62
mohirona tashxislash va shaxsiy sifatlarning real
shakllanganlik darajasini
bilish.
O‟quvchilarni o‟rganishning pedagogik-psixologik metodlari
Tarbiyaviy tizimining eng asosiy tashkil etuvchilaridan biri – bu shaxsni
ijodkorlikka, mustaqillikka, insonparvarlikka, o‘zini qadrlay bilimsh va o‘zgalarga
urmat qilishga o‘rgatishdir.
Tarbiyaviy tizim asosiga insonparvar psixologiya va pedagogika tamoyillari
qo‘yiladi.
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning ustivor yo‘nalishlari
quyidagilar
hisoblanadi:
o‘quvchilarning qiziqishi-xohishiga qarab ta`lim muassasasi va undan
tashqarida tashkil etilgan turli xil uyushmalarga jalb etish;
o‘quvchilar ishtirokida muntazam ravishda har xil ma`naviy-ma`rifiy tadbirlar
o‘tkazish;
fan to‘garaklar, texnik yo‘nalishdagi to‘garaklar
va amaliy ijodkorlik
mazmunini o‘zgartirish;
badiiy-estetik birlashmalarni tashkil etish va rivojlantirish;
ta`lim muassasasi faoliyatini demokratlashtirish asosi sifatida o‘z-o‘zini
boshqarishni rivojlantirish.
O‟quvchilarni o‟rganish metodlari
Kuzatish - odatda tabiiy kuzatish orqali
talabalarning fanlarni
o‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o‘zgarishlarni hisobga
olish va tegishli ta`limiy-tarbiyaviy ta`sir ko‘rsatish yo‘llarini belgilash uchun
qo‘llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni
va hodisalarini biror maqsadni ko‘zda tutib idrok etish tashkil etadi.
Bunda
kuzatishlar tezligi va soni, kuzatish ob`ekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish
uchun ajratiladigan xarakteristika va hokazolar hisobga olinadi.
Suhbat metodi - so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy
tayyorgarlik ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan
shaxs bilan bevosita
aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini
yozmasdan erkin muomala formasida qo‘llaniladi.
Suhbat
metodidan farq qilib,
intervyu olish metodi savollarni oldindan
belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda tutadi. Bunda
javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib olinadi.
Hozirgi kunda
ommaviy so‘rash nazariyasi va praktikasida intervyu tashkil etishning ko‘p
usullari mavjud:
- guruhlar bilan;
- intensiv;
- sinov va h.k.