77
O‘qituvchining komumnikativ ko‘nikmasi: o‘zini namoyon qila bilish, nutq
vositasi hamda so‘zsiz holatda inson ruhiyatini tushuna olish.
O‘qituvchining faoliyatida eng muhim narsa – bu uning nutqi va o‘quvchilar bilan
muloqatidir. Nutq - bu og`zaki kommunikatsiya, ya`ni til yordamida munosabat qilish
jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron – bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar
og`zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar
eshittirib yoki ovoz
chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi yoki kar – soqov kishilarda biron - bir
mohiyatga ega bo‘lgan imo - ishoralar bilan almashtirilishi mumkin.Odamlar
o‘rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o‘xshatish mumkin emas.
Odamlar munosabatiga aloqa bog`lovchilarning
his - hayajoni ham qonuniy
ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U kommunikatsiyaning mazmuni hisoblanishi
narsaga ham, munosabatga kirishganlarga nisbatan ham taalluqli bu his- hayajonli
munosabatda o‘zgacha nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi. Nutqsiz
kommunikatsiya vositalariga qo‘l,
barmoq va yuz harakatlari, imo - ishora, ohang,
pauza, tark - tarovat, kulgu, ko‘z yosh
qilish va shu kabilar kiradiki, bular og`zaki
kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba`zan esa
o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi