• Tavakkalchilik
  • Qimmatlilik.
  • Ta lim texnologiyalari




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/73
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,01 Mb.
    #132241
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73
    Bog'liq
    Таълим технологиялари ММ

    Rang-baranglik. Talabalarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g‗oyalar paydo 
    bo‗ladi. 
    Rang-barang fikr va g‗oyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi haqidagi 
    tasavvur bartaraf qilingan chog‗dagina yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish 


    53 
    chegaralanganda talabalarning fikrlashiga chek qo‗yiladi. Faqat birgina javob 
    mavjud bo‗lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning 
    yordamida talabalar ana shu javobni topa olsin. 
    Faollik. Tanqidiy fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita bog‗langan. 
    Odatda, talabalar sustkash tinglovchilar bo‗lishadi, chunki ularda o‗qituvchi bilimli 
    yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilimlari o‗qituvchi 
    mas'ul degan ishonch shakllanib qolgan. O‗quv jarayonidagi talabalarning faol 
    ishtiroki va o‗qishlariga o‗zlarining mas'ul ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda 
    kutilgan natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o‗z g‗oyalari va fikrlari bilan 
    o‗zaro o‗rtoqlashishga da'vat etish kabi pedagogik yondoshuv ularning faolligini 
    o‗stiradi. 
    Mixali Chikjentmixaliy (1975) ta'kidlaydiki, talabalar o‗sha murakkab darajadagi 
    o‗kuv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta 
    bahra oladilar va o‗zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar. 
    Tavakkalchilik Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim 
    faoliyatida qo‗rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag‗batlantirib turish joizdir. 
    Fikrlash jarayonida «ahmoqona g‗oyalar» aql bilan tuzilmagan birikma va 
    tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bo‗lishi mumkin. O‗qituvchi uni o‗quv 
    jarayonini tabiiy holati sifatida talabalarga tushuntirishi lozim. 
    Talabalarni tavakkaldan holi bo‗lgan, ya'ni g‗oyalar qadrlangan, talabalarning 
    fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivatsiyalash imkoni bo‗lgan muhitda 
    o‗ylash lozimligini ularda ishonch hosil qilish zarur. 
    Qadrlash. Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri talabalarning fikrlash 
    jarayonini qadrlashdir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida talabalar o‗z g‗oyalari, 
    tasavvurlarining o‗qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan chog‗dagina 
    chuqur mas'uliyat va e'tiborga yarasha javob qaytaradilar.
    Talabalar o‗z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar, 
    unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo‗la boshlaydilar. 
    Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talaba ularning fikrlari, 
    o‗z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. 
    O‗qituvchi talabalardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab 
    qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo‗lishi lozim. Bu esa talabalarda 
    o‗zgalar g‗oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli 
    ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga o‗z fikri, o‗ziga 
    taalluqli bo‗lgan g‗oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko‗rsata olish zarur. 
    Talabalarning o‗zlari ham o‗z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila 
    olishlari zarur. Ular o‗z fikrining tushuncha va masalani muhokama qilish 
    jarayonida o‗ta muhim, shuningdek, katta hissa bo‗lib hisoblanishini tan olishlari 
    kerak. 

    Download 1,01 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   73




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish