Ta lim texnologiyalari




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/73
Sana08.01.2024
Hajmi1,01 Mb.
#132241
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73
Bog'liq
Таълим технологиялари ММ

Klasterlarga bo„lish. Bu pedagogik strategiya bo‗lib, talabalarning u yoki bu 
mavzu bo‗yicha erkin va bemalol o‗ylashga yordam beradi. U faqat g‗oyalar 
orasidagi bog‗lanishlarni fikrlashni ta'minlash imkoniyatini beradigan tuzilmani 
aniqlab olishni talab qiladi. U fikrlashning oddiy shakli emas, balki miya faoliyati 
bilan ziya bog‗lanadi. 
Klasterlarga bo‗lishdan axborotlarni chorlash bosqichida ham, fikrlash 
bosqichida ham foydalaniladi. U muayyan mavzu sinchiklab o‗rganilguncha fikrlash 
faoliyatini ta'minlashda foydalanilishi mumkin. Klasterlarga bo‗lish talabalarning 
tasavvurlarini yangi bog‗lanishlari yoki ularning grafik ifodalari ko‗rinishlarini 
ta'minlovchi sifatida ham o‗tganliklarini yakunlash vositasi sifatida qo‗llanilishi 
mumkin. Bu o‗z bilimlariga, muayyan mavzu to‗g‗risida tasavvuriga va uni 
tushunishga yo‗l ochadigan nazardagi strategiyadir. 
Klasterlarga bo‗lish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: 
1.Hushingizga kelgan barcha fikrlarni yozib olish. Bu fikrlarni muhokama 
qilmang, shunchaki yozib olavering.
2. Xatni (matnni) kechiktiradigan imlo va boshqa omillarga ham parvo qilmang. 
3. Sizga berilgan vaqt nihoyasiga yetmagunga qadar yozishdan to‗xtamang. 
Miyangizga fikr kelishi to‗xtab qolsa, toki yangi fikrlar kelgunga qadar qog‗ozda 
nimalarnidir chizib o‗tiring. 
4. Imkoni boricha, bog‗lanishi mumkin bo‗lgan g‗oyalarni tizib chiqing, 
g‗oyalarning oqimi sifati va ular orasidagi aloqalarni chegaralab qo‗ymang. 
Klasterlarga bo‗lish, Stil va Stil (1991)ning ta'biricha, bu juda moslashuvchan 
strategiyadir. Uni individual tarzda ham guruhda ham qo‗llash mumkin. Guruh 
faoliyatida u guruh g‗oyalarining tirgovichi sifatida xizmat qiladi. Bu esa talabalarni 
har bir amalda bo‗lgan bog‗lanishlarga, aloqalarga yaqinlashtiradi. 
Sinkveyn. Axborotlarni qisqacha bayon qilish, murakkab g‗oyalarni, sezgilarni, 
tasavvurlarni bir necha so‗zlar vositasida bayon qilish imkoniyati muhim malakadir. 
Bu boy tushunchalar zahirasi asosidagi o‗ylangan refleksiyani talab qiladi. Sinkveyn 
bu she'r bo‗lib, u biror voqyea munosabati bilan yoziladigan yoki refleksiya 
qilinadigan qisqa ifodalarda axborot va materiallarning sintezlanishni talab etadi. 
 
Sinkveyn so‘zi fransuzcha so‘z bo‘lib, besh degan tarjimani beradi. Demak, 
sinkveyn besh qatordan iborat she'rdir. 
Sinkveynni yozib chiqish qoidasi quyidagicha: 


60 
1.Birinchi qatorda bir so‗z bilan mavzu yoziladi (odatda ot turkumidagi oid so‗z 
bilan).
2. Ikkinchi qatorda mavzu ikki so‗z bilan tavsif qilinadi (sifat turkumiga oid ikki 
so‗z bilan). 
3. Uchinchi qatorda ushbu mavzu bo‗yicha xatti-harakatlar uch so‗z bilan tavsif 
etiladi. 
4. To‗rtinchi qatorda temaga aloqadorlikni ko‗rsatuvchi 4 so‗zdan iborat gap 
(ibora) yoziladi. 
5. Beshinchi qator mavzu mohiyatini takrorlovchi bir so‗zdan iborat sinonimdir 

Download 1,01 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   73




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish