning narxi qimmat bo’ladi. 

Download 1,05 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish