T ahlilning




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana28.02.2024
Hajmi0.73 Mb.
#163747
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
17-mavzu.Laguna fatsiyasi. (2)
Aholining jismoniy tayyotgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi alpomish va Barchinoy maxsus testlari, 3, 17-maktab TAQVIM- MAVZU -REJA-2 sinf Mo\'min aka 14.08.2022, Uzluksiz va sanoqli additivlik aksiomalari orasidagi munosabat, konstutsiya, 2019 йилБуйруклар, jamshid aka, Buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari, Falsafiy metodlar, qonunlar va kategoriyalar, Qishloq xo‘jaligida infratuzilma tarmoqlarining ahamiyati
NAZORAT SAVOLLARI
Fatsiya deganda nimani tushunasiz?
Fatsial tahlil nimalami o'z ichiga oladi?
Fatsial tahlil bosqichli dinamik tamoyilining mohiyati nimadan 
iborat?
Fatsial zonallik deganda nimani tushunasiz?
Fatsial birliklar qanday tabaqalangan?
Quruqlik tepaliklari fatsial kompleksida qanday fatsial mintaqalar 
mavjud?
Quruqlik tekisliklari fatsial kompleksida qanday fatsial 
mintaqalar mavjud?
Sohilbo'yi dengizosti tekisliklari fatsial kompleksida qanday 
fatsial mintaqalar mavjud?
Fatsial birliklar qanday belgilari bo'yicha farqlanadi?
www.ziyouz.com kutubxonasi


XULOSA
Cho'kindi jinslar bilan ko'plab foydali qazilmalar: ko'mir, neft, gaz, 
boksit, fosforit, temirli va marganesli ma'danlar, gips va angidrit, natriy va 
kaliy tuzlari, mergellar, bo'r, ohaktosh va dolomitlar, qum va qumtoshlar, 
gillar, asl va nodir eiementlaming sochilmalari va boshqalar bog'liq bo'ladi.
Cho'kindi jinslarning yuzaga kelishi va qayta o'zgarishi ko'p bosqichli 
bo'lib, bunda tektonik rejim va iqlim asosiy ahamiyatga ega. Bu omillar 
cho'kindi hosil bo'lishiga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsatadi.
Cho'kindi hosil bo'lishida tektonik rejim va iqlim moddalaming 
ajralishi (differensiatsiya) va aralashishi (integratsiya) orasida muhim 
munosabatni vujudga keltiradi. Mana shu ikki kuch orasidagi munosabat 
orqali turli tarkibdagi cho'kindi tog' jinslari hosil bo'ladi.
Cho'kindi jinslarning hosil bo'lishi va qayta o'zgarishida gipergenez, 
sedimentogenez, diagenez, katagenez va metagenez bosqichlari ajratiladi.
Gipergenez bosqichida birlamchi jinslarning nurashi va moddalar 
mobilizatsiyasi amalga oshadi. Bunda cho'kindi hosil bo'lishida 
qatnashuvchi material vujudga keladi.
Sedimentogenez bosqichida cho'kindi materiallarning ko'chirilishi va 
fazoviy differensiatsiyasi amalga oshadi. Fazoviy differensiatsiya tufayli 
insoniyat uchun juda zarur bo'lgan foydali qazilmalar shakllanadi.
Fazoviy differensiatsiya tufayli cho'kindi materiallarni tashkil etuvchi 
zarralaming o'lchami va zichligi, fizik va fizik-kimyoviy xossalari bo'yicha 
saralanishi amalga oshadi. Cho'kindi moddalar differensiatsiyasining 
mexanik, fizik-kimyoviy, biokimyoviy va kimyoviy turiari ajratiladi.
Diagenez bosqichida cho'kindi materiallar to'mlamini tashkil etgan 
beqaror tizimda komponentlarning qayta taqsimlanishi amalga oshadi 
va uning o'mida muvozanatga kelgan tizim shakllanadi. Shunday qilib 
cho'kindilardan cho'kindi jinslar vujudga keladi.
Katagenez va metagenez bosqichlarida harorat va bosim ta'sirida 
birlamchi tog* jinslarining strukturasi va mineral tarkibi o'zgarishi 
mumkin. Ustama tushgan jarayonlar tufayli cho'kindi tog' jinslari 
epigenetik o'zgarishlarga uchraydi.
Cho'kindi tog' jinslarining strukturasi, teksturasi va moddiy tarkibi 
ularning asosiy xususiyatlari sanaladi. Terrigen jinslarda struktura sinch
www.ziyouz.com kutubxonasi


