33
Geshtalt texnologiya – (M. Vetmeymer, G. Myuller, V.Keler) talabaning qabul
qilishiga, idrok qilish refleksini o‗rganishga asoslangan, yangi mavzuni
o‗zlashtirish yorqin fragmentlardan va yakuniy fikrlardan tashkil topish nazarda
tutiladi. Idrok va diqqatga qaratilgan texnologiyalardir.
Talabaning qabul qilish
xususiyatlarini va diqqatning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda
o‗zlashtirish jarayonini tashkil etish zarur ekanligini ta'kidlaydi va shu asosda
o‗zlashtirish texnologiyalarini yaratadi.
3. Rivojlantiruvchi texnologiya. V.V. Davidov, D. B. Elkonin \oyasi.
Asosiy mazmuni - nazariyaning amaliyotdan ustunligi va mazmuniy
umumlashtirishlardan
foydalanish,
mantiqiy
bo\liqliklar
va
guruhlash
sistemalashtirishdir. Umumiydan yakkaga qarab harakatlanish. Mavjud bilimlardan
yangi bilimlarga qarab harakat qilish, ya'ni bor bo‗lgan
assotsiatsiyalar asosida
yangi assotsiatsiyalarni vujudga keltirishni nazarda tutadi. Talabaning tushunishi
oson bo‗lgan bilimlardan uzoqroq va murakkabroq bilimlarga qarab
xarakatlanishni tavsiya etadilar (oblast blijayshego razvitiya). Soddadan
murakkabga qarab izchil rivojlanish o‗zaro bo\liqliklarga amal qilish talab etiladi.
4. Suggestiv texnologiya. Emotsional, yorqin taasurot, ishontirish, qiziqtirishga
yunaltirilgan. Talaffuz, mimika, gipnoz, avtoritetdan
foydalanish kabilarga
asoslanadi. His–tuy\ularni uy\otishga qaratilgan. O‗zlashtirish jarayonida
insonning nafaqat ongi, balki his-tuy\ulari ham ishtirok etishini va o‗zlashtirish
jarayonida hissiyotlarni uy\otish bilimlarning faqat ong bilan emas, balki qalb bilan
ham anglab yetishiga yordam berishini ta'kidlaydilar. Faqat ong bilan qabul
qilingan bilimlar quruq va yuzaki bo‗ladi degan fikrlar asosida o‗zlarining
o‗zlashtirish texnologiyalarini yaratadilar. Ular har bir yangi mavzuni
o‗zlashtirishda obrazlardan foydalanish, hissiyotlarni uy\otish va har bir talaba ana
shu hislarni sezishini ta'minlashga e'tibor beradilar.