Materialni og‟zaki bayon qilish - kasb ta`limida hikoya qilish, tushuntirish,
ma`ruza, suhbat, o‘quv materialini og‘zaki bayon qilishning asosiy metodlari
hisoblanadi.
Hikoya- o‘kituvchi tomonidan o‘quv materialini tartibli, mantiqiy, izchil,
nisbatan kengroq bayon qilishda foydalaniladi. U puxta reja asosida tuzilishi,
materialni bayon qilishda noaniqlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha detallari
bilan tayyorlanishi lozim.
Tushuntirish - hikoyaga yaqin bo‘lgan ta`lim metodi hisoblanadi. Kasb
ta`limida hikoya va tushuntirishdan alohida holda kam foydalaniladi. Masalalarni
bayon qilishda, masalan: mashinalar, mexanizmlar tuzilishi yoki texnologik
jarayonlarning borishini bayon qilishda ko‘pincha hikoya va tushuntirish birga
qo‘shib olib boriladi. Hikoya tushuntirish muvaffaqiyatli o‘tkazilishi uchun
o‘qituvchi o‘quvchilarning amaliy tayyorgarligini hisobga olgan holda
etkaziladigan materialni qabul qila olishlarini tasavvur qilish kerak.
Nаzorаt sаvollаri Ta`lim jarayonida yangi ta`lim texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati va
zarurati.
Tanqidiy tafakkur texnologiyalari.
Ijodiyy masalalarni hal qilish texnologiyasi.
Debatlar texnologiyasi.
10-Mavzu: Rivojlantiruvchi talim texnologiyalari. Tanqidiy fikrlashni shakllantiruvchi texnologiyalar. Reja 1. Ta`lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish-barcha
rivojlantiruvchi talim texnologiyalarining asosi
2. L.V. Zankovning rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasi va uning nazariy
bilimlarning hal qiluvchilik roli tamoyili.
3. D.B.Elkonina va V.V.Davidovlarning rivojlantiruvchi ta`lim texnologiyasi
va ularning mashg`ulotlardagi o‘quvchilarning maqsadga yunaltirilgan
faol o‘quv faoliyati tamoyili. Interfaol metodlar.
51
4. Texnologik karta. Ta`limning uch bosqichli modeli. Chaqiriq, Anglash,
Fikrlash. Uch bosqichning vazifalari, Tankidiy fikrlash asoslari.