0140 «M ebel va ofis jih o z la ri» schotida shkaflar,
stol va stullar
komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa ko‘chirish
apparatlari, uyali aloqa vositalarining hisobi yuritiladi.
0150 « K o m p y u ty e r u s k u n a s i va hisoblash te x n ik a si» schotida
kompyutyerlar va ularga o ‘m atiladigan periferiya qurilm alari (printer,
skaner, modem vaboshqalar)ning hisobi olib boriladi.
0160 « T ra n s p o rt v o s ita la ri» schotida
yuk va odam tashuvchi
avtom ashinalar, vagonlar, avtobuslar, traktorlar, pritseplar va boshqa
transport vositalari hisobga olinadi.
Asosiy vositalaming tahliliy hisobi 13-jumal-orderda, shuningdek har
bir inventar obyektning kodi (tartib raqami) bo‘yicha kartochkalarda yoki
k ito b d a (O S-7 shakl «A sosiy vositalarni hiso b g a o lish inventar
kartochkasi», OS-9 «Asosiy vositalaming inventar ro ‘yxati») yuritiladi.
Ushbu kartochka va kitoblar asosiy vositalar kelib tushganda ochiladi va
ulaming butun foydali xizmat muddati davri davomida saqlanadi.
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar yangi kapital investitsiyalami kiritish,
bepul olinishi, ta‘sis badali sifatida kirim qilinishi evaziga ko‘payishi, shuningdek
ulaming boshlang‘ich qiymati qayta baholash hisobidan oshishi mumkin.
K apital investitsiyalar - bu qurilish tashkilotlarining yangi obyektlami
qurishga, eski obyektlami kengaytirish, rekonstruksiya va modemizatsiya
qilishga, shuningdek asosiy vositalarni sotib olishga sarflagan mablag‘lari
majmuasi. Xalqaro standartlarda va 0 ‘zbekiston Respublikasining milliy
standartlarida (5-son BHMS) bu xarakterdagi xarajatlar asosiy vositalaming
boshlang‘ich qiymatini ko‘paytiradigan xarajatlar deb tan olinadi.
Kapital investitsiyalar xarakterigako‘raichki investitsiyahisoblanadi,
ular bevosita qurilish tashkiloti qudratini oshirishga y o ‘naltirilgan
mablagiardir.
Qurilish tashkilotlari o ‘z maqsadlaridagi kapital investitsiyalami ikki
usulda amalga oshirishlari mum kin: pudrat usulida va x o ‘ja lik usulida.
Ushbu usullarda amalga oshirilgan kapital investitsiyalaming hisobi 0810
«Tugallanmagan qurilisb>, 0820 «Asosiy vositalarni sotib olisb>, 0890
«Boshqa kapital qo’yilmalar» schotlarida olib boriladi.
0810 « T u g a lla n m ag an q u rilis h » schotining
deb etid a qurilish
tashkilotlari tom onidan sarflangan kapital q o ‘yilm alar to ‘g ‘risida
m a’lumotlar jamlanadi, kreditida esa kapital investitsiya summasini asosiy
vositalaming boshlang‘ich qiymatiga kiritilishi aks ettiriladi. Schotning
qoldig‘i debet tomonida bo‘lib, u tugallanmagan qurilishga to‘g‘ri keladigan
kapital qo‘yilmalar summasini ko‘rsatadi.
0820 «A sosiy v o s ita la r n i s o tib o lish » schotining d eb etid a
ta‘minotchidan qabul qilingan asosiy vositaning qiymati, shuningdek uni
tashib keltirish, o'matish, montaj qilish va boshqa xarajatlar aks ettiriladi,
kreditida esa schotning debetida to‘plangan summani asosiy vositalaming
boshlang‘ ich qiymatiga kiritilishi ko‘rsatiladi. Debet va kredit aylanmalari
suinmalari teng bo‘lganligi uchun bu schot saldoga ega bo‘lmaydi.
0890 «B oshqa kapital qo‘yilm alar» schotidayuqoridagi schotlarga
kiritilmagan kapital investitsiyalarjumladan asosiy vositalarni kengaytirishga,
rekonstruksiya vamodemizatsiyasiga sarflangan kapital qo‘yilmalar hisobga
olinadi. Bu xarakterdagi qo’yilm alarning
summalari kengaytirish,
rekonstruksiya va modemizatsiya qilish dalolatnomalari asosida harakatda
bo‘lib kelgan asosiy vositalaming boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
Qurilish tashkilotlariga asosiy vositalar yuqori tashkilotdan, boshqa
yuridik va j ismoniy shaxslardan bepul kelib tushishi ham mumkin. Bunday
asosiy vositalar shartnomalar, schot-fakturalar, qabul qilish-topshirish
dalolatnomalari asosida qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul
olingan asosiy vositalarga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi: