89
Modellarning
yo‘nalishlari
Modellarni
umumiy
vositalari
Modellarni
modernizatsiyalashni
talab etuvchi jihatlar
2-ilova
Keys bilan ishlash jarayonini baholash mezonlari va ko‟rsatkichlari
Talabalar
ro‘yxati
Modellarning
kasb
ta`limining umumiy
vositalari
va
modernizatsiyalashni
talab etuvchi jihatlari
aniqlangan. – mak.2
ball.
Kasb ta`limining
umumiy vositalari
modeli
ishlab
chiqilgan. – mak.
3 ball.
Jami. – mak. 5
ball.
Eslatma: guruhlar faoliyatini baholash uchun yuqoridagi
jadvalning birinchi
ustuniga ―guruhlar ro‘yxati‖ jumlasi qo‘yiladi. Biroq guruhning to‘plagan ballari
talabalarning reyting bali hisobiga kiritilmaydi. Siz talabaga hamkorlikda ishlash
uning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga
xizmat qilishini
tushuntirishga tayyor bo‘ling.
3-ilova
O‟quv metodik hujjatlar
O‘qituvchilar o‘quvchilarga o‘quv materialini bayon etishda
didaktikaning eng muhim printsiplaridan biri —
ko‟rsatmalilik
printsipidan foydalanadilar.
Didaktikada
ko‟rsatmalilik printsipi konkret bilan abstraktning birligi
to‘g‘risidagi qoida asosida ko‘rib chiqiladi. Narsa yoki hodisaning aslini yoki
tasvirini idrok etish
inson uchun atrofdagi borliqni, biror haqiqatni bilishning
dastlabki va eng oddiy akti hisoblanadi hamda o‘rganilayotgan narsalar,
jarayonlar, hodisalar to‘g‘risida aniq tasavvurlar va abstrakt tushunchalar hosil
qilish uchun asos vazifasini o‘taydi.
Ko‟rsatmali qo‟llanmalar — o‘quvchilarni o‘rganiladigan ob`ektlar,
hodisalar, jarayonlar to‘g‘risida yaqqol (asosan ko‘rish) tasavvurlar hosil qilish
metodida o‘qitish maqsadida ishlatiladigan vositalar. O‘zlashtiriladigan
bilimlar xarakteriga, o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan tasavvur, tushuncha, hayot
va ish tajribasiga, darsning konkret vazifalariga qarab ko‘rsatmali qo‘llanmalar
o‘qitishda har xil rolni bajaradi.
Ular bilimlar manbai sifatida, shuningdek,
o‘qituvchi so‘zlab berish, tushuntirish, suhbat
vaqtida foydalanadigan rasm
sifatida xizmat qilishi mumkin. Ko‘pincha, bu ikkala vazifa kompleks tarzda
kelishi mumkin.
90
Tabiiy ob`ektlarga sirasiga jonli va jonsiz tabiat ob`ektlari kiradi, ta`lim
oluvchilar ular bilan mashg‘ulotlarda tarqatma yoki namoyish qilinadigan
materiallar
shaklida tanishadilar
Modellar tabiiy ob`ektlarning sun`iy ko‘rinishi bo‘lib, ularning muhim
sifatlari, aloqalari va munosabatlarini qayta takrorlaydigan o‘quv ko‘rgazmali
qo‘llanmalar hisoblanadi.
Mulyaj (maket)lar moddiy ob`ektlarga aynan o‘xshatib yaratilgan
qo‘llanmalardir.
Mulyaj va maketlar atrof-muhit hodisalarning
tashqi belgi va
xususiyatlarini o‘rganishda qo‘llaniladi.