• 7 – mavzu: TA`LIMNING SHAXSGA YO‟NALTIRILGAN TEXNOLOGIYASI. Reja
  • Tаyanch so‟z vа iborаlаr: O‘qitish teхnologiyasi, hаmkorlik pedаgogikаsi ,muаlliflik teхnologiyalаri,o‘qitishni jаdаllаshtirish, S.N.Lisenkovа teхnologiyasi
  • Ta lim texnologiyalari




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/73
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,01 Mb.
    #132241
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73
    Bog'liq
    Таълим технологиялари ММ

    Nazorat uchun savollar
    1. 
    Ilmiy-texnik taraqqiyot va ta`lim jarayonini texnologiyalashtirish vazifalari.
    2. Ta`limning fanga yo‘naltirilgan texnologiyalari va uning istiqbollari.
    3. To‘liq o‘zlashtirish texnalogiyasi
    4. M.V.Klarin materiali bo‘yicha to‘lik o‘zlashtirish metodikasi.
    5. To‘liq o‘zlashtirish texnalogiyasining asosiy tavsifi. Talimning mazkur
    texnalogiyasining ketma-ketlik qoidasi. 
    7 – mavzu: 
    TA`LIMNING SHAXSGA YO‟NALTIRILGAN TEXNOLOGIYASI.
    Reja 
    1. Ta`limda o‘quvchi shaxsiga faoliyatli yondashuv 
    2. Hamkorlik pedagogikasi texnologiyasi. 
    3. Amonashvilining inson shaxs texnologiyasi. 
    4. O‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi. 
    5. O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi. 
    Tаyanch so‟z vа iborаlаr: 
    O‘qitish teхnologiyasi, hаmkorlik pedаgogikаsi ,muаlliflik teхnologiyalаri,o‘qitishni 
    jаdаllаshtirish, S.N.Lisenkovа teхnologiyasi, tаbаqаlаshtirilgаn o‘kitish, tа‘limni 
    individuаllаshtirish 
    Ma'lumki, «Ta'lim to‗g‗risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga 
    muvofiq Respublikamizda ommaviy ta'lim doirasini tobora kengayib borish ko‗zda 
    tutilgan. Chunki bu qonunga muvofiq mamlakatimizda 12 yillik majburiy ta'lim 
    joriy etildi. O‗rta maxsus kasb-hunar ta'lim sharoitida hamda oliy ta'limning 
    yoppasiga 2 bosqichli tizimga, ya'ni bakalavriat, magistraturaga o‗tishi munosabati 


    35 
    bilan pedagog kasbi eng ommaviy kasbga aylanib bormoqda. Bu esa o‗z navbatida, 
    ta'lim jarayoniga tajribali va tajribasiz, iste'dodli va iste'dodsiz pedagoglarni jalb 
    qilishni taqozo etadi. Bunday sharoitlarda Davlat ta'lim standartlari talablari 
    darajasidagi kadrlarni tayyorlash «oddiy» pedagog tomonidan faqat pedagogik 
    texnologiyalarni qo‗llab, amalga oshirilishi mumkin. 
    Aynan ana shu maqsadda, mamlakatimizning ta'lim sohasidagi asosiy 
    hujjatlarida pedagogik texnologiyalarni yaratish va joriy etish, kadrlar tayyorlash 
    tizimida fanning asosiy vazifasi etib belgilangan. O‗quv jarayoni texnologik 
    tayyorgarligining o‗zagi bo‗lib, o‗qitish jarayoni hisoblanadi. Shuning uchun 
    «texnologiya»ni o‗qitish jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyaning 
    vazifasidan biri hisoblanadi.
    O‗qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo‗llash, o‗qitish jarayonini 
    yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkon yaratadi. 
    Endi shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalarning nima uchun bugungi kunda 
    dolzarb bo‗lib borayotganligi, nima uchun mazkur texnologiyalar ta'limning 
    hozirgi kuni, kelajagi bo‗lib qolganligi hamda ularning mohiyati haqida qisqacha 
    to‗xtalamiz. 
    Oliy ta'limda an'anaviy o‗qitish texnologiyasi o‗zining qator xususiyatlariga 
    ko‗ra zamonaviy ta'lim ehtiyojlariga tobora zid bo‗lib bormoqda. Chunki, mazkur 
    o‗qitish texnologiyasida pedagogikaning talabaga munosabati avtoritar xarakterga 
    ega, ya'ni ta'lim jarayonida u yagona sub'ekt sifatida namoyon bo‗ladi, talabalar esa 
    faqatgina ob'ekt vazifasini bajaradi, xolos. Boshqacha qilib aytganda avtoritar 
    o‗qitish texnologiyasida talabaning tashabbusi va mustaqilligi deyarli yo‗qoladi, 
    o‗qitish majburiy yo‗sinda amalga oshiriladi.
    Hanuzgacha jahonda eng ko‗p tarqalgan o‗qitishning sinf-dars tizimida 
    mashg‗ulotlari asosiy birligi dars bo‗lib, u bitta fanining bitta mavzusiga 
    bag‗ishlanadi va o‗qituvchi tomonidan boshqariladi. An'anaviy o‗qitish 
    texnologiyasining qusurlari ustida to‗xtalib, O‗zbekiston Respublikasi Oliy 
    Majlisining IX sessiyasida (1997 yil 29 avgust) Prezident Islom Karimov bolalar 
    qaysi sinfdan boshlab mustaqil fikr yurita boshlaydi? Umuman maktabda mustaqil 
    fikr yuritishga o‗rgatiladimi? degan savollarni qo‗ydilar va ularga quyidagicha 
    javob berdilar: «Aminmanki, o‗rgatilmaydi. Mobodo biror o‗quvchi o‗qituvchiga 
    e'tiroz bildirsa, ertaga u hyech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. 
    Maktabdagi jarayonda o‗qituvchi hukmron. U boladan faqat o‗zi tushuntirayotgan 
    narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip ham tayyor: «Mening aytganim-
    aytgan, deganim-degan». Demak, an'anaviy ta'lim texnologiyasida o‗qituvchi va 
    o‗quvchi munosabatida majburiy itoatkorlik, ya'ni zo‗ravonlik pedagogikasi amal 
    qiladi».
    An'anaviy o‗qitish texnologiyasining boshqa qusurlarini ham namoyish 
    qilish maqsadida 1-rasmning chap tomoniga diqqatingizni jalb qilamiz: ko‗rinib 
    turibdiki, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, zo‗ravonlikka asoslangan bu 
    pedagogikada pedagog yagona su'bekt, talabalar pedagogik jarayon ob'ekti, 
    o‗qitish tushuntiruv-ko‗rgazmali usulda olib boriladi. O‗qitish ommaviy tarzda olib 


    36 
    borilishi tufayli talabalarning tashabbusi va mustaqilligi o‗zidan-o‗zi so‗nib 
    boraveradi. 
    Shu bois texnologiya asosan talabalarda bilim, ko‗nikmalarni shakllantiradi, 
    ular shaxsini rivojlantirishni ko‗zda tutmaydi.
    O‗z-o‗zidan ko‗rinadiki, an'anaviy o‗qitish texnologiyasi o‗z tabiatiga ko‗ra 
    ta'lim muassasalari oldiga jamiyatimiz tomonidan qo‗yilgan talablarga butunlay 
    javob bermaydi. 
    Bundan farqli o‗laroq shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalarda talaba 
    ta'limning milliy modeli mohiyatiga ko‗ra pedagogik jarayon markaziga qo‗yiladi, 
    uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‗yobga chiqarishga qulay shart-
    sharoitlar yaratib beriladi.
    Ta'limning milliy modelini – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan, 
    ishlab chiqarishdan iborat 5 ta tarkibiy qismida «shaxs» asosiy tarkibiy qism – 
    birinchi o‗rinda turadi.
    Boshqacha aytganda, butun ta'lim tizimi, shu jumladan o‗qitish o‗quvchi 
    shaxsiga yo‗nartirilgan bo‗lishi lozim. 
    Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarda pedagogik jarayon – o‗qitishning 
    shaxsga yo‗naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim. 

    Download 1,01 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   73




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish