• 8-mavzu: O‟QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH VA SAMARALI BOSHQARISH ASOSIDAGI TEXNALOGIYALAR. Reja
  • Tayanch so„z va iboladar
  • O‟qitishni individuаllаshtirish




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/73
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,01 Mb.
    #132241
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73
    Bog'liq
    Таълим технологиялари ММ

    O‟qitishni individuаllаshtirish

    o‘quv jаrаyonini tаshkil etish bo‘lib, undа o‘qitish usullаri, sur‘аtini tаnlаsh 
    tаlаbаning individuаl хususiyatlаri bilаn bog‘lаnаdi; 

    individuаl yondаshuvni tа‘minlovchi turli o‘quv-metodik, psiхologik-
    pedаgogik vа tаshkiliy-mа‘muriy tаdbirlаrdir. 
    Shundаy qilib, didаktikа bo‘yichа аmаlgа oshirilgаn tаdqiqotlаrgа ko‘rа 
    o‘qitishni individuаllаshtirish o‘quv jаrаyonining shundаy tаshkil qilinishiki, undа 
    individuаl yondаshuv vа individuаl shаkl ustuvor hisoblаnаdi 
     
     
    Nаzorаt sаvollаri 
    1. Hаmkorlik pedаgogikаsi 
    2. Hаmkorlik pedаgogikаsining аsoslаri


    42 
    3.Muаlliflik teхnologiyalаri 
    4.O‘quv jаrаyonini sаmаrаli tаshkil etish vа boshqаrish 
    5. 
    O‘qitishni jаdаllаshtirish teхnoligiyasi
    6. 
    O‘qitishni individuаllаshtirish; 
    7. 
    O‘qitishni tаbаqаlаshtirish
    8.
    S.N.Lisenkovа teхnologiyasi
    9.
    V.F. SHаtаlov teхnologiyasi 
    8-mavzu:
     O‟QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH VA SAMARALI BOSHQARISH
    ASOSIDAGI TEXNALOGIYALAR. 
    Reja 
    1. Ta`lim oluvchilarning individual o‘ziga xosliklari, yoshi, qiziqishlari, aqliy
    rivojlanish darajasi, sog`lomlik darajasiga qarab tabaqalashtirilgan darajadagi
    texnalogiya. 
    2. Individual talim texnalogiyasi: talim har bir o‘quvchining qobiliyatlari
    bilan bog`lik holda olib borish. 
    Tayanch so„z va iboladar:
    Tаbаqаlаshtirilgаn o‘qitish, tа‘limni individuаllаshtirish 
    Ta`lim oluvchilarning individual o‘ziga xosliklari, yoshi, qiziqishlari, aqliy
    rivojlanish darajasi, sog`lomlik darajasiga qarab tabaqalashtirilgan darajadagi
    texnalogiya. Individual talim texnalogiyasi: talim har bir o‘quvchining
    qobiliyatlari bilan bog`lik holda olib borish. 
    Ta`lim oluvchilarning individual o‘ziga xosliklari, yoshi, qiziqishlari, aqliy
    rivojlanish darajasi, sog`lomlik darajasiga qarab tabaqalashtirilgan darajadagi
    texnalogiya. 
    O‗quvchi faoliyat sub'ekti. Shu bois bir jarayonning ikki sub'ekti birgalikda 
    harakat qilishi, hamkorlik, partner bo‗lishlari, yoshi katta va tajribali kishi bilan 
    tajribasi kam o‗rtasida ittifoq tuzishi; ularning hyech biri bir-biriga nisbatan 
    ustunlik qilmasligi kerak. 
    - o‗quvchi-o‗qituvchi munosabatlaridagi hamkorlik maktab jamoalarining 
    umumiy hayotiy faoliyatida amalga oshadi. Bu hamkorlikning shakllari – 
    hamjihatlik, sheriklik, birgalikdagi ijodiylik, birgalikda qayg‗urish, birgalikda 
    boshqarish; 
    - umummaktab jamoasi ko‗lamida hamkorlik munosabatlari o‗qituvchilar, 
    ma'muriyat, o‗quvchilar va o‗qituvchilar tashkilotlari o‗rtasida o‗rnatiladi; 
    hamkorlik prinsipi o‗quvchilar, o‗qituvchilar va rahbarlarning ijtimoiy muhit (ota-
    onalar, oilalar, ijtimoiy va mehnat tashkilotlari) bilan bo‗ladigan munosabatlarning 
    barcha turlariga ham qo‗llaniladi. 
    O‗quvchiga insoniy-shaxsiy yondashuv.Shaxsga yangicha qarash.
    1. Shaxs bola erta yosh vaqtidayoq namoyon bo‗ladi.
    2. Shaxs pedagogik jarayonining ob'ekti emas, balki sub'ekti hisoblanadi.
    3. Shaxs ta'lim tizimining maqsadi. U biror bir tashqi maqsadlarga erishish 
    uchun vosita bo‗lolmaydi. 


    43 
    4. Har bir bola qobiliyat sohibi, ko‗pchilik bolalar esa tanlantlidirlar.
    5. Shaxsning ustuvor sifatlari oliy etnik qadriyatlar (ya'ni ezgulik 
    (yaxshilik), mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vijdoniylik, qadr-qimmat, vatanga 
    sodiqliq va b.q.)dir.
    Ta'lim sohasida erkinlikka ijodiy faoliyatni erkin tanlash va buning uchun 
    imkoniyat yaratish orqali erishiladi. Bunday sharoitda mustaqil ravishda bilim 
    olish pedagogikani ishlab chiqish, xususan ta'lim jarayonida o‗quvchilar 
    faoliyatning turli xilida o‗z iqtidorlarini namoyon qilishiga yordam beruvchi 
    pedagogik texnologiyalarni joriy etish eng muhim pedagogik muammo va amaliy 
    vazifasiga aylanadi. Bu yo‗nalishdagi izlanishlarning real yechimi – turli turli 
    tadbirlardan, rasmiy pedagogikadan voz kechib, erkin o‗qish va erkin o‗qitishni 
    uyg‗unlashtiradigan erkin pedagogika, o‗qituvchi va o‗quvchilarning hamkorligiga 
    o‗tish yo‗lidir. 
    Yangilanayotgan jamiyat o‗z a'zolari o‗rtasida hamkorlik, hamjihatlik, 
    o‗zaro yordamga asoslangan mutlaqo yangi munosabatlarni shakllantiradi. Ijtimoiy 
    munosabatlarning bunday qadriyatlari ta'lim jarayonida o‗z ifodasini topishi lozim. 
    Avtoritar pedagogikada hamjihatlik tushunchasi pedagogning o‗quvchiga nisbatan 
    pedagogik faol harakatlari natijasida shakllanishi shart ekanligi, shuningdek, bola 
    kattalarning tarbiyaviy ta'sirini so‗zsiz qabul qilishga tayyor bo‗lishi sifatida talqin 
    qilingan. Basharti, avvalgi pedagogika rasmiy (buyruqbozlik) va bir tomonlama 
    ta'sir ko‗rsatish qoidasi asosiga qurilgan bo‗lsa, hozirgi pedagogika birgalikda 
    faoliyat ko‗rsatish qoidasiga asoslangan bo‗lishi lozim. Bu nafaqat pedagoglarning 
    yangi avlodini shakllantirishni, ularning pedagogik mahoratini oshirishni nazarda 
    tutadi, balki rivojlanish uchun tegishli pedagogik muhitni yuzaga keltirishni ham 
    taqozo qiladi. Hamjihatlik, hamkorlik doimo demokratiya ko‗rinishlaridan biri 
    bo‗lib kelib, sherikning individual manfaatlarini qabul qilishga asoslanadi.
    Oldinda turgan vazifa pedagog va o‗quvchi o‗rtasidagi hamkorlikni 
    ta'minlaydigan, ishonch va manfaatlarga rioya etilishiga ko‗maklashadigan, 
    o‗quvchining qobiliyati namoyon bo‗lishi uchun imkoniyat yaratiladigan o‗zaro 
    munosabatlar tizimini yuzaga keltirishdan iboratdir.
    O‗quv-tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun uning barcha 
    sub'ektlari, ya'ni o‗quvchilar, o‗quvchi va o‗qituvchi, o‗qituvchilar, o‗qutuvchi va 
    ta'lim muassasasining ma'muriyati o‗rtasida o‗zaro tushunish muhiti o‗qituvchining 
    nazorati va avtoritar xatti-harakatoariga qarshi birlashish usuli sifatida ham 
    vujudga kelishi mumkin.
    Buning asosiy sababi shundaki, avvalgi ta'lim qadriyatlari o‗quv 
    materiallarini o‗zlashtirish sur'ati va hajmlari «o‗ratacha» bo‗lishi va barcha 
    o‗quvchilar bir vaqtning o‗zida o‗zlashtirishlari lozim degan (ya'ni «o‗rtacha» 
    o‗quvchiga qarata yo‗l tutilganligi va tegishlicha bitiruvchilar shunday saviyada 
    bo‗lishi) qoidaga asoslanganligidadir; o‗qituvchi hamisha haq bo‗lgan, o‗quvchi 
    esa doimo va albatta o‗qituvchi ko‗rsatmalari doirasida fikrlashi va amal qilishi 
    shart bo‗lgan.
    O‗qituvchilar bolalarga nisbatan mehr va ishonch bilan munosabatda 
    bo‗lsalar, o‗quvchilar esa o‗z qobiliyatlarini ro‗yobga chiqarish va manfaatlariga 


    44 
    erishishda erkin bo‗lsalargina, birgalikdagi faoliyatda o‗zaro tushunishga 
    erishilishi mumkin. Qarama-qarshiliklar barham topganda, bolalar katta 
    yoshdagilar bilan o‗zaro bir-birini tushungandagina to‗liq hamkorlikka erishiladi. 
    O‗qituvchi o‗qishda yoki hayotdagi har qanday murakkab vazifalarni hal etilishida 
    bolalarga yordam berishga shay bo‗lsagina, ularning yaqin do‗stiga aylanishi 
    mumkin. Ana shunda ular «diktator» degan tamg‗adan qutiladi.
    O‗quvchi va o‗qituvchi o‗rtasidagi munosabatni an'anaviy «ustoz-shogird» 
    o‗zaro munosabatlariga xos chuqur insoniy ehtiromli asoslarga olib chiqish – 
    ta'limni insonparvarlashtirishning bosh yo‗nalishi bo‗lib, ta'lim jarayoni 
    sub'ektlarini o‗zaro tushunishini va hamkorligini ta'minlaydi.
    Bunday holatda har bir o‗quvchi faoliyatning muayyan turida o‗z qobiliyatini 
    namoyon etib, boshqalarga ishtiyoq bilan ko‗maklashadi. O‗zaro tushunish 
    muhitida bolalarni kuchli va bo‗sh o‗quvchiga ajratish bo‗lmaydi, ta'sirning 
    bunday «omili» barham topadi. Xo‗jako‗rsin uchun emas, balki real o‗zaro ta'sir 
    tushunish muhitiga o‗qituvchining o‗quvchi shaxsi qadriyatlarini va uning 
    yutuqlarini anglab yetishi orqali erishiladi. Pedagog shaxsning rivojlanishini 
    o‗rtacha normaga qiyoslamaydi, u o‗quvchining ijodiy yutug‗i ahamiyatini oshirish 
    yoki har bir o‗quvchi o‗z imkoniyatidan umumiy ahamiyatga ega bo‗lgan 
    maqsadga erishish yo‗lida imkon qadar unumli foydalanish orqali bolalarning 
    rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. 

    Download 1,01 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   73




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish