Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/73
Sana08.01.2024
Hajmi1,01 Mb.
#132241
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73
Bog'liq
Таълим технологиялари ММ

Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish 
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida 
tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy 
fikrlashga olib boradigan tugallangan yo‗l ham yo‗q. 
Lekin tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o‗quv 
sharoitlari to‗plami mavjud. Uning uchun: 
- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish; 
- turli-tuman g‗oya va fikrlarni qabul qilish; 
- talabalarning o‗kuv jarayonidagi faolligini ta'minlash; 
- talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak; 
- har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga o‗zlarida 
ishonch hissini uyg‗otish; 
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim. 
Shu munosabat bilan talabalar: 

o‗ziga ishonchni orttirish va o‗z fikri hamda g‗oyalarining qadrini 
tushunish; 

o‗quv jarayonida faol ishtirok etish; 

turlicha fikrlarni e'tibor bilan tinglash; 

o‗z hukmlarini shakllantirishga hamda undan qaytishga tayyor turishi 
lozim. 
Vaqt. Tanqidiy fikrlash vaqt talab qiladi. 
Pirson, Xansen, Gordon (1979)lar ta'kidlashadiki, o‗z fiklarini ijod qilish go‗yo 
avvalgi g‗oya, tasavvur, uchrashuvlar va tajribalarni arxeologik jihatdan tadqiq 
qilishga olib keladi. Shuning uchun ham: 

fikrlarini o„z so„zlari bilan ifodalash; 

o„zaro tanqidiy fikrlar almashish; 

o„z g„oyalarini ifodalay olish va konstruktiv takliflarga javob ola bilish; 

fikrlarni muayyan g„oyalar qiyofasida, qulay muhitda amalga oshira 
olish va o„z g„oyalarini to„la va aniq ifodalay olish.
Izn. Tanqidiy fikrlashda erkinlik bo‗lishi uchun talabalar ma'qul va noma'qul 
narsalarni aytish, ular haqida fikrlash, ijod qilish uchun ruxsat olishlari lozim. 
Talabalar yo‗l qo‗yiladigan holatlarni anglab olishgach, tanqidiy tahlil qilishga faol 
kirishadilar. 
Tanqidiy tahlilga izn olish onglilik tamoyiliga asoslanadi. Bunda tahlil va 
haddan oshish orasidagi farq aniqlab berilishi lozim. Tanqidiy fikrlashga izn fikrlash 
uchun chinakam maqsad bo‗lgan va do‗stona hamda samarali sharoitda beriladi. 

Download 1,01 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   73




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tanqidiy fikrlashning rivojlanish muhitini yaratish

Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish