• Sanoat tarmoqlarining jami mahsulot ishlab chiqarish hajmidagi salmog’i (% hisobida) 1991 y
  • Surxondaryo viloyati sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlar tarkibi (foiz hisobida)




    Download 416 Kb.
    bet12/22
    Sana10.04.2017
    Hajmi416 Kb.
    #3759
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
    Surxondaryo viloyati sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlar tarkibi (foiz hisobida)




    Sanoat tarmoqlarining jami mahsulot ishlab chiqarish hajmidagi salmog’i (% hisobida)




    1991 y

    1996 y

    2000 y

    2012 y

    Jami sanoat

    100

    100

    100

    100

    SHu jumladan: Elektro - energetika

    -

    -

    -

    0.7

    Yoqilg’i sanoati

    1,0

    6,8

    5,9

    11,9

    undan : Ko’mir

    0,4

    2,2

    2,5

    1,0

    Neft qazib olish va qayta ishlash

    0,6

    4,6

    3,4

    10,9

    Mashinasozlik va metalga ishlov berish

    3,2

    5

    4

    1,3

    O’rmon va yog’ochsozlik

    0,6

    0,3

    0,4

    0,7

    Qurilish materiallari sanoati

    5,2

    7,8

    6,2

    4,6

    Engil sanoat

    63,2

    50,3

    45,8

    54,1

    Undan : paxta tozalash

    59,0

    46,7

    41,1

    49,9

    Ip-gazlama

    1,3

    2,9

    3,9

    3,2

    Tikuvchilik

    2,1

    0,6

    0,4

    0,13

    CHinni-fayans buyumlari ishlab chiqarish

    0,1

    0,03

    0,01

    0,004

    Oziq-ovqat sanoati

    26,4

    28,7

    34.9

    24,5

    Undan: Non

    1,8

    2,4

    4,2

    2,6

    Konditer mahsulotlari ishlab chiqarish

    -

    -

    0,1

    0,1

    Makaron

    -

    0,2

    0,14

    0,1

    Yog’-moy

    2,9

    4,3

    4,9

    5,3

    Vinochilik

    2,8

    2,2

    4,0

    1,2

    Meva-sabzavot

    0,7

    1,0

    1,3

    0,08

    Go’sht va sut

    10,2

    1,4

    2,15

    2,0

    Baliq

    0,1

    0,02

    0,02

    0,02

    tuz

    0,9

    2,4

    2,1

    0,4

    Un va un mahsulotlari

    7,0

    14,6

    19,6

    12,7

    Meditsina

    -

    1,6

    -




    Poligrafiya

    0,1

    0,3

    0,2

    0,1

    Boshqa sanoat tarmoqlari

    0,3

    0,8

    1

    2,1

    Viloyatda mavjud sanoat tarmoqlarida 40ga yaqin turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ularning asosiy qismini xalq iste’mol mahsulotlari tashkil etadi. SHu bois, iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish yildan-yilga ortib bormoqda. Sanoat markazlari asosan mintaqaning tekislik qismida joylashgan bo’lib, transport yo’llari yaqinidagi IGO’ qulay aholi manzilgohlarida shakllangan.

    Sanoat tarmoqlari orasida mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan yengil va oziq-ovqat sanoatining hissasi katta. Ushbu sanoat tarmoqlarining rivojlanishi uchun viloyatda arzon xom ashyolar bilan birga mehnat resurslari ham yetarlidir. Yengil sanoatning asosiy tarmog’i paxta tozalash sanoati hisoblanadi. Bu tarmoq jami viloyat sanoat mahsulotining 47,1 va yengil sanoat mahsulotlarining 93,2 foizini ta’minlaydi. Mintaqa ilk sanoat korxonasi hisoblangan 1912 yilda qurilgan Termiz paxta tozalash zavodi ham shu tarmoqqa tegishli. Hozirda viloyatda 11 ta yirik paxta tozalash zavodlari mavjud bo’lib, SHerobod, Jarqo’rg’on, Denov paxta tozalash zavodlari eng yiriklari hisoblanadi. So’nggi yillarda xom ashyo miqdorining kamayib borayotganligi korxonalarning to’liq quvvat bilan ishlay olmayotganligiga sabab bo’lmoqda.

    Oziq-ovqat sanoati mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra viloyat sanoatida ikkinchi o’rinni egallaydi. Uning un va un mahsulotlari (SHo’rchi, Jarqo’rg’on), yog’ va sut mahsulotlari (Denov, Termiz), go’sht va go’sht mahsulotlari (Termiz), meva konservalari (Denov, Oltinsoy, Sariosiyo), sharob va sharob mahsulotlari, spirtli ichimliklar (Denov, Oltinsoy) kabi ishlab chiqarish sohalari mavjud. Ushbu sanoat tarmog’ining 20 dan ortiq sanoat korxonalari orasida SHerobod tuz zavodi, SHo’rchi un kombinati, Termiz go’sht kombinati, Denov sharob-aroq zavodlari mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra sezilarli salmoqqa ega.

    Ma’lumki, Surxondaryo viloyatida neft va gaz qazib olinadi. SHu bilan birga mintaqa sanoatida o’ziga xos o’rin tutuvchi asosan maxalliy xom ashyolar asosida mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlardan biri yoqilg’i-energetika sanoatidir. Ko’mir asosan SHarg’un konidan yopiq usulda qazib olinib, respublikadagi asosiy toshko’mir koni hisoblanadi. Barcha tarmoqlarda bo’lgani kabi ushbu tarmoqda ham mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1991 yilga nisbatan kamayib ketgan. Agar 1991 yilda 199 ming tonna ko’mir qazib olingan bo’lsa (bu respublika umumiy ko’rsatkichining 3,3% ni tashkil etadi), 2012yilga kelib bu ko’rsatgich 109 ming tonnani tashkil etdi (respublika umumiy ko’rsatgichining 3,6%). Bunday holat ko’mir qazib olish eskirganligi va toshko’mirni energiya oluvchi manbaa sifatida ishlatish maqsadga muvofiq emasligi natijasida yuzaga keldi.

    Hozirgi vaqtda davlat tamonidan «SHarg’un ko’mir koni» sho’’ba korxonasiga kiritilgan 1 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi investitsiya yordamida korxonani modernizatsiya qilinmoqda. SHu asosda mahsulot miqdorini 120 ming tonnaga yetkazish ko’zda tutilgan. Ko’mir koni yaqinida tashkil etilgan ko’mir briketlari ishlab chiqarish fabrikasini ham qayta ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Qazib olingan mahsulot yangi ishga tushirilgan temir yo’l liniyasi orqali Olmaliq tog’ kon metallurgiya kombinati va Angren IES iga olib boriladi. Demak, Toshg’uzor- Boysun- Qumqo’rg’on temir yo’lining ishga tushirilishi ushbu hududning IGO’ni qulaylashtirib qolmay, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, viloyatda To’da, Gurun, Angar kabi toshko’mir konlari ham aniqlangan bo’lib, ular kelajakda viloyatda ko’mir sanoatining rivojlanishiga yordam beradi.

    Neft qazib olish viloyat sanoat mahsulotlarining 2,1% ni ta’minlaydi va bu ko’rsatkich ham so’nggi yillarda keskin pasaymagan. Masalan, 1991 yilda 136,8 ming tonna neft qazib olingan bo’lsa, 2010 yilga kelib bu ko’rsatkich 142,4 ming tonnani tashkil etdi. 2010 yil ma’lumotlariga ko’ra viloyat respublikada qazib olingan neftning 2,9 % ni bergan. Viloyat nefti tarkibida turli qo’shimcha moddalarning ko’pligi, qayta ishlovchi korxonalarining yo’qligi sababli hozirda asosan yo’l qurilishida bitum sifatida foydalaniladi, bir qismi Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodiga yuboriladi. Umuman neft sanoati viloyat yoqilg’i-energetika majmuasida istiqbolli soha hisoblanadi. CHunki, aniqlangan neft konlari hozircha to’liq ishga tushirilmagan. SHu bilan birga xorijiy davlatlar bilan birga turli mintaqada neft konlarini qidirib topish ishlari olib borilmoqda.

    Tabiiy gaz qazib olish mustaqillikning ilk yillaridan boshlab keskin kamaya bordi. 2006 yilga kelib viloyatda gaz qazib olish ishlari to’xtatildi. Lekin hozirda Boysun gaz sarmoya blokida olib borilayotgan tekshirish ishlari ijobiy natija bersa, viloyat sanoat tarmoqlari orasida gaz sanoati yana o’z o’rniga ega bo’lishi mumkin.

    Yoqilg’i energetika majmuasining elektrenergetika tarmog’i viloyatda juda past darajada rivojlangan. 2006 yilda To’polon daryosida barpo etilayotgan To’polon GES ning 2 energobloki ishga tushirilgan bo’lib, har bir energoblok 15 mVt. quvvatiga ega.

    Qurilish materiallari sanoati mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ko’ra viloyat sanoatida 4 o’rinni egallaydi. Ushbu sanoat tarmog’ining 30dan ortiq korxonasi mahalliy hom ashyoga tayangan holda mahsulot ishlab chiqaradi. G’isht zavodlari viloyatning ko’pgina tumanlarida mavjud bo’lib, Sarosiyo, Jarqo’rg’on, Uzun tumanlaridagi zavodlar eng yiriklari hisoblanadi. SHuningdek, ohak tayyorlash (Qumqo’rg’on, Oltinsoy), temir-beton (Termiz, Qumqo’rg’on, Surxon, Denov), marmarga sayqal berish (Kampirtepa), shag’al tayyorlash (Sariosiyo) kabi tarmoqlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Hozirda ishlab chiqarilayotgan mahsulot asosan mahalliy ehtiyojlar uchun ishlatiladi.

    Viloyatning SHerobod tumanidagi Beshbuloq konida aniqlangan 150 ming tonna miqdoridagi xom ashyo zahirasi asosida salkam 300 mln AQSH dollarlik chet el investitsiyasini to’g’ridan-to’g’ri jalb etish yordamida Janubiy Koreya davlati bilan hamkorlikda yuqori sifatli tsement ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma korxona tashkil etilish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, viloyat sanoatini rivojlantirish uchun amalga oshirilgan 15ta investitsion loyihalarning 6tasi qurilish materiallari sanoatini modernizatsiya qilish doirasida amalga oshiriladi. Ushbu tadbirlar kelajakda boy xom ashyo manbaiga ega bo’lgan qurilish materiallari sanoatining yanada rivojlanishiga yordam beradi.

    Mashinasozlik va metallni qayta ishlash sanoati viloyatda past darajada rivojlangan bo’lib, bu yerda ushbu tarmoqqa tegishli bo’lgan 10ga yaqin korxona mavjud. Ularda asosan turli qishloq xo’jaligi mashinalarini ta’mirlash va ayrim qismlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullaniladi. Tarmoqda Termiz va Denov ta’mirlash mexanika zavodlari eng yiriklari hisoblanadi. Ushbu sanoat tarmoqining paxta tozalash asbob-anjomlari va ularga ehtiyot qismlari ishlab chiqarish tarmog’i 1991 yilga nisbatan bir necha o’n barobarga o’sgan bo’lib, bunga viloyat sanoatida salmoqli o’rin tutuvchi paxta tozalash sanoati korxonalari uchun uskuna va ehtiyot qismlariga doimo ehtiyoj yuqoriligi sabab bo’ladi. Chorvachilik uchun mashina va asbob-uskunalarga talab yo’qligidan 1999 yildan beri bu turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmaydi. Ma’lumki, ishlab chiqarish tarmoqlarini tashkil etish va joylashtirishga ta’sir etuvchi omillar orasida IGO’ omili o’ziga xos ahamiyatga ega. Bu omil ayniqsa, sanoatning rangli metallurgiya, mashinasozlik kabi og’ir tarmoqlari rivojida salmog’i katta. Demak, mintaqa IGO’ qulaylashuvi mazkur tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatining oshishiga imkoniyat yaratadi.

    O’rmon-yog’ochsozlik (SHo’rchi mebel fabrikasi), poligrafiya sanoatining (viloyatning yirik tumanlarida jami 11ta bosmaxona bor) ham viloyat sanoatida oz bulsa-da o’z o’rniga ega. Barcha sanoat tarmoqlari, yuqorida aytib o’tilganidek, kelajakda rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit, xom ashyo manbaalari mavjud. Bu nafaqat mavjud sanoat tarmoqlarining rivojlanishini ta’minlabgina qolmay, balki neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, kimyo sanoat tarmoqlarini barpo etish uchun asos bo’la oladi.

    Viloyat sanoat tarmoqlarini tahlil etar ekanmiz, asosiy sanoat markazlari muhim transport yo’llarida joylashganini ko’ramiz. Ayniqsa, sanoatning bir necha tarmoqlari rivojlangan Denov, Sho’rchi, Qumqo’rg’on, Jarqo’rg’on, Termiz shaharlari viloyatning asosiy temir va avtomobil yo’llari tutashgan transport tugunlaridir. Chunki, zaruriy xom ashyoni yetkazib berish, tayyor mahsulotni tashish kabi jarayonlar transport bilan ta’minlanganlik darajasiga bevosita bog’liq. Bu jihatdan «Toshg’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on» temir yo’lining ishga tushirilishi ham mavjud tabiiy boyliklari to’liq o’zlashtirilmagan, asosan yengil sanoat tarmog’i mavjud bo’lgan Boysun shahrining iqtisodiy salohiyatini yuksalishiga imkon beradi.

    Viloyatda 2013 yil 1-yarim yilligida jami 1097 ta, shundan 23 ta yirik, 1074 ta kichik sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatayotgan bo’lib, ushbu korxonalarda 16711 nafar ishchilar mexnat qilishmoqda.

    Viloyatda 2012 yilda jami 513,4 mlrd.so’mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o’tgan yilning o’tgan yilga nisbatan o’sish darajasi 112,7 foizni tashkil qildi. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari 226,1 ming so’mdan iste’mol mollari 83,9 ming so’mdan to’g’ri keldi. Viloyat yalpi hududiy mahsulotida sanoat mahsulotlarining ulushi 9,4 foizni tashkil etdi.

    Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari tarmoqlar bo’yicha tahlil qilinganda;

    - qurilish materiallari sanoatida 128,9 foizga,

    - yengil sanoatda 111,8 foizga,

    - yoqilg’i sanoatida 121,5 foizga,

    - elektorenergetika sanoatida 112,7 foizga

    - o’rmon, yog’ochini qayta ishlash va qog’oz-tsellyuloza sanoati


    115,6 foizga,

    - un-krupa va kombikorma sanoati 110,1 foizga,

    - Oziq-ovqat sanoati 120,8 foizga,

    - Mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati 120,5 foizga,

    - Qora metal sanoati 336,7 foizga o’sishga erishildi.

    O’tgan yilning shu davriga nisbatan natura holida shag’al 8,6 ming m. kub., tayyor paxta gazmollar 9,0 ming m. kv., omuxta yem 4,2 ming tonna, neft bitum 3,1 ming tonna, osh tuzi 1010,0 tonna, gazli suv 1,5 ming litr ko’p ishlab chiqarildi.

    Hisobot davrida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining
    73,4 foizi asosiy sanoat korxonalari, 2,3 foizi yordamchi sanoat korxonalari, 13,9 foizi kichik sanoat korxonalari va 10,4 foizi
    yakka tartibda mehnat qiluvchilar hissasiga to’g’ri keldi.

    Ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarida “Surxonpaxtasanoat” XAB tizimidagi korxonalarning ulushi 33,9 foizni (174,2 mlrd. so’m), “Jarqo’rg’on neftni qayta ishlash” Q.K.niki 13,7 foizni (70,4 mlrd.so’m), “Surxondonmahsulotlari” AJniki 3,2 foizni (16,5 mlrd.so’m), “SHo’rchidonmahsulotlari” XJniki 6,2 foizni (31,9 mlrd.so’m), “Surxonoziqovqatsanoati” XJniki 4,4 foizni (22,3 mlrd.so’m) tashkil qildi.

    Ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarining 70,4 foizini oziq-ovqat mahsulotlari, 18,4 foizini nooziq-ovqat mahsulotlari va 11,2 foizini alkogol ichimliklari tashkil qildi.

    SHu bilan bir qatorda 2013-2015 yillarda Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq sanoat sohasida umumiy qiymati 10,6 mln dollarlik 119 ta loyiha amalga oshirilish va natijada 1904 ta ish o’rni tashkil etilishi belgilangan bo’lib amalda umumiy qiymati 12,8 mln dollarlik 145 ta loyiha foydalanishga topshirilib, 2187 ta ish o’rinlari tashkil etildi.

    Amalga oshirilgan loyixalar tarmoqlar kesimida tahlil qilinadigan bo’lsa, ximiya va neftximiya sanoatida 7 ta loyiha, qurilish sanoatida 50 ta loyiha, oziq-ovqat sanoatida 34 ta loyiha, yengil sanoatda 36 ta loyiha, charm poyabzal sanoatida 3 ta loyiha, mebel va qog’oz sanoatida 15 ta loyihalar amalga oshirildi.

    Misol uchun, Termiz shahridagi “Boysun Biznes servis” xususiy korxonasida 200,0 ming dollar investitsiya evaziga qurilish materiallari (shlakablok, plitka, shpatlevka mahsulotlari) ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, 57 ta yangi ish joylari yaratildi.

    SHuningdek, Boysun tumanidagi “Daxbed” kichik korxonasida profnastil, polietilen quvur ishlab chiqarish, “Safar Jo’ra Bahrom” MCHJda profnastil ishlab chiqarish, Denov tumanidagi, “Denov-Ravnaq kamoli” xususiy korxonasida poyabzal ishlab chiqarish kabi yangi turdagi sanoat maxsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.

    Ushbu amalga oshirilgan loyihalar xisobiga 145 ta korxonadan 44 tasida jami 1,4 mlrd. so’mdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Ularni tumanlar kesimida ko’rib chiqsak, Termiz shaxrida 7 ta, Angorda 4 ta, Boysunda 5 ta, Denovda 5 ta, Jarqo’rg’onda 3 ta, Qumqo’rg’onda 4 ta, Oltinsoyda 2 ta, Sariosiyoda 4 ta, Termiz tumanida 1 ta, Uzunda 3 ta, SHerobotda 5 ta, SHo’rchida 5 tadan to’g’ri keladi.

    SHu bilan birga sanoat sohasida umumiy qiymati 10,8 mln. dollarga teng bo’lgan 175 ta loyixa (5044 ta yangi ish o’rni) tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bulardan:





    Download 416 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




    Download 416 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Surxondaryo viloyati sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlar tarkibi (foiz hisobida)

    Download 416 Kb.