Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari
- 16 -
Fil’trat fil’trlovchi diskdan o’tib, g’ovak o’qdagi teshiklar orqali ichi bo’sh
o’qga tushadi va fil’trdan suspenzatorga chiqariladi. Xuddi shu yo’sinda suspenziya
fil’trlanadi. Jarayon tugagandan so’ng, cho’kma yuviladi va havo yordamida qisman
quritiladi.
Lentali fil’tr. Bu fil’tr rom, uzatuvchi 1 va taranglovchi 6 barabanlardan,
hamda ikki baraban orasiga tortilgan teshikli, cheksiz uzunlikdagi rezina lenta 4 dan
tarkib topgan (15-rasm).
Teshikli rezina lenta ostida vakuum - kamera 3 bo’lib,
u pastki qismi bilan
fil’trat 8 va yuvuvchi suyuqlik chiqarish kollektorlari 9 bilan ulangan. Hosil
qilinayotgan vakuum hisobiga lenta vakuum – kameraning
tepa qismiga yopishib
turadi.
Fil’tr to’qima esa, taranglovchi g’ildirakchalar 7 yordamida cheksiz rezina
lentaga siqib qo’yiladi.
Fil’tr to’qimaga nov 5 dan suspenziya uzatiladi. Fil’trat
vakuum ostida
kameralarga va kollektor orqali yig’gichga yuboriladi. Hosil bo’lgan cho’kmaga
purkagich 2 dan yuvuvchi suv beriladi va kameralarga so’rib olinib, so’ng kollektor
9 orqali yig’gich 10 ga chiqariladi.
Uzatuvchi barabanda fil’tr to’qima rezina lentadan ajraydi va yo’naltiruvchi
g’ildirakchani aylanib o’tadi. Shunda, cho’kma fil’tr to’qimadan sirpanib tushadi va
cho’kma yig’gichga to’kiladi. Fil’tr to’qima ikkita g’ildirakcha 7 lar orasidan
o’tguncha
yuviladi, quritiladi va tozalanadi.