Tsirkulyatsiyali aralashtirish




Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana18.01.2024
Hajmi1,05 Mb.
#140318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Lecture 6

Tsirkulyatsiyali aralashtirish, nasos yordamida amalga oshiriladi. Bunda, 
«aralashtirgich – nasos – aralashtirgich» yopiq sistemasida suyuqlik uzluksiz aylanib 
yuradi. 
Aralashtirish jarayonining intensivligi, tsirkulyatsiya karraligiga, ya’ni vaqt 
birligida nasos ish unumdorligining, qurilma ichidagi suyuqlik hajmi nisbatiga 
bog’liq. Ayrim hollarda nasoslar o’rniga bug’ injektorlari qo’llanishi ham mumkin. 
Undan tashqari, turli sohalarda yo’naltiruvchi truba (diffuzor)li vintsimon 
aralashtirgichlar ham ishlatiladi (2-rasm). 


Kimyoviy texnologiyaning jarayonlari va qurilmalari 
- 3 - 
Bu turdagi qurilmalarda yopiq tsirkulyatsion kontur hosil qilinadi. Nasos 
vazifasini odatda uch parrakli vintsimon aralashtirgich bajaradi. SHuning uchun, 
bunday aralashtirgichlar hisobi o’qli nasoslar hisobiga o’xshashdir. 
Statik aralashtirish. Qovushoqligi o’rtacha suyuqlik, hamda gaz suyuqlik 
bilan 
aralashtirish 
birorta 
fazaning 
kinetik 
energiyasi 
hisobiga 
statik 
aralashtirgichlarda olib boriladi (3-rasm). 
Odatda, statik aralashtirgichlar reaktorgacha bo’lgan truba quvuriga yoki 
bevosita reaktorning o’ziga o’rnatiladi. 
3a-rasmda gaz va suyuqliklarni aralashtirish uchun mo’ljallangan 
nosimmetrik, legirlangan po’lat plastinalarni burash yo’li bilan olingan yasama 
elementli aralashtirgich tasvirlangan. 
Har bir elementning geometrik xarakteristikalari burash burgachi va 
yo’nalishi, hamda element diametrining uzunligiga nisbati bilan ifodalanadi. 
O’rnatilishi zarur bo’lgan elementlar soni suyuqlik qovushoqligiga, hamda 
aralashtirilayotgan suyuqliklar qovushoqligi nisbatiga bog’liqdir. Agar, suyuqlik va 
fazalar o’rtasidagi qovushoqliklar farqi qancha katta bo’lsa, shunchalik ko’p 
elementlar o’rnatilishi zarur. 
3b-rasmda yog’ - fosfatidli emul’siyasini ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan 
uyurmali emul’sor ko’rsatilgan. Bosim 0,3...0,36 MPa bo’lganda, uyurmali emul’sor 
yuqori samarali emul’gatsiya qilishni ta’minlaydi. Bu turdagi qurilmalar sodda, 
tayyorlanishi oson va foydalanishda qulay. Ishlash printsipi - markazdan qochma 
purkagich effektiga asoslangan. Olingan 3 mkm o’lchamli zarrachalardan tarkib 
topgan emul’siya 24 soat davomida ham qatlamlarga ajralmaydi. 

Download 1,05 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish