Uzluksiz ishlaydigan, markazdan qochma kuch ta’sirida cho’kmani
to’kadigan tsentrifuga konussimon teshikli baraban
va uning ichida aylanuvchi
shneklardan tarkib topgan. Shnekning aylanish tezligi barabannikidan ozgina kam
bo’ladi. Shnek aylanishi davrida uning o’ramlari barabanda o’tirib qolgan cho’kmani
pastga olib tushadi. Cho’kmani to’kish markazdan qochma kuch ta’sirida
amalga
oshiriladi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, markazdan qochma kuch ta’sirida
to’kish paytida cho’kma maydalanmaydi va uning tuzilishi buzilmaydi.
17-rasm. CHo’kmani gravitatsion kuch
ta’sirida t´kadigan tsentrifuga. 1
- o’q; 2 - baraban; 3 –taqsimlovchi disk; 4 - tayanch vtulka.
16-rasm. Davriy ishlaydigan
filьtrlovchi tsentrifuga.
1 - stanina; 2 - teshikli baraban; 3 - qopqoq; 4 -
qobiq; 5 - gupchak; 6
- podshipnik; 7 - elektr
yuritkich; 8 – kamar uzatmali shkiv; 9 - drenaj turi;
10 - filьtr
to’qima
.
Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 18 -
Nazorat uchun savollar.
1.Sanoatda aralashtirish usullari.
2.Mexanik aralashtirishnibg ishlash prinsiplari.
3. Parrakli, propellerli aralashtirgichlar.
4. Turbinali, shnekli aralashtirgichlar.
5. Diffuzorli aralashtirgich.
6.Tsirkulyatsion aralashtirish.
7. Aralashtirish usullari.
8. Parrakli,
propellerli, turbinali, shnekli, diffuzorli aralashtirgichlar.
9. Turli jinsli tizimlarning turlari va ularni ajratish usullari.
10. Gravitatsion cho’ktirish.