hosil qiluvchi bo'laklarning o'lchami, shakli va dumaloqlanishini
yuzasining xususiyatlarini, biokimyoviy jinslar uchun esa kristall donalar 
oichami va shaklini ifodalaydi.
Cho'kindi tog' jinslarining strukturasidan ulaming hosil bo'lishidagi 
muhitni hamda terrigen jinslarning g'ovakligi va kirituvchanligi kabi 
xususiyatlarini baholashda foydalaniladi.
Tog' jinslarining teksturasi dinamik, deformatsion, biogen va kimyoviy 
yo'llar bilan hosil bo'ladi. Ular orqali cho'kindi hosil bo'lish sharoitlari 
va omillarini, qatlamlarning ostki yoki ustki yuzalarini aniqlashda, 
paleooqimlar tizimini xaritalashda, oqim rejimi xususiyatlarini va cho'kindi 
to'plangandan keyingi kimyoviy o'zgarishlami baholashda foydalaniladi.
Cho'kindi tog' jinslari allotigen va autigen komponentlardan tarkib 
topgan bo'ladi. Bo'lakli va gilli jinslarning asosiy qismini allotigen 
komponentlar tashkil etadi. Ular mexanik nurashi natijasida hosil bo'lgan 
jins bo'laklari, kristalli jinslarning dezintegratsiyasi tufayli ajralgan va 
turli termodinamik muhitlarda barqaror bo'lgan kremnezyom minerallari, 
dala shpatlari, slyudalar va bir qancha og'ir minerallardir.
Autigen komponentlar cho'kindi hosil bo'lish sharoitida kimyoviy 
yo'llar bilan yuzaga keladi. Ulaming orasida gil minerallari, karbonatlar, 
sulfatlar, sulfidlar va tuzlar keng tarqalgan.
Cho'kindi jinslarni quyidagi rypuhlarga: bo'lakli, vulqonoklastik, gilli, 
karbonatli, silitsitli, tuzli, allitli, temirli, marganesli jinslarga, fosforitlar, 
va kaustobiolitlarga bo'lish mumkin.
Cho'kindi jinslarning barchasi litogenez jarayonida hosil bo'ladi. 
Litogenezning asosiy omillari tektonik harakatlar va iqlim hisoblanadi.
Yer yuzasida bir qator muhim belgilari bilan farq qiluvchi to'rtta litogenez 
turi ajratiladi. Bu, gumid, nival, arid va effuziv, cho'kindi litogenez turlaridir. 
Ularda cho'kindi hosil bo'lish jarayonlari o'ziga xos holda kechadi.
Cho'kindi yotqiziqlarining hosil bo'lishidagi tabiiy geografik muhitni 
tiklashda akademik V.I.Popov tomonidan ishlab chiqilgan fasial tahlilning 
bosqichli dinamik tamoyili qo'Uaniladi.
Eng yirik orografik fasial birliklar fasial komplekslar bo'lib, ular fasial 
mintaqalardan, fasial mintaqalar esa o'z navbatida fasial zonalardan 
tarkib topgandir.
Cho'kindi hosil bo'lish muhitini tiklash orqali foydali qazilma konlari 
bashorat (prognoz) qilinadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Download 0.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish