|
Ta lim texnologiyalariBog'liq Таълим технологиялари ММO„zaro fikr olishuv. Fikrlash jarayoni talabalarning o‗zaro fikr olishuvini ko‗zda
tutadi. Talabalarning o‗zaro fikr olishishi ularning bir-biridan o‗rganishdagi
o‗rtoqchiligiga asos soladi. Talabalardan fikrlovchi sifatida o‗zlarida bo‗lgan yirik
fikr va oddiy xatoga bo‗lgan qobiliyatlarini boshqalarga ochib berish talab etiladi.
O‗zaro fikr olishishda talabalardan diqqat bilan tinglash, o‗zining qarashlar
tizimini so‗zlovchiga zo‗rlab o‗tkazish va boshqa so‗zlovchilarni tuzatib turishdan
o‗zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalarning yalpi
fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Keng doiradagi munozara oqibati
o‗laroq talabalar o‗zlariga tegishli bo‗lgan g‗oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga
yanada qobiliyati orta boradi hamda ularni o‗z bilimlari va hayotiy tajribalarida
yaratgan g‗oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni
o‗tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular:
o„ziga ishonch hosil qilish;
ishda faol ishtirok etish;
o„rtoqlar va o„qituvchi bilan fikr olishish;
o„zgalar fikrini tinglay olish.
Tanqidiy fikrlashni ta'minlovchi savollar. Tanqidiy fikrlash jarayonida
axborotni tahlil qilish va izohlash, g‗oyalarini tahlil qilish, o‗rganilayotgan
hikoyalarni o‗z taxminiy rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan savollardan
foydalaniladi. Qo‗llanmada tahlil qilinayotgan bu masalalar Senders (1969) ifodalari
va Blum tizimli savollaridan olindi. Bu savollar turli sathdagi qiyinchilikda
fikrlashning turli ko‗rinishlarini ta'minalashda vosita bo‗lib xizmat qiladi. Eslab
qolishga xizmat qiladigan savollar yoki formal sathdagi savollar eng kuyi sathdagi
savollarga taalluqlidir. Baholash yoki hukm chiqarish beriladigan savollar fikrlashni
ta'minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qaraladi.
|
| |