54
O‗zaro fikr olishishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o‗zining
qarashlar
tizimini so‗zlovchiga zo‗rlab o‗tkazish va boshqa so‗zlovchilarni tuzatib turishdan
o‗zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar
boshqalarning yalpi
fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Keng doiradagi munozara oqibati
o‗laroq talabalar o‗zlariga tegishli bo‗lgan g‗oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga
yanada qobiliyati orta boradi hamda ularni o‗z bilimlari va hayotiy tajribalarida
yaratgan g‗oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini
tashkil etishda uni
o‗tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular:
o„ziga ishonch hosil qilish;
ishda faol ishtirok etish;
o„rtoqlar va o„qituvchi bilan fikr olishish;
o„zgalar fikrini tinglay olish.
Tanqidiy fikrlashni ta'minlovchi savollar. Tanqidiy
fikrlash jarayonida
axborotni tahlil qilish va izohlash, g‗oyalarini
tahlil qilish, o‗rganilayotgan
hikoyalarni o‗z taxminiy rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan savollardan
foydalaniladi. Qo‗llanmada tahlil qilinayotgan bu masalalar Senders (1969) ifodalari
va Blum tizimli savollaridan olindi. Bu savollar turli sathdagi qiyinchilikda
fikrlashning turli ko‗rinishlarini ta'minalashda vosita bo‗lib xizmat qiladi.
Eslab
qolishga xizmat qiladigan savollar yoki formal sathdagi savollar eng kuyi sathdagi
savollarga taalluqlidir. Baholash yoki hukm chiqarish beriladigan savollar fikrlashni
ta'minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qaraladi.
Tanqidiy fikrlash,
chaqiruv, anglash, xulosalash, izn, rang-baranglik, faollik,
tavakkalchilik,o‗zaro fikr olishuv.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi pedagogik texnologiyalar: belgisi, asosi va
mexanizmi.
Tanqidiy fikrlashni o‗stirishga xizmat qiladigan metodlar «Demokratik ta'lim
uchun» konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladigan «Tanqidiy fikrlash uchun
o‗qish va yozish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan.
Konsorsiumning a'zolari: Xalqaro o‗qish assotsiatsiyasi, Xobart va Uilyam Slims
kollejlari va Shimoliy Ayova shtat universiteti. Bu loyihani Nyu –
York Ochiq
jamiyat instituti va Markaziy Osiyo to‗g‗risidagi Markaziy va Sharqiy yevropadagi
Soros fondi mablag‗ bilan ta'minlaydi.
Bu paragrafda metodlar mazmuni mazkur loyiha materiallariga muvofiq ravishda
yoritiladi.
Tanqidiy fikrlashning faol metodlarini ishlab chiqishda quyidagi asoslardan kelib
chiqadilar:
Tanqidiy fikrlash nima?