92
Masofaviy o‗qitish texnologiyasi tushunchasi standartlashtirilmagan. Eng ko‗p
tarqalgan ta'rif quyidagicha: masofaviy o‗qitish texnologiyasi bu ta'limni
belgilangan mazmunini nusxalab amalga oshirishga yo‗naltirilgan usullar tizimi,
maxsus vositalarning, o‗qitish shakllarining majmuasidir.
Masofaviy o‗qitish texnologiyasi pedagogik
texnologiyalarning bir
ko‗rinishi sifatida qabul qilinishi mumkin. «Pedagogik texnologiya» tushunchasi
standartlashtirilmaganligini hisobga olgan holda, ko‗pincha YuNeSKO qabul
qilgan tushuncha ishlatiladi.
Pedagogik texnologiya tushunchasiga berilgan YuNeSKO ta'rifiga ko‗ra
masofaviy o‗qitishga quyidagi ta'rifni shakllantirish mumkin: masofaviy o‗qitish
texnologiyasi – bu inson va texnik resurslarini, ularning o‗zaro aloqasini, hisobga
olgan holda, ta'lim xizmatining butun jarayonini yaratish, qo‗llash va
ommaboplashtirish tizimli yondashuvi bo‗lib,
bilvosita individuallashgan
ta'lim tizimida o‗qitish shakllarini maqbullashtirishni o‗ziga vazifa qilib qo‗yadi.
Masofaviy o‗qitish texnologiyasi quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
ta'lim axborotlarini taqdim etish texnologiyasi;
ta'lim axborotlarini uzatish texnologiyasi;
ta'lim axborotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi.
Ta'lim axboroti: muayyan faoliyat turi, ixtisosini amalga oshirishda ko‗llashi
uchun, ta'lim oluvchiga berish kerak bo‗lgan bilimlardir. Masofaviy o‗qitish
tizimida yangi elektron kitoblarga alohida talablar qo‗yiladi. Elektron kitoblardagi
ta'limiy axborot tinglovchining psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda
tayyorlanishi kerak, chunki u bu axborotni kompyuter ekrani orqali qabul qiladi.
Elektron darslik quyidagi maxsus talablarga javob berishi kerak:
tushunchalar beriladigan matn qismining rivojlangan, gipertekst tuzilishi
(tushunchalar, ta'riflar, teoremalar), va bayonning mantiqiy tuzilishi
(qismlarning ketma ketligi, bog‗liqligi);
93
ta'lim olishda qulay yangilik tizimiga ega bo‗lishi, tinglovchi kursning bir
qismidan ikkinchi qismiga o‗tishi, o‗qituvchiga
elektron xabarlar
yuborishi, munozaralar bo‗limiga o‗tishi;
zamonaviy kompyuterlarning multimedia va Internet imkoniyatlaridan
foydalanish;
darslikda bilimlar nazorati tizimining ishlab turishi;
glossariy mavjudligi (avtonom qo‗shimcha ma'lumotlar) va ularga
tayanish. Glossariylar kurslar uchun alohida, bir necha kurs uchun alohida
modullar uchun ishlab chiqariladi;
darsliklarda
tasviriy manbalar, elektron kutubxonalar va Internetdagi
manbalarning ko‗rsatilishi;
qulayligi- tizimga tez kirish;
o‗qituvchi bilan samarali aloqada bo‗lish (elektron pochta, ...) aniq vaqt
birligida Internet orqali gapira olish;
Ta'lim axborotlari ta'lim texnologiyalari orqali uzatiladi.
Ta'lim texnologiyasi – bu ta'lim axborotlarini manbadan iste'molchiga
uzatishda qo‗llaniladigan didaktik uslublar majmuasidir. Masofaviy o‗qitish
tizimida tasviriy fikrlashni faollashtirishga alohida e'tibor berilishi kerak, ya'ni
o‗qituvchi fikrini tasviriy obrazlar ko‗rinishida taqdim etishi kerak. Masofaviy
o‗qitish tizimi ta'lim texnologiyalarida fikr, axborot, bilimni vizuallashtirish, katta
ahamiyatga ega.
Masofaviy o‗qitish tizimida kuyidagi ta'lim texnologiyalarini ishlatish
mumkin:
video-ma'ruzalar; multimedia-ma'ruzalar
va laboratoriya amaliyotlari;
elektron va multimedia-darsliklari; kompyuter test tizimlar; imitatsiya
modellari va kompyuter trenajyorlar; telekommunikatsiya vositalaridan
foydalanuvchi maslaxatlar va testlar; videokonferensiyalar.
94
Axborotlarni saqlash,
qayta ishlatish, tinglovchiga yetkazish, o‗qituvchi va
tinglovchi o‗rtasidagi interfaol muloqot, hisoblash texnikani qo‗llashga tayangan
apparat-dasturlar vositasida amalga oshiriladi. Bular –
axborot texnologiyalaridir.
Masofaviy o‗qitish tizim texnologiyalari pedagogik
texnologiyalar asosida
ishlangan bo‗lib, kuyidagi qo‗shimcha talablarga javob berishi kerak:
Adaptatsiya – ta'lim jarayonini o‗quvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti,
moliyaviy sharoiti, psixologik va fiziologik xususiyatlariga moslashtirish. Bu
tinglovchining
yakka holda, kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan
foydalangan holda ta'lim olish jarayonida juda muhimdir.
Iqtisodiy muvofiqlik – bu talabga rioya etish ta'lim tizimining moliyalash
mablag‗lari chegaralanganligidan kelib chiqadi.
O„zgaruvchanlik – ta'lim sifati va mazmunini tezkor va uzluksiz yangilab
borish, o‗quv materiallarini modernizatsiyasini
amalga oshirishga imkoniyat
ta'minlab berish. Ushbu zaruriyat ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi talablariga
ko‗ra paydo bo‗ladi.
Nazorat – o‗qitishning barcha bosqichlarida natijalarni sifatli nazorat qilish,
tinglovchi shaxsini aniqlash.
Nazorat savollari
1. Kompyuterlashtirilgan o‗qitish texnologiyasini ta'rifini va mohiyatini aytib
bering.
2. Axborot banki tushunchasini izohlab bering.
3. Kompyuterli o‗qitishni maqsadli yo‗nalishlarni aytib bering.
4. Kompyuterli o‗qitishni ishlatish sohalarini aytib bering.
5. Kompyuterli o‗qitishni konseptual qoidalarni tushuntirib bering.
6. Kompyuterli o‗qitishni mazmunning xususiyatlarini aytib bering.
7. Kompyuterli o‗qitishni uslubiy xususiyatlarni izohlab bering.
8. Kompyuterli o‗qitishda pedagogni funksiyalarni namoyon eting.