• Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini taminlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi
  • Mana shuning uchun ham qobiliyat deganda birorta xususiyatning o„zini
  •  Pedagogik qobiliyatlar o‗z funksiyasiga ko‗ra umumiy va maxsus




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/73
    Sana08.01.2024
    Hajmi1,01 Mb.
    #132241
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
    Bog'liq
    Таълим технологиялари ММ

    2. Pedagogik qobiliyatlar o‗z funksiyasiga ko‗ra umumiy va maxsus turlarga 
    bo‗linadi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo‗lganda o‗qituvchi o‗z pedagogik kasbiy 
    faoliyatini mukammal egallab, mohirona olib borish bilan birga, boshqa turli xil 
    faoliyatlar bilan ham muvaffaqiyatli shug‗ullanadi. Umumiy qobiliyatga ega 
    bo‗lgan o‗qituvchilar ta'lim-tarbiya jarayonida har qanday qiyinchilik va 
    ziddiyatlarni qiynalmasdan bartaraf etadilar.
    O‗qituvchining pedagogik qobiliyatini tahlil qilgan N.V. Kuzmina shunday 
    yozadi: “Ta'lim – tarbiyada ro„y beradigan ko„pgina kamchiliklar o„qituvchi o„z 
    pedagogik qobiliyatining amaliy yo„nalishlarini yaxshi bilmasligi, iste'dodning 
    o„qituvchida yo„qligi natijasida ro„y beradi”.
    Maxsus qobiliyatga ega bo‗lgan o‗qituvchilar faqat o‗zlari egallagan kasbiy 
    yo‗nalishlari bo‗yicha muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‗ullanadilar.
    Biror faoliyatning muvaffaqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini 
    ta'minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi talant deyiladi (6 ilova). 
    Barcha mutaxassisliklarda bo‗lgani kabi o‗qituvchilik kasbida ham pedagogik 
    qobiliyat – uning shaxsiy iste'dod xususiyatlarini belgilab, kasbiy faoliyat turini 
    muvaffaqiyatli amalga oshirishda sub'ektiv shart - sharoitlar yaratadi. 
    Har qanday qobiliyat – shaxsga tegishli bo‗lgan murakkab tushunchadir, u 
    faoliyatning talablariga mos xususiyatlar tizimini o‗z ichiga qamrab oladi. 
    Har qanday faoliyat ham murakkab bo‗lib, u kishiga turli-tuman talablar 
    qo‗yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talablarga javob bera olsa, kishi 
    faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda o‗z qobiliyatini ko‗rsata oladi, 
    agar xususiyatlaridan qaysi biri rivojlanmagan bo‗lsa, shaxs mehnatining muayyan 
    turiga nisbatan kam qobiliyatli, deb xarakterlanadi. 
    Mana shuning uchun ham qobiliyat deganda birorta xususiyatning o„zini 

    Download 1,01 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Pedagogik qobiliyatlar o‗z funksiyasiga ko‗ra umumiy va maxsus

    Download 1,01 Mb.
    Pdf ko'rish