56
Pirson, Xansen, Gordon (1979)lar ta'kidlashadiki, o‗z fiklarini ijod qilish go‗yo
avvalgi g‗oya, tasavvur, uchrashuvlar va tajribalarni
arxeologik jihatdan tadqiq
qilishga olib keladi. Shuning uchun ham:
fikrlarini o„z so„zlari bilan ifodalash;
o„zaro tanqidiy fikrlar almashish;
o„z g„oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish;
fikrlarni muayyan g„oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira
olish va o„z g„oyalarini to„la va aniq ifodalay olish.
Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bo‗lishi uchun talabalar ma'qul va noma'qul
narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari lozim.
Talabalar yo‗l qo‗yiladigan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil qilishga faol
kirishadilar.
Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi.
Bunda tahlil va
haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. Tanqidiy fikrlashga izn fikrlash
uchun chinakam maqsad bo‗lgan va do‗stona hamda samarali sharoitda beriladi.