55
Braun (1989) ta'kidlaydiki, vazifa va real hayot maqsadlaridan ajratilgan o‗quv
ko‗nikmalari ta'lim oluvchilarga ob'ektiv testlarni yaxshi
topshirish imkoniyatini
berishi mumkin, lekin ular bu ko‗nikmalarni yangi vaziyatlarda qo‗llay olmaydilar.
Rixer ta'biri bo‗yicha o‗rganish va fikrlashning ta'rifi kognitiv psixologiya,
falsafa va multmedia madaniyati ta'limi sohasidagi
tadqiqotlar natijalariga
asoslanadi.
Bu tadqiqotlarning asosiy natijalari:
1.Samarali va muttasil o‗rganish asosida talabalarning axborotlarni o‗zlashtirish,
sintezlash va ularni to‗la egallash faolligi yotadi (Anderson va unga hammualliflar,
1985).
2.O‗rganish jarayoni fikrlash faoliyatini rivojlantirishning turli tuman
strategiyalaridan foydalangandagina muvaffaqiyatliroq bo‗ladi.
Bunday strategiya
o‗rganish jarayonini yanada onglilashtiradi (Palinskar va Braun, 1989).
3. O‗rganish va tanqidiy fikrlash talabalarning aniq vazifalarga nisbatan yangi
bilimlarni qo‗llash imkoniyatlariga ega bo‗lgan taqdirda rivojlanadi (Resnik,1987).
4. O‗rganish talabalarning
oldingi bilimlari, tajribalariga tayangandagina
mustahkamlanadi. Bular talabalarning bilgan bilimlarini
yangi axborotlar bilan
bog‗lash imkoniyatini beradi (Ros,1990).
5. Tanqidiy fikrlash va o‗rganish g‗oya va tajribalarning turli-tumanligini
pedagoglar tushungan va qadrlagan vaqtdagina amalga oshadi.
Tanqidiy fikrlash
«yakkayu yagona to‗g‗ri javob»ni qabul qiladigan mentalitet jarayonida yuz
bermaydi.