Moliyaviy mablag‘ga bo‘lgan talab va uning hisobi




Download 362,3 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/21
Sana25.01.2024
Hajmi362,3 Kb.
#146020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Yuldosheva Nasiba

Moliyaviy mablag‘ga bo‘lgan talab va uning hisobi. Tadbirkorlik bitimini tuzish 
moliyaviy xarajatlar bilan bog‘liq. Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatiga kerak 
bo‘ladigan pulning miqdorini (Pp) quyidagi formula asosida hisoblash mumkin: 
Pp = Pi + Pm + Pv + Pa + Ph ; 


Bu erda: 
Pi – yollanma ishchilarga maosh to‘lash uchun kerak bo‘ladigan pul mablag‘lari; 
Pm – sotib olinadigan material, xom ashyo, yarim tayyor mahsulot, butlash qismlar, 
yonilg‘i, energiya uchun to‘lovlar; 
Pv – mehnat vositalari (asosiy ishlab chiqarish fondlari) – bino, inshoot, uzatish 
moslamalari, mashina, hisoblash texnikasi, asbobuskunalar, transport vositalarini sotib olishga 
ketgan mablag‘lar; 
Pa – axborot uchun sarflangan mablag‘lar; 
Ph – boshqa tashkilotlar xizmatiga (qurilish ishlari, transport xizmatlari va 
boshqalarga) ketgan to‘lovlar. 
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tadbirkor boshlang‘ich kapitalga ega 
bo‘lishi kerak. Har qanday kishining bunga imkoni bo‘lmasligi mumkin. Ushbu holatda ishbilarmon 
tijorat banki yoki mablag‘i bor shaxsga kredit olish uchun murojaat qiladi. Buning boshqa yo‘li ham 
bor – tadbirkor ishlab chiqarish omillari (bino, uskuna, xom ashyo, material, axborot va boshqalar)ni 
kreditga ham olishi mumkin. Baribir tadbirkor kredit bergan shaxsga olingan pul mablag‘ini yoki 
kreditga olingan ishlab chiqarish omillarining qiymatini qo‘shimcha foizlar bilan qaytarishi kerak. 
Mablag‘larni imtiyozli asosida davlat tuzilmalari ajratishi mumkin. Buning uchun 
O‘zbekistonda kichik Biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida mahsus 
jamg‘armalar tuzilib, kredit berishga imtiyozlar yaratilgandir. 
Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatida bilvosita ishtirokchi bo‘lib, unda moliya soliq 
organlari ishtirok etadi. Ular tadbirkorlik faoliyati hisobidan mahalliy byudjetga majburiy 
to‘lovlar, ajratmalar va jarimalar o‘tkazish bilan shug‘ullanadilar. 

Download 362,3 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 362,3 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moliyaviy mablag‘ga bo‘lgan talab va uning hisobi

Download 362,3 Kb.
Pdf ko'rish