Formal sath savollari faktologik axborotlar olish maqsadida beriladi. Ular faqat




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/73
Sana08.01.2024
Hajmi1,01 Mb.
#132241
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Bog'liq
Таълим технологиялари ММ

Formal sath savollari faktologik axborotlar olish maqsadida beriladi. Ular faqat 
mexanik eslashni va talabalarda yaxshi javob berish uchun qisqa muddatda ma'lum 
predmetlar bo‘yicha bilim qismlari (fragment)ni talab qiladi.


58 
Axborotlarni bir shakldan ikkinchi shaklga ko‗chirish talabalardan uni ko‗chim 
(tranformatsiya) qilishni talab qiladi. Ko‗chirish savollari talabalarga o‗rganayotgan, 
tavsiflagan va ko‗rgan vaziyatlari, sahnalari va voqyealarini o‗zlari namoyish eta 
olishlari uchun beriladi. Ko‗chirish savollari talabalarni axborotlarni qayta ishlash 
yoki boshqa shakllarga ko‗chim qilishga ilhomlantiradi. Talabalarga sezish, ko‗rish 
(sensor) tajribasini yaratish, shundan so‗ng esa boshqalarga o‗z ko‗rganlarini 
yetkazish uchun uni e'lon qilish zarur. Bu fikrlashga tortishning faol ijodiy 
jarayonidir. 
Talabalarga g‗oyalar, faktlar, qaydlar va qadriyatlar orasidagi bog‗lanishlarni 
ochish uchun izohlashga qaratilgan savollar beriladi. Sendrs izohlashga qaratilgan 
savollarga nisbatan yuqori darajadagi fikrlashni talab qiladigan tayanch savollar deb 
qaraydi, boshqalari esa (Vogn va Estes) tushunishning o‗zigina izohlashdir, deb 
hisoblaydilar. 
Tatbiq qilishga qaratilgan savollar o‗qish (talaffuz) jarayoni yoki o‗rganish 
tajribasida uchraydigan mantiq muammolarini yechish va chuqur o‗rganish uchun 
imkoniyat beradi. 
Tahlil etishga qaratilgan savollar talabalardan u yoki bu voqyeaning ahamiyati 
yetarli darajada yaxshi yoritilganmi, yo‗qmi degan savolga javob berishga undaydi. 
Sintez qilishga qaratilgan savollar yangicha fikrlash asosida ijodiy muammolarni 
hal qilishga da'vat etadi. Sintez savollari talabalarga o‗zining barcha bilim va 
tajribalarini muammoning ijodiy yechilishida foydalanishga imkon beradi. Sintez 
savollari muqobil ssenariylar yaratishni ham taqozo qilishi mumkin. 
Baholash savollari yaxshi va yomon, adolatli va adolatsizlik to‗g‗risida hukm 
chiqarish uchun beriladi. 
Baholash savollari talabalar, axborotlar sifatini, yangi axborotlarga nisbatan o‗z 
munosabatini baholay olishi, ularni qadrlay olishi uchun beriladi. 
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mualliflari fikrlash jarayonini tashkil etishda 
idrok qilishning 4 tipini farqlaydilar: 
Yaxlitligicha idrok etish. Mavzu yoki fan to‗g‗risida umumiy bilim beradigan 
idrokning shaklidir. 
Izohli idrok etish. Bu Blum izohlari darajasiga aynandir. Idrokning bu tipida 
talaba g‗oya va hodisalarning o‗zaro aloqalarini yoritadi, uning mohiyatini 
muhokama qiladi, fanning turli sohalariga oid g‗oya va axborotlarni hatto tashqi 
jihatdan bog‗liq hodisalarni birlashtiradi. 
Shaxsiy idrok etish. Talabalar o‗zlarida avvaldan mavjud bo‗lgan shaxsiy tajriba 
va bilimlar tuzilmasini yangi bilimlar bilan bog‗lab tushunish jarayoni aks ettiradi. 
Tanqidiy idrok etish. Mazmunni bir tomonga qo‗yib, uni tahlil qilish, uning 
nisbiy qimmatini, to‗g‗riligini, foydaliligini va talabalarning bilishi, tushunishi va 
qabul qilishi doirasida uning ahamiyatini baholashdir. 
Shunday qilib, axborotlarni chorlash, o‗ylab ko‗rish va fikrlash metodikalaridan 
foydalanish quyidagi muhim vazifalarni yechish imkoniyatini beradi: 

talabalarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi; 

mashg‗ulotlarda faolligini ta'minlaydi; 

samarali munozaraga chorlaydi; 


59 

talabalarning o‗zlari savollar tuzishi va uni savol tarzida bera olishi 
uchun yordam beradi; 

talabalarga o‗z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi; 

talabalarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo‗llab-quvvatlaydi; 

har qanday fikrlarga bo‗lgan hurmat kayfiyatini yaratadi; 

talabalarda personajlarga bo‗ladigan iztirobini o‗stirishga yordam 
beradi; 

talabalar qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi; 

talabalarning tanqidiy jalb qilinishiga bir qator umidlar bildiriladi. 

Download 1,01 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Formal sath savollari faktologik axborotlar olish maqsadida beriladi. Ular faqat

Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish