|
Ta lim texnologiyalariBog'liq Таълим технологиялари ММ Tаyanch so‟z vа iborаlаr:
Rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasi .Interfaol metodlar. Texnologik
karta, Tankidiy fikrlash , chaqiruv, anglash, xulosalash, izn, rang-baranglik,
faollik, tavakkalchilik,o‗zaro fikr olishuv.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar: belgisi, asosi va
mexanizmi.
Tanqidiy fikrlashni o‗stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta'lim
uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun
o‗qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Konsorsiumning a'zolari: Xalqaro o‗qish assotsiatsiyasi, Xobart va Uilyam Slims
kollejlari va Shimoliy Ayova shtat universiteti. Bu loyihani Nyu – York Ochiq
jamiyat instituti va Markaziy Osiyo to‗g‗risidagi Markaziy va Sharqiy yevropadagi
Soros fondi mablag‗ bilan ta'minlaydi.
Bu paragrafda metodlar mazmuni mazkur loyiha materiallariga muvofiq ravishda
yoritiladi.
Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib
chiqadilar: Tanqidiy fikrlash nima?
Fikrlash – o‗qish, yozish, so‗zlash va eshitishga o‗xshash jarayon. U faol,
muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, unda o‗zida biror haqiqat to‗g‗risidagi
fikrlarni qamrab oladi.
Fikrlash kontekstdan tashqarida hosil qilinadigan ko‗nikma emas.
Tanqidiy fikrlash ta'limiy dastur yoki kundalik hayotning umumiy kontekstidan
yiroqlashgan sharoitda o‗rganilishi lozim bo‗lgan hodisa ham emas.
Braun (1989) ta'kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan o‗quv
ko‗nikmalari ta'lim oluvchilarga ob'ektiv testlarni yaxshi topshirish imkoniyatini
berishi mumkin, lekin ular bu ko‗nikmalarni yangi vaziyatlarda qo‗llay olmaydilar.
Rixer ta'biri bo‗yicha o‗rganish va fikrlashning ta'rifi kognitiv psixologiya,
falsafa va multmedia madaniyati ta'limi sohasidagi tadqiqotlar natijalariga
asoslanadi.
Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari:
1.Samarali va muttasil o‗rganish asosida talabalarning axborotlarni o‗zlashtirish,
sintezlash va ularni to‗la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga hammualliflar,
1985).
2.O‗rganish jarayoni fikrlash faoliyatini rivojlantirishning turli tuman
strategiyalaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bo‗ladi. Bunday strategiya
o‗rganish jarayonini yanada onglilashtiradi (Palinskar va Braun, 1989).
3. O‗rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi
bilimlarni qo‗llash imkoniyatlariga ega bo‗lgan taqdirda rivojlanadi (Resnik,1987).
4. O‗rganish talabalarning oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina
mustahkamlanadi. Bular talabalarning bilgan bilimlarini yangi axborotlar bilan
bog‗lash imkoniyatini beradi (Ros,1990).
52
5. Tanqidiy fikrlash va o‗rganish g‗oya va tajribalarning turli-tumanligini
pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi. Tanqidiy fikrlash
«yakkayu yagona to‗g‗ri javob»ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz
bermaydi.
|
| |