57
tasavvurlarining o‗qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan chog‗dagina
chuqur mas'uliyat va e'tiborga yarasha javob qaytaradilar.
Talabalar o‗z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar,
unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo‗la boshlaydilar.
Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talaba ularning fikrlari,
o‗z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur.
O‗qituvchi talabalardan muayyan materialni shunchaki
qayta ishlashni talab
qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo‗lishi lozim. Bu esa talabalarda
o‗zgalar g‗oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish
eng muhim va qimmatli
ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga o‗z fikri, o‗ziga
taalluqli bo‗lgan g‗oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko‗rsata olish zarur.
Talabalarning o‗zlari ham o‗z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila
olishlari zarur. Ular o‗z fikrining tushuncha va masalani muhokama qilish
jarayonida o‗ta muhim, shuningdek, katta hissa bo‗lib hisoblanishini
tan olishlari
kerak.