Suyuqlik muhitlarida aralashtirish, suyuqlikni




Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana18.01.2024
Hajmi1,05 Mb.
#140318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Lecture 6

Fil’trlash - turli jinsli sistemalarni g’ovaksimon to’siq - fil’tr yordamida 
ajratish jarayonidir. Bunda, g’ovaksimon to’siq suyuqlik yoki gazni o’tkazib 
yuboradi, ammo muhitdagi qattiq zarrachalarni ushlab qoladi. Suspenziya, emul’siya 
va changlarni ajratish uchun cho’ktirish jarayoniga qaraganda fil’trlash ancha 
samarali. 
Turli jinsli sistemalarni g’ovak fil’tr to’siqlar yordamida fazalarga ajratish 
jarayoniga fil’trlash deyiladi. Fil’tr to’siqlar aralashmaning qattiq (dispers) fazasini 
ushlab qoladi, suyuq (dispersion) fazasini o’tkazib yuborish qobiliyatiga ega. Fil’tr 
to’siqlar yoki bundan buyon fil’trlar sifatida g’ovakli materiallar qo’llaniladi 
(masalan, to’r pardalar, karton, gazlamalar, sochiluvchan materiallar, shag’al, qum, 
g’ovak polimer materiallar, keramika, metallokeramika va boshqalar). 
Fil’trlash jarayoni bosimlar farqi yoki markazdan qochma kuchlar maydoni 
ta’sirida amalga oshiriladi. 
Fil’trlash intensivligi suspenziya sifati, ya’ni dispers faza cho’kmasi 
qarshiligining miqdoriga, karton, shilimshiq va kolloid moddalar bor-yo’qligiga 
bog’liqdir. 
Turli jinsli sistemalarni ajratish paytida fil’tr konstruktsiyasi yoki fil’trlovchi 
tsentrifuga, fil’tr to’siq va fil’trlash rejimlarini tanlash zarurati tug’iladi. 
Kimyo, oziq - ovqat va boshqa sanoatlarda cho’kma hosil qilish yo’li bilan
fil’trlash keng tarqalgan.Masalan, shakarpazlikda fil’trlash qiyomlarni tozalash, 
cho’kmani saturatsion sharbatdan ajratish uchun qo’llaniladi. Pivo pishirishda esa, 
ushbu jarayon suslodan qattiq fazani ajratish va tayyor mahsulotni tindirish uchun 
ishlatiladi. Undan tashqari, vinopazlik, liker – aroq va sharbatlar ishlab chiqarish 


Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari 
- 7 - 
sanoatlarida fil’trlash jarayonidan keng miqyosda foydalaniladi. 
Kimyo, non pishirish, tegirmon va spirt sanoatlarida gazlarni tozalash uchun 
fil’trlash jarayoni ishlatiladi. 
Fil’trlash jarayonida siqiluvchi va siqilmaydigan cho’kmalar hosil bo’ladi. 
Siqiluvchi cho’kma zarrachalari bosim ortishi bilan qatlam deformatsiyaga uchraydi 
va uning o’lchami kamayadi. Siqilmaydigan cho’kmada bosim ko’payishi bilan 
qatlam shakli va o’lchami uzgarmaydi. 
Amalda fil’trlashdan keyin quyidagi qo’shimcha jarayonlar qo’llaniladi: 
a) cho’kmani yuvish; 
b) cho’kmani havo yoki inert gazlar oqimi bilan tozalash; 
v) cho’kmani quritish; 
Fil’trlash jarayonining unumdorligi va olingan fil’tratning tozaligi fil’tr 
to’siqlar xususiyatlariga bog’liq. Fil’tr to’siqlar g’ovak, teshiklari katta va gidravlik 
qarshiligi kichik bo’lishi kerak. Fil’tr to’siqlar tuzilishiga qarab egiluvchan va 
egilmas bo’ladi.Fil’tr to’siqlar tepa va ostki qismidagi bosimlarning farqi fil’trlash 
jarayonining harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblanadi.Harakatlantiruvchi kuchlar 
turiga qarab fil’trlash jarayoni ikki guruhga bo’linadi: a) bosimlar farqi ta’sirida 
ajratish (fil’trlash); b) markazdan qochma kuch ta’sirida ajratish (tsentrifugalash). 
Turli jinsli sistemalarni ajratish paytida fil’tr to’siq turi va suspenziya 
xossalariga qarab, fil’tr to’siq yuzasida cho’kma hosil qilish, fil’tr kovaklarini
to’ldirish va ham birinchi, ham ikkinchi hodisalar birgalikda kelgan (oraliq) 
holatlarda fil’trlash jarayoni sodir bo’lishi mumkin. 

Download 1,05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Suyuqlik muhitlarida aralashtirish, suyuqlikni

Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